O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Er va xotinning har birining xususiy mulki
1-§. Er va xotinning umumiy mulki
Er va xotinning oilaviy munosabatlarda teng huqugliligi va babbaravar majburiyatlarga ega ekanligi mulkiy munosabatlarda ham o'z ifodasini topgan. Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlariga iqtisodiy mazmundagi masalalar kiradi. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkiga nisbatan bo'lgan huquq va majburiyatlari, er-xotinning har birini alohida xususiy mulkiga bo'lgan huquq va majburiyatlari, o'zaro moddiy ta'minotdagi aliment huquq va majburiyatlari shular jumlasidandir. O`zbekiston Respublikasi mustagil bo'lishi, uning bozor iqtisodiga o'tishi, tadbirkorlik faoliyatiga keng o`rin berilishi bu masalada ham amaldagi oila qonunchiligiga tegishli o`zgartirishlar kiritilishini taqozo etdi. Chunki qonun bugungi kun talablariga to'la javob berishi lozim. Oila kodeksining 23-moddasiga binoan "Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo`lajak er-xotinning umumiy mablag`lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko'rsatilmagan bo`lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo`ljallanmagan boshqa pul to`lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo`lish yoki salomatligiga boshqacha zarar etkazish oqibatida mehnat gobiliyatini yo`gotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to'langan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko'char va ko'chmas ashyolar, qimmatli gog`ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh ---------------------------------------------------------130---------------------------------------- davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag'lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo`lishidan qat'iy nazar ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. Er va xotindan biri uy-ro'zg'or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo'lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko'ra mustagil ish haqi va boshqa daromadga ega bo'lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo'ladi". Er-xotindan har birining sovg'a sifatida nikoh tuzishdan keyin olgan mulklari, jumladan, to'y munosabati bilan yoki to'ydan keyin olgan sovg`alari, agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo'lsa, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kiradi. Nikohni tegishli tartibda qayd ettirmasdan turib er-xotin bo'lib yashash ularning mulkini birgalikdagi umumiy mink deb topish uchun asos bo'lmaydi. Nikohni qayd ettirmagan holda bir oila bo'lib yashagan shaxslaming mulkiy munosabatlari fuqarolik qonunlari normalari bilan tartibga solinadi. 1944-yil 8-iyulga gadar er-xotin bo'lib yashaganlarning orttirgan mulklariga nisbatan bo'lgan munosabatlar bu qoidadan tnustasnodir. Er-xotinning tekinga olgan mulklari, jumladan, to'y munosabati bilan olgan sovg'alar (to'ydan keyin o'tkaziladigan marosimlardan olgan sovg'alari), agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo`lsa, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kiradi. Agar er-xotinning har biriga tegishli bo'lgan mulkiga nikohlari davomida shu mulkning qiymatidan ancha oshiq mablag' sarflanganligi (qayta ta'mirlash, go`shimcha qurilish qilish, qayta o`zgartirish va h.k.) aniglansa, bu mink er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deb topilishi mumkin. Fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi a'zolarining birgalikdagi mulki bo`lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquglari fermer xo`jaligi va dehqon xo'jaligi to`g`risidagi qonunlarda belgilanadi. --------------------------------------------------131------------------------------------------- Fermer xo'jaligi va dehqon xo`jaligining mol-mulkini bo`lish O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 223 va 225-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Er va xotinning majburiyatlari bo'yicha hag undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o'rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo `yilgan omonatlar o `sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-inulkini bo'lish paytida e'tiborga olinmaydi.
-------------------------------------------132-------------------------------------------- bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o`ziuing xususiy mulki hisoblanadi. mulki oki ulardan har Nikoh davomida er va xotinning umumiy Y birining mol-mulki yoki er va xotindan birining mehnati hisobiga molmulkning qiymati ancha oshishiga olio kelgan mablag`lar (kapital ta'nurlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) go`shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi inulki deb topilishi murnkin". Er yoki xotindan fagat bittasiga tegishli bo`lgan va u tomonidan tasarruf etiladigan mink xususiy mink hisoblanadi. Xususiy mulkka quyidagilar kiradi: er yoki xotinning nikohga qadar o'zlariga tegishli bo'lgan mulki (masalan: uy, uy jihozlari, omonat kassasiga go`yilgan pul, ginrmatbaho qog'ozlar va boshqalar); nikoh davomida hadya yoki meros tarigasida olgan mulklari; to'y sovg'alari, agar ular er yoki xon and tbahonvag erhashamybu lanishi uchun mo`lja.llangan bo'lsa (q yumlar bundan mustasno); er yoki xotin tomonidan olingan Davlat mukofotlari va sovg'alar (masalan, oltin coat, mototsiki, mashing va boshgalar); er-xotinning nikoh tuzishga qadar olgan hadyalari (kelinning sepi va hokazolar), bu buyumlardan turmushda birgalikda foydalanishdan qat' iy nazar, ularning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kirmaydi; er-xotinning biriga nikohga qadar tegishli bo`lgan yoki u nikoh davomida hadya yoxud meros tarzida olgan ko`chmas mol-mulk, jumladan, uy-joy nikoh davomida er-xotindan birining yoki ikkalasining mablag'lari hisobiga kapital ravishda to mirlanganligi yoki qayta qurilganligi sud tomonidan aniglangan tagdirdagina er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deb hisoblanishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling