O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 018 yil iyulda 3030-son bilan ro’yxatga olingan
- §. Iste’molchilarga xizmat ko’rsatish
Download 380.5 Kb. Pdf ko'rish
|
AV 3030 NIZOM
2-
§. Iste’molchilarga xizmat ko’rsatish bo’yicha minimal talablar 39. Bank: ushbu Nizomning 23- bandida nazarda tutilgan, xizmat ko’rsatish joylarida oshkor etiladigan axborotdan barcha iste’molchilar butun ish vaqti davomida foydalana olishlariga imkon yaratib berish kerak; axborot iste’molchilar uchun qulay va moneliksiz tanishish imkonini beradigan tarzda joylashtirilishini ta’minlashi kerak; iste’molchilar bilan bevosita ishlovchi bank xodimlarini (bundan buyon matnda administratorlar deb yuritiladi) iste’molchilar ko’ra oladigan, xodimning familiyasi, ismi va lavozim i qayd etilgan vizual identifikatsiya vositalariga ega bo’lishlarini ta’minlashi lozim; bank xizmatlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan joyida iste’molchilar va nogironligi bo’lgan hamda imkoniyati cheklangan iste’molchilar bilan shartnomalarni tuzish imk oniyatini ta’minlashi kerak. 40. Administratorlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan, iste’molchiga beriladigan axborotning minimal hajmi sodda shaklda taqdim eta olishi, shuningdek iste’molchining bunday axborot qayd etilgan bank hujjatlari bilan tanishishi uchun imkon yaratishi shart. Bank administratorlarga ushbu Nizomning 23- bandida ko’rsatilgan axborotni olish, o’rganish va yangilash imkoniyatini ta’minlashi shart. 3- §. Tijorat banklarining mijozlarga xizmat ko’rsatishda qonun hujjatlari talablarini bu zganlik uchun sanksiyalarni qo’llash (AV 25.09.2019 y. 3030-2- son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan paragraf) 40-1. Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,02 foizi miqdorida j arima to’laydi. 40-2. Banklar tomonidan ish haqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun o’z vaqtida naqd pul bermaganlik uchun mijozlarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga ular hisobvaraqlarida mablag’ bo’lganida bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,005 foizi miqdorida jarima to’laydi. 40- 3. Qonun hujjatlarida o’rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron to’lovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilg an elektron to’lovlarni qaytarishning o’rnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank har bir holat uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima to’laydi. Elektron to’lovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to’lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to’lov summasining 10 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda pena to’lashi shart. Bankning aybi bilan elektron to’lov noto’g’ri amalga oshirilgan taqdirda, u mablag’ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvarag’iga o’tkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablag’larni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto’g’ri amalga oshirilgan elektron to’lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto’g’ri amalga oshirilgan elektron to’lov summaning 10 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda pena to’lashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega. 40-4. Mazkur Nizomning 40-2 va 40-3-bandlarida tijorat banklari uchun nazarda tutilgan sanksiyalar bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomasida ko’rsatilishi shart. 40-5. Banklar quyidagi hollarda jarima t o’lashdan ozod qilinadi: a) fors- major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron to’lovlar tizimida ro’y berishi mumkin bo’lgan uzilish; b) bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos kelmaydigan to’lov hujjatlari taqdim qilinganda; v) qonunlarda belgilangan tartibga bank yoki mijoz hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalar to’xtatilganda. 40-6. Tijorat banklariga nisbatan mazkur paragrafda nazarda tutilgan jarima jazo choralarini qo’llash sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda bu kabi nizolar yuzasidan mijozlarning o’zlari tomonidan sudga da’vo kiritiladi. 40-7. Mazkur Nizomning 40-1 - 40-3-bandlariga muvofiq bank tomonidan to’langan jarima summasi qisman qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan bank (filiali) rahbari va bosh buxgalteri tomonidan qoplanadi. Download 380.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling