O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet53/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Er va xotinning familiyasi
Familiya tanlash huquqi er-xotining muhim shaxsiy huquglaridan hisoblanadi.

Oila kodeksining 20-moddasigaa binoan, "Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o`z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy

-----------------------------------------126-----------------------------------------



familiya gilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bolgan o'z familiyasini saglab qoladi.

Er va xotindan birining o'z familiyasini o'zgartirishi boshqa­sining ham familiyasi o'zgarishiga olib kelmaydi".

Keyinchalik familiyani o'zgartirishga faqat umumiy asoslarda, qonunda belgilangan hollarda yo'l qo'yiladi.

Agar nikohni ro`yxatdan o'tkazish vaqtida nikohga o`tuvchilar o`zlarining nikohga qadar bolgan familiyalarida qolgan bo`Isalar, ke­yinchalik esa, ular eri yoki xotinining familiyasiga o'tishni xohlasalar, bu masala qonunda belgilangan tartibda - fuqarolarning familiyasi, ismi va otasining ismini o'zgartirish tartibida hal gilinadi` .

Nikohga o'tuvchilarga ularning familiya tanlash huquglarini tushuntirib berish nikohni qayd etuvchi mansabdor shaxsning majbu­riyati hisoblanadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi tarkibiga kirgan davlatlar qo­nunchilik tajribasida er-xotinlar gosh familiyada, ya'ni er va xo­tinning familiyasida bo`lishi ham bor. Biroq gosh familiya uncha tushunarli bo`lmaganligi va noqulayligi, bunday familiyani, ayniqsa tug'ilish, nikoh, o'limni qayd etish vaqtida yozish giyinligi, buning ustiga gosh familiya ommalashmaganligini hisobga olio, bu taj­ribadan foydalanish maqsadga muvofiq emas degan fikrga kelindi2.

Demak, Respublika hududida nikohni qayd etuvchi fuqarolar er­xotinning gosh familiyasini umumiy familiya gilib tanlab olmaydilar, chunki, amaldagi qonunda bunday qoida mavjud emas.
4-§. Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila
turmushi masalalarini hal qilishi

Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalari er­xotin tomonidan birgalikda hal qilinadi. Er-xotin nikohdan o'tar ekan, oila quvonchi va tashvishlarini birga tortishga, va oila baxt-saodati uchun birgalikda mehnat gilishga ahdlashadilar.

Er-xotin oz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdir. Oilaviy turmushning hamma masalalari,

-----------------------------------------------127-----------------------------------

umutnan, oila manfaatlari va, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini nazarga olgan holda, er-xotin tolonidan o'zaro rozilik asosida birgalikda hal etiladi.

Amaldagi qonun hujjatlarida homilador ayol hamda kasal er yoki xotinning manfaatlarini qo'riqlash va ta'minlashga alohida e'tibor beriladi.

Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning ayrim masalalari hal gilishda rozilik bolmasa, er-xotindan har biri yoki ularning ikkalasi birgalikda vujudga kelgan nizoni hal qilish uchun tegishli davlat orga­niga murojaat etish huquqiga egadirlar. Vujudga kelgan nizoning qay­si organ tomonidan hal qilinishi qonunda belgilangan. Nizoning xa­rakteriga qarab, bunday organlar tarkibiga sud, vasiylik va homiylik organi kiradi.

Er-xotin o`rtasida bolalar tarbiyasiga oid nizolar, bolalarga fami­liya yoki ism berish masalasidagi kelishmovchilik vasiylik va homiy­lik organi tomonidan hal qilinadi.

Respublika sudlari ota-onalar o'rtasidagi bolalarga doir nizolarni to`g`ri hal qilishga amaldagi oila gonunlari bilan bir qatorda O'zbe­kiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrda chi­qargan "Bolalar tarbiyasi bilan bog'liq bolgan nizolarni hal gilishda sudlar tomonidan qonunlarni go`llash amaliyoti to'g'risida"gi 23-sonli garori' dasturiy ko'rgazmasiga asoslanishi lozim. Bu hujjat bolalar­ning tarbiyasi bilan bog'liq nizolarning sudlar tomonidan to'g'ri hal etilishini, ota-onalar va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-ona­larning o'z bolalarini tarbiyalashdagi mas'uliyatlari oshirilishini ta'­minlashga imkoniyat tug`diradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga Ad kelishi mumkin bolgan xatti-harakatlardan foydalanishlariga bar­ham beradi, voyaga yetmaganlarning gonun-buzarliklari oldini olish choralaridan hisoblanadi.

------------------------------------------------------------128-----------------------------------------


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling