O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Nikoh shartnomasini o'zgartirish va bekor gilish


Download 0.85 Mb.
bet60/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

4-§. Nikoh shartnomasini o'zgartirish va bekor gilish
Nikoh shartnomasi er-xotinning o`zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi va bekor gilinishi mumkin. Bunday o'zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi kelishuv yozma shaklda bo'lishi va notarial tartibda tasdiglanishi lozim. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi.

Agar nikoh shartnomasi bekor qilingan bo'lmasa, u holda u ni­koh tugatilishiga qadar amalda bo'ladi. Nikoh shartnomasi er-xotin­dan tinning talabi bilan Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv garori bilan o`zgartirilishi yoki bekor qili­nishi mumkin.

----------------------------------------------141------------------------------------------- Oila kodeksi 32-moddasining 3-qismiga binoan "nikoh tuga­tilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining aural qilishi ham tugay­di, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno".
5-§. Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish
Nikoh shartnomasi hay qanday bitimga o'xshab sud tartibida ha­qiqiy emas deb topilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslar va tartib bo`yicha to'la yoki gisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.



Agar nikoh shartnomasi oila yoki fuqarolik gonunlari norrna­larini buzib tuzilsa, u holda bu shartnomaning mazmuni buzilib, qo­nunga qarshi tuzilgan hisoblanadi.

Biroq O'zbekiston qonunchiligi bilan nikoh shartnomasi instituti kiritilgach, er-xotinlar o'rtasida sud nizolari ko`payadi, degan fikrga boyish noto`g`ri. Aksincha, mazkur shartnoma ko'pchilik masalalar ta­raflarning o'zaro kelishuvi asosida hal qilinib, sud muhokamasiga bormaslikka imkoniyat yaratadi.



Bunday turdagi shartnomani tuzish amaliyoti ma'lum asosda vu­judga kelishi tufayli nikoh shartnomasi er-xotindan bittasining yoki uchinchi shaxslarning huquglarini buzish hollari so`zsiz kamayishiga olio keladi, chunki mazkur shartnoma hay gaysi er-xotin uni tuzishni (o'zi uchun) ma'qul deb topsa, unga mulkiy huquqiy tartibni belgilash imkoniyatini yaratadi.

Nikoh haqiqiy emas deb topilsa, beixtiyor ravishda nikoh shart­nomasi ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin.



Nikohning mavjudligi nikoh shartnomasining elementi hisob­lanadi. Shuning uchun nikoh haqiqiy emas deb topilganda u tuzilgan vaqtidan boshlab bekor qilinib, nikoh shartnomasi ham tuzilgan vaq­tidan boshlab o`zining yuridik kuchini yo'qotganligini bildiradi.

Nikoh shartnomasini tuzuvchi qayd etilgan nikohda turuvchilac deb hisoblanadi. Ularning kelishuvi nikoh shartnomasi hisoblanmaydi, chunki, qonunchilik yuridik rasmiylashtirilmagan amaldagi nikoh munosabatlariga huquqiy oqibat bermaydi.

------------------------------------------142-------------------------------------------



Nikoh shartnomasi albatta yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiglanishi lozim (Oila kodeksining 30-moddasi, 3-bandi). Qonun bilan belgilangan tartibda rioya qilmaslik bunday shartnomani haqiqiy emas deb topish uchun asos bo`ladi. Shaklga nisbatan bunday talablarni belgilash nikoh shartnomasining er-xotinga, shuningdek, uchinchi shaxslarga nisbatan ham alohida ahamiyatini ko`rsatadi. Bu shartnoma qoida tariqasida uzoq muddat amalda bo'ladi va mulkiy huquq va majburiyatlarni kelajak vaqtga qarab belgilaydi. Shuning uchun bunday huquglarni aniq va qat'iy belgilash unga notarial shakl berish tufayli erishiladi.

-------------------------------------------143--------------------------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling