O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1724641
Bog'liq
PQ-300.1-ilova 5-band



19 oktabr
06-02/1-2648
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son
qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova, 5-bandida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslarini joriy etish” vazifasi belgilangan, bunda:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaldagi tayanch o‘quv rejasi doirasida
1-sinfda “Informatika
va
axborot
texnologiyalari” fanining
haftasiga bir
soatdan o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish;
“Informatika va axborot
texnologiyalari
” fani bo‘yicha boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish
nazarda tutilgan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining amaldagi
o‘quv soatlari doirasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab, 1-sinfda haftasiga
1 soatdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi
(vazirlik buyrug‘i ilova qilinadi).
Joriy yilning 14-17-avgust kunlari A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida, 21-24-avgust
kunlari hududlardagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida
jami 11,0 ming nafardan ortiq boshlang‘ich ta’lim metod birlashma rahbarlarining
malakasi oshirildi.
Shu bilan birga, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasiga (onlinedu.uz)
joylashtirilgan o‘quv kurslarining videokontenti mustaqil tarzda o‘qib-o‘zlashtirish orqali
tegishli sertifikatga ega bo‘lish imkoniyatlari yaratildi.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
11-sentyabrdagi PQ-300-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova, 5-bandini nazoratdan
olinishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Ilova: ___varaqda.
Vazir o‘rinbosari
D.Kenjayev
Ijrochi: F.Urunov
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: EL34322578

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling