O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet44/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Fototexnologiya. Tabiat sirlarini bilishda olimlarning ilmiy- tadqiqotlarida keng qo‘llaniluvchi yagona asbob - fotoapparatdir. Hozirgi zamon fotoapparatlari tasviri aniq olish imkoniyatiga ega, uni buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev iborasi bilan
fotografiyani (foto - yorug‘lik, graf - yozaman) insonning «Ikkinchi ko‘zi» deb aytish mumkin.
Fotografik rasmlarning ilmiy va pedagogik juda katta: dars mazmunidagi ayrim detallarni tug‘ri namoyon qilishda, o‘quv kitoblarida chizilgan chizmalar yoki voqealarni aniq tushuntirishda, ko‘rgazmalar, eksponatlarni sifatli tasvirlashda, tabiat hodisalarini to‘g‘ri aks ettirishda va shularga o‘xshash qator hollarda fotografiya muhim rol o‘ynaydi. Fotografik turistik sayohatlar, oilaviy yig‘ilishlar, laboratoriya ishlari, ilmiy tadqiqotlarda, tarixiy yodgorliklarni abadiylashtirish, mavsumiy manzaralar, ish protsesslari va shularga o‘xshash madaniy allomalarda alohida o‘rin tutadi. SHu tufayli ham fotografiyaga bo‘lgan qiziqish, kun sayin oshib bormoqda. Fotografik metodlar xilma-xil, fotoapparatlarning konstruksiyalari ham borgan sari takomillashib bormoqda, fotomateriallarga nisbatan talab kun sayin oshib bormoqda.
Fotografiya haqidagi talimotning rivojlanishi. 1984 yilning 7 yanvarida butun dunyo jamoatchiligi fotografiya ixtiro qilinganligining 145 yilligini nishonladi.
Ma‘lumki, bu ixtiro tarixi haqidagi birinchi fikrlar XIII asrda yashagan ingliz olimi Rodjer Bekkon, XV asrda yashagan italiyalik olim Leonardo-da - Vinchi, ingliz olimi Porta ishlarida bayon etilgan optik jarayonlarga bag‘ishlangan tushunchalarda o‘z aksini topgan edi. Fizika tarixida Porta fotoapparat ixtirochisi deb tanilgan.
Rodjer Bekkon o‘zining optikaga doir ishlarida ko‘rish trubasini yasash mumkinligini, ko‘zoynak vositasida kishi miyasida aniq tasvir sodir bo‘lishini ta‘kidlagan bo‘lsa, Da-Vinchi o‘z ishlarida Obskura kamerasi (lotin tilida ob- scura- qorong‘i, camera- uy ma‘nosini beradi) haqida tushuncha beradi. Kichik tirqish ochilgan qorong‘i quticha devorida teshikdan tashqaridagi buyumning teskari tasviri hosil bo‘lishni tushuntirgan edik.
1558 yilda Obskura kamerasi takomillashtirilib, uning tirqishi oldiga yig‘uvchi linza o‘rnatish bilan buyumlarning keskin va aniq tasvirini namoyish qilishga muvaffaq bo‘lingan edi; shunday qilib, fotografiya tarixini 1558 yildan boshlangan deb hisoblash xato emasdir.
Fransiyalik olim Fransua Arago 1839 yilda Fransiya Fanlar akademiyasining yig‘ilishida so‘zga chiqib, kishilik tarixida birinchi bo‘lib, optik-ximiyaviy usul bilan rassom Lui Dagerr tasvir olishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar beradi. Dagerr bilan birgalikda fotografiyani ixtiro qilish ustida Nisefora Nens ham ishlagan.
Rus havaskor ximigi A.P. Bestujev-Ryumin (1725 yilda) temir (II) - xlorid eritmasi yorug‘‘likka sezgir ekanligini va yorug‘‘lik ta‘siri tufayli o‘zgarib temir (SH)-xloridga aylanganligi aniqlanadi.
1727 yilda nemis olimi I.SHuls kumush to‘zi yorug‘‘lik ta‘sirida qorayishini va yorug‘‘lik spektrlari tarkibi kumush qatlamiga turlicha ta‘sir ko‘rsatishini, ayniqsa kumush to‘zlarining ultrabinafsha nurlar ta‘siri ostida o‘z ranglarini tez o‘zgartirishini ko‘zatganligini ma‘lum qilgan edi.
G.Devi o‘z tajribalarida kumush nitratga qaraganda kumush-xlorid yorug‘‘likka sezgirligini isbotladi.
Franso‘z Lui Jak Dagerr va Jozef Nisefor Nepslarning kashfiyotlari natijasida italiyalik olim Janbatista Porta yaratgan fotografik effektni amalga oshirish mumkin bo‘ladi, mana shuning uchun ham 7 yanvar 1839 yil fotografiyaning yaratilgan kuni deb qabo‘l qilinadi.
Fotografiya taraqqiyotini quyidagi davrlarga ajratish mumkin.
Birinchi davr. Obskura kamerasida tasvir olish zamonlarini hisobga olmaganimizda, fotografiya kumush to‘zlarida L.Dagerr tomonidan birinchi marta tasvir olishni ixtiro (1839) qilishi bilan boshlanadi.
Fotoplastinkalarni tayyorlash uchun L.Dagerr fan tarixida birinchi bo‘lib, amaliy usulni tavsiya qildi. Bu usulga «Dagerrotip» deb nom berilgan edi. Bu usul shundan iboratki, silliqlangan kumush plastinka yoki kumushlangan mis plastinkani olib qorong‘i uyda yod bug‘lari ta‘sir ettiriladi. Buning uchun yod kristali to‘ldirilgan idish plastinkalarning silliq tomonlari tagiga qo‘yib qizdiriladi, bug‘langan yod plastinkaning kumush sirti bilan:
2Ag+I2=2AgI
Ko‘rinishdagi reaksiyaga kirishib, plastinka sirtida yupqa kumush yodid qatlamini hosil qiladi.
SHuning uchun yodli kumush «Dagorrotip» pilastinkasining yorug‘‘likka sezgir moddasi deb topildi, shunday usul bilan tayorlangan plastinka Obskura kamerasida fotosuratga olish uchun qo‘llanila boshlandi. Yorug‘‘lik tasiriga duch kelgan kumush yodid metali kumushga aylanib, plastinkada buyumning ochiq bo‘lmagan tasviri hosil bo‘ladi, bunday tasvirni simob bug‘lari bilan ochib yuborish mumkinligi ma‘lum bo‘ldi. Plastinkaning yorug‘‘lik ta‘sirida hosil bo‘lgan kumush metalli joylarida oq rangli amalgama kumush paydo bo‘ladi va u tosh to‘zi eritmasida qotiriladi. Demak, bu birinchi davrda fotografiya praktikasi maydonga keldi.
Ikkinchi davr 1851 yilda ingliz olimi F.Archer tomonidan «makrokolloid protsess» deb nomlangan jarayonni topishi bilan boshlanadi.
Fotografiya ta‘limoti taraqqiyotidagi asosiy davr 1861yilda ingliz fizigi J.K.Maksvell tomonidan rangli fotografiyaning ixtiro qilinishi bo‘ldi. 1873 yilda nemis ximik olimi G.F. Fogel tomonidan «Optik sensibilizatsiya» hodisasini ixtiro qilinishi, Rangli fotografiyaga yo‘l ochib berdi, shuning uchun ham bu sohada olib borilgan izlanishlar 1936 yilda rangli fatografiyaga yaroqli maxsus fotografik qog‘ozlar yaratildi.
Fotografiya tarixi (1839y.)ma‘lum tasvirdan haqiqiy nusxa olish quroli sifatida boshlagan bo‘lsa, 1843 yilda rassom D. Xill fotografiyani o‘zining murakkab rasmlaridagi alohida qismlarini ishlashga bag‘ishlangan izlanishlarida ishlatdi, keyinchalik fotoplastinka (1871), fotoapparat zatvorlari (1883), fotokameralar (1886-1888) ning birin- ketin ixtiro qilinib takomillana borish fotografiya texnikasini yanada taraqqiy qildirdi.
M.V. Lomonosovning «Yorug‘‘lik to‘g‘risida yangi nazariya bo‘lmish yorug‘‘likning paydo bo‘lishi haqida ikki og‘iz so‘z» nomli asari 1757 yilda e‘lon qilinishi fotografiya nazariyasini ishlab chiqishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. 1854 yilda I.V. Aleksandrov streoskopik fotoapparatni ixtiro qilganligi uchun patent olishga muvaffaq bo‘ldi.1880 yilda I.V.Boldirov fotoplyonkaning mahkam
asosini ixtiro qilgan bo‘lsa, 1883 yilda S.A. Yurkov Shtortirkishli zatvorni ixtiro qiladi.
1879 yilda D.I. Mendeleyev rahbarligida V.I.Srezniskiy va I.I. SHishkinlar «Rus texnika» jamiyatining fotografiya bo‘limini tashkil qilish bilan fotografiya sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida unda fotografiya kursini ochib, shu sohadagi ixtisosli mutaxassislar tayyorlashga kirishdilar, natijada fotoapparatlarning konstruksiyalarida xilma-xil o‘zgarishlar maydonga kela boshladi: 1883 yilda V.I.Sreznevskiy birdaniga 30 fotoplastinka sig‘adigan birinchi rus fotoapparatini ixtiro qilgan bo‘lsa, 1885 yilda I.I. Filippenko «Sayoxat fotoapparati» deb nomlangan ancha takomillashgan qurilmalarni ixtiro qiladi.
Oktyabr Sotsialistik revolyusiyasidan so‘ng, mamlakatimizda tashkil topa boshlagan ilmiy-tadqiqot institutlaridan biri Leningrad Davlat optika instituti (1918) tashkil qilinishi bilan optika-texnika sanoati tez taraqqiy etib, o‘z vazifalarini aniqlay oldi. Bu institutda shu davrlarda Moskvada tashkil topgan butun ittifoq kino-foto ilmiy-tadqiqot instituti o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yib hal qila boshladi:

  1. Fotoapparatlar konstruksiyasi va fotooptikaning takomillashtirish; 2) zamonaviy fotomateriallar sifatini yaxshilash, ularni ximiyaviy fotografik ishlash yo‘llarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishni takomillashtirish. SHu tufayli 1929 yilda

«EFTE», 1932 yilda «Arfa», 1930-1940 yillarda «Fotokor», «Uchenik», «Pioner»,
«FED» markali fotoapparatlar birin-ketin ishlab chiqila boshlandi. Keyinchalik
«Kiev-3» (1949), birinchi ko‘zguli apparat «Zenit» (1952), Xalkaro miqyosda tanilgan havaskorlar uchun mo‘ljallangan «Leningrad» (1956), birinchi avtomatik sovet fotoapparati «Zorkiy-10» (1964), «Kiev-10» (1965), «Zenit-12» (1978) ga o‘xshash bir qancha fotoapparatlar maydonga keldi. 1980 yilga kelib, fotosanoat
50 dan ortiq turli markali fotoapparatlardan 150 million nusxagacha ishlab chiqarishga erishdi.
Nazariy, ayniqsa, amaliy fotografiya uchun fotografik materiallar sezgirligini baholay olish juda muhim ahamiyatlidir. Buni miqdoran aniqlash uchun tushiriladigan materialning qorong‘ilanishi bilan ekspozitsiya o‘rtasidagi miqdoriy bog‘‘lanishni aniqlash, ya‘ni viderjka vaqti bilan nurlanish intensivligi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanishni aniqlash zarur. Bu masalaga bag‘ishlangan ilmiy fotografiya bo‘limiga fotografik seksitomeriya deyiladi. Bu fotografik materiallarning eksperimental va metodologik bazasining asosi hisoblanadi.
Mashhur sovet olimlari P.P.Lazarev, A.N.Tereninlar va ularning ilmiy maktabi yorug‘likning ximiyaviy ta‘siri ustida olib borgan qator izlanishlari tufayli ilmiy fotografiya keng rivojlanib bordi.
Fotografiyaning keyingi taraqqiyoti golografiya metodini 1948 yilda ingliz fizigi
D. Gobor tomonidan tavsiya qilinishi bilan bog‘lik bo‘ldi. Goborning tushuntirishicha, golorafiya yorug‘lik to‘lqinlarini amplituda va faza haqidagi informatsiyani yozib olish imkoniyatini beradi. Ammo golorafiyaning amaliyoti kogerent yorug‘lik manbai - lazer nurlarining maydonga kelishi bilan taraqqiy qildi. Birinchi golorammalarni 1962-1963 yillarda amerikalik olimlar E.Leyt va YU.Upatnisklar olishga muvofaq bo‘lgan edilar, ular buni qiyshaygan tayanch nurlar vositasida (284-rasm) olgan bo‘lsalar, sovet fizigi YU.N.DenisyO‘Q 1962
yilda uch o‘lchovli muhitlarda golorafik yozish metodini ishlab chiqdiki, uning bu usuli birinchi bo‘lib, ob‘ektning to‘lqin maydonining amplitudasini, fazasini va spektral tarkibini yozib olish imkonini berdi, bu bilan bo‘zilmagan fazoviy tasvirni olish imkoni tugildi. Bunday metod bilan olingan golorammani oddiy yorug‘lik manbalari bilan qayta o‘z vaziyatiga keltirish mumkin bo‘ladi. Uning bu ishi 1970 yilda Lenin mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.
YU.N.DenisyO‘Q uch o‘lchovli golorammasining (285-rasm) amaliy moxiyati uning eng muhim xarakteristikasi hisoblangan difraksion effektivlik ( ) deb nomlangan kattalik bilan xarakterlanadi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling