4-§. Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya gilish
bo'yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari
Oila kodeksining 74-moddasi ota-onalarga bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ularni zimmasiga yuklaydi.
Ota-onalar o'z bolalarining qonuniy vakillaridir. Ularning har biri shundan foydalanadi.
Ota-ona o'z bolalarining vakillari bo'lganligi uchun har ganday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo`lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Buning uchun bolaning tug'ilganligi to`g`risidagi guvohnoma yoki pasportini ko'rsatishi yetarli, chunki bundan bolaning huquqiy otasi yoki onasi ekanligi bilinib turadi.
----------------------------------------------172-----------------------------------
Nikohsiz tug'ilgan bolaning huquqini himoya qilish, qoida asosida ona tomonidan amalga oshiriladi. Bunday bolaning huquqini himoya qilish amaldagi otaga agar ota o'z otaligini o'z xohishi bilan tan olsa yoki otalik cud tartibida belgilangan bo'lsa unga yuklatiladi.
Bolaning yoshi kattalashib borgan sari fuqarolik muomala layoqati ham kengayib boradi. Shuning uchun, masalan, Fuqarolik kodeksining 27, 29-moddalari o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo`1gan, shuningdek, o'n to'rt yoshga to`lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar)ning muomala layoqatini aniq belgilab beradi.
Bularni hisobga olio o'n to'rt yoshga to`lmagan voyaga yetmaganlar uchun fuqarolik-huquqiy bitimlarni (FKning 28-moddasi, 2gismida ko'rsatilgan hollardan tashgari ular nomidan fagat ularning ota-onalari, ya'ni o'z bolalarining qonuniy vakili sifatida qatnashadilar.
O'n to'rt yoshga to`Imagan voyaga yetmaganlarning fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga garatilgan harakatlari haqiqiy emas deb topiladi. Biroq, agar bitim kichik yoshdagi bolalar manfaatini ko'zlab tuzilgan bo'lsa, uning otaonasi, farzandlikka olganlari yoki vasiyning talabi bo'yicha u cud yo'li bilan haqiqiy deb topiladi. 14 yoshga to'lgan bolalar uchun fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ota-onalar o`z bolalarining homiylari sifatida qatnashadilar (FKning 32-moddasiga garang).
Voyaga yetmagan bolani o'n sakkiz yoshga to'lishi yoki nikoh tuzishi va boshqa hollarda hokimning alohida qarorisiz belgilangan homiylik tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |