O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilada er va xotinning teng huquqliligi
VII mavzu. ER VA XOTINNING SHAXSIY HUQUQ
VA MAJBURIYATLARI 1-§. Er va xotinning huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi Er-xotin o'rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bolsa, oila ham shunchalik mustahkam bo `ladi, bolalarni tarbiyalash ishi to `g `ri olib boriladi. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni qurishga o'tish davrida nikoh munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalarning ahamiyati tobora oshib borayotgani tabiiydir. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtdan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o'rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo`lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan tong huquglardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil - shaxsiy va mulkiy boladi. Shaxsiy huquglarning ko'pi er-xotinning nikoh tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi, nikohga o'tgunga qadar ham ularga tegishli bo'ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal gilish, mashg'ulot turf, kasb va turar joy tanlash huquglari Shular jurrilasidandir. Bunday holatlarda ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo`lib, oila huquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquglar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo `ladi. Demak, u, faqat shu ma'noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bolgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. -----------------------------------------------------125-------------------------------------- Fugarolarning sha'ni va qadr-qimmati O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-moddasiga muvofiq qo'riqlanadi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling