Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi va uning faoliyatini takomillashtirish asoslari reja
Adliya vazirligi faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Download 84.5 Kb.
|
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi va uning faoliyatini takomillashtirish asoslari
2.Adliya vazirligi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
Adliya vazirligi faoliyatining asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: 1)huquqiy siyosat o’tkazish bo’yicha Respublika muofiklashtirish Kengashning faoliyatiga raxbavrlik kilishni amalga oshiradi, boshka xuquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlari ishtirokida respublikada qonunchilik jarayoni qonuniylikni va huquq tartibot mustaxkamlashini ta’minlash, shuningdek huquqiy umumiy ta’limning kompleks davlat dasturi bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqadi va uning ijrosini nazorat qiladi; 2) barcha davlat va boshqa organlardan huquqiy statistika ma’lumotlarni talab qilib oladi, ushbu masalalar bo’yicha statistik hisobotning yuritilishiga va tahlil qilishga uslubiy rahbarlik qilishni ta’minlaydi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis va O’zbekiston Respublikasi Prezidentini fuqarolarni huquqiy himoya qilinganligini va ularga yuridik yordam ko’rsatishning axvoli to’g’risida xabardor qilib turadi; 3) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasining topshiriqlari bo’yicha va o’z tashabbuslariga ko’ra, qonunchilik va normativ huquq aktlarining loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko’rib chiqish uchun tegishli organlarga kiritadi, yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarning loyixalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi, respublika qonunchiligini tartibga solish bo’yicha ishlarni olib boradi, ularga o’zgarishlar yoki qo’shimchalar kiritishga oid takliflarni tayyorlaydi; 4) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo’mitasi bilan doimiy amaliy aloqada bo’ladi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko’rib chiqish uchun kiritilgan qonun loyixalariga o’z takliflarini beradi; 5) jamoat birlashmalari ustavlarining, Respublika Vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining fuqarolar va respublikaning huquqlari va qonun manfaatlariga daxl qiluvchi normativ hukuqiy aktlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosalar beradi, ushbu xulosalar asosida ularni davlat ro’yxatidan o’tkazadi; 6) fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati uchun letsinziya (ruxsatnoma) beradi; 7) xalq xo’jaligida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uni yaxshilash yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqadi, ishlarning qo’yilishi amaliyotini tekshiradi va tahlil qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yuridik xizmatlarining ijobiy ish tajribalari joriy qilishi chora-tadbirlarini ko’radi, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi, yurist-maslaxatchilarning malakasini oshirish to’g’risida g’amho’rlik qilish; 8) o’z huquqi doirasida boshqa respublikalarning xorijiy davlatlarning tegishli, yuridik organlari bilan shuningdek xalqaro yuridik tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish huquqiy yordam ko’rsatish va xamkorlik qilish to’g’risida shartnomalar yoki bitimlar tuzadi; 9) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilishni, shu jumladan, sudda himoya qilishni amalga oshiradi; 10) sudlarni tashkil etish (joylashtirish, tuzilishi, shtatlari) masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda tegishli organlarga kiritadi, belgilangan tartibda sudyalarni tayyorlashni, tanlashni va lovozimga taqdim etishni respublika sudlarining xalq maslaxatchilarini saylovni o’tkazishni amalga oshiradi, sudyalarning mustaqilligini mustaxkamlash, odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’radi, belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining konferensiyalarini chiqaradi; 11) respublika sudlarining tashkiliy faoliyatlarini o’rganadi va umumlashtiradi, ularni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarning qarorlarini, ajrimlarini jinoiy ishlarning mulkiy jazo berish qismi bo’yicha sudlarning xukmlari jarimalari va qarorlarini, shuningdek, sud ijrochilariga yuklangan boshqa organlarning qarorlarini ijro etish, ishlarni tashkil etadi va nazorat qiladi; 12) Adliya idoralari, sudlar va davlat boshqaruv organlarining huquqiy statistikani yuborish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi, tegishli statistik umumlashtirishlarini tayyorlaydi; 13) notariat va fuqarolik xolati davlatnomalarini qayd qilish idoralarini tashkil etadi va ular faoliyatiga raxbarlik qiladi, ularning ishlarini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiiradi, fuqarolarga huquqiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko’radi, amalga oshirilgan notarial xarakatlar va fuqarolik xolati davlatnomalari ro’yxatdan o’tkazish statistikasini yuritadi; 14) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan doirada va tartibda respublika advatura masalalari faoliyatiga umumiy raxbarlikni yuridik yordam ko’rsatishni ta’minlaydi; 15) davlat organlari va jamoat tashkilotlarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini targ’ib qilish va tushuntirish ishlarini muvofiqlashtiradi, tizimning o’quv masalalalariga raxbarlikni amalga oshiradi, huquqiy axborot sohasida texnik siyosatni ishlab chiqadi va xayotga tatbiq qiladi, huquqni amalga oshirish muammolarini tatqiq etadi, uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, huquq va odil sudlov masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini o’rganadi; 16) kriminologiya, kriminalistika va sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga raxbarlik qiladi, huquq fanlarini rifojlantirish masalalari bo’yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, kengashlar tashkil etadi; 17) adliya muassasalari organlari va sud kadrlari rezervini yaratadi, ularni tayyorlashni tashkil etadi, kadrlarni tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tarkibda ularni joy-joyiga qo’yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni uyushtiradi; 18) davlat organlarining yuridik kadrlarga bo’lgan extiyojlarini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik institutida, Toshkent yuridik kollejida va vazirlik tizimining boshqa o’quv muassasalari tayyorlash ishlarini tashkil etadi va raxbarlik qiladi; 19) Respublika oliy va o’rta o’quv muassasalari talablari va o’quvchilari uchun yuridik darsliklar va o’quv qullanmalar rejalarini ishlab chiqadi, shuningdek, kodekslar normaktiv aktlar, to’plamlari ilmiy-ommabop va boshqa yuridik adabiyotlarni nashr etishni tashkil qiladi, adliya idoralari, muassasalari va sudlarni qonunchilik materiallari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi; 20) fuqarolar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazirliklarda va unga qarashli organlarda xamda sudlarda ishning tashkil etilishi bilan bog’liq xatlari, arizalari, shikoyatlarini ko’rib chiqish bilan bog’liq kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug’ullanadi; 21) Adliya tizimi va sud xodimlarini moddiy va ijtimoiy ta’minlash to’g’risida takliflar ishlab chiqadi, adliya idoralari va sudlarning moddiy texnik ta’minotini tashkil etadi, sudlar, notariatlar va fuqarolik xolati bo’limlari va boshqa adliya muassasalarining binolari kapital qurilishni amalga oshiradi, ijro xokimiyatining mahalliy organlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga tegishli takliflar kiritadi; 22) belgilangan tartibda o’ziga qarashli organlarning va sudlarni moliyaviy ta’minlaydi, adliya tizimida buxgalteriya hisobi va xisobotlarni tashkil etadi, nazorat qiladi. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling