O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etuvchi tarmoq
Download 1.06 Mb.
|
-dataContent-6661BMITUITMD060517110607
3.2. Xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etuvchi tarmoq
xarakteristikalari IP tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini standartizasiyalash bo‘yicha XEI faoliyatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofik. IP tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini standartizasiyalash bo‘yicha XEI faoliyati doirasida IP-yo‘nalishli protokollar bazasida qurilgan tarmoqlar uchun QoSni ta’minlash vazifalarini echishning quyidagi bosqichlari nazarda tutiladi: P2P tarmoqlari uchun muvofiqlashtirilgan umumiy ishchi xarakteristikalar to‘plamini va ularning normalarini yaratish; “terminal-terminal” konfigurasiyasida xizmat ko‘rsatish sifatining belgilangan ko‘rsatgichlarini ta’minlab beruvchi tarmoq mexanizmlarini joriy qilish; xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatgichlarining normaga solingan qiymatini signalizasiya protokollariga qo‘shish; tayanch tarmoq mexanizmlari arxitekturasini ishlab chiqish. 2002 yilda XEI-T IK 13 yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarning birinchisiga javob beruvchi ikkita xalqaro standart e’lon qildi. XEI Y.1540 Tavsifnomasi IP tarmoqlarda paketlarni uzatish uchun standart tarmoq xarakteristikalrini bayon qiladi. XEI Y.1451 Tavsifnomasi, Y.1450 da belgilangan, ikkita chegara tarmoq interfeyslari - oxirgi terminal uskunalarining ulanish nuqtalari parametrlari uchun normalrni belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu tavsifnomada ilovalar turiga qarab xizmat ko‘rsatish sifatining 6 darajasi tasniflangan. Bu tavsiyalar telekommunikasiya ssenariyining barcha qatnashchilari – operator va provayderlar, uskuna ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilar uchun muxim. Tarmoq operatolari va provayderlari undan P2P tarmoqlarining foydalanuvchilar talablari darajasidagi xizmat ko‘rsatish sifatiga monandligini baxolash, rejalashtirish va kengaytirish uchun foydalanadilar. Ishlab chiqaruvchilar tarmoq provayderlari spesifikasiyasiga javob bera oladigan uskunalarni yaratishda shu tavsiyalarga suyanishadi. Va nixoyat, foydalanuvchilar (birinchi navbatda korporativ foydalanuvchilar) Y.1540 va Y.1541 tavsiyalaridan xaqiqatda faoliyat ko‘rsatayotgan IP-tarmoqlari xarakteristikalarini, ushbu xarakteristikalar foydalanuvchilar talablariga javob berish-bermasligini baxolash nuqtai nazaridan qo‘llashlari mumkin. IP tarmoqlarida QoS ni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tarmoq xarakteristikalariga taalluqli Y.1540 va Y.1541 tavsiyalarining ayrim tafsilotlarini ko‘rib chiqamiz. XEI Y.1540 Tavsifnomasi XEI Y.1540 Tavsifnomasida foydalanuvchi tomonidan baxolanuvchi ikki tomonlama ochiq xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir o‘tkazish jixatidan eng muxim sanaladigan quyidagi tarmoq xarakteristikalari ko‘rib chiqiladi: tarmoq unumdorligi; tarmoq/tarmoq qismlari ishonchliligi; ushlanib qolish; ushlanib qolish variasiyasi (djitter); paketlar yo‘qolishi. Foydalanuvchining tarmoq unumdorligi (yoki ma’lumotlarni uzatish tezligi) - soniya ichidagi bitlarda o‘lchanuvchi samarali uzatish tezligi deb belgilangan. Aytib o‘tish kerakki, bu parametr qiymati tarmoqning maksimal o‘tkazish xususiyati (ko‘pincha yanglish tarzda o‘tkazish tasmasi deb nomlanadigan) bilan mos kelmaydi. Unumdorlikni minimal qiymati xizmat provayderi tomonidan kafolatlanadi, u esa, o‘z navbatida, tarmoq provayderining tegishli kafolatlariga ega bo‘lishi kerak. Y.1540 tavsiyanomasida xar xil ilovalar uchun turli bo‘lgan tarmoq unumdorligi xususiyatining normativlari keltirilmagan. SHu bilan bir qatorda, Y.1541 Tavsifnomasida o‘tkazishning samarali tezligi bilan bog‘liq parametrlar XEI Y.1221 tavsiyalarida ta’riflangan P2P-tarmoq deskriptori yordamida aniqlanishi mumkinligi qayd qilingan. Tarmoq/tarmoq qismlari ishonchliligi. Foydalanuvchilar aloqa tizimlaridan yuqori darajadagi ishonchlilikni kutadilar. Tarmoqning ishonchliligini bir qator parametrlar orqali aniqlash mumkin. Tayyorlik koeffitsienti ular orasida eng ko‘p qo‘llaniladiganidir. Ob’ektning turib qolish vaqtining ob’ektni kuzatishning umumlashtirilgan vaqtiga (turib qolish vaqti va rad etishlar orasidagi vaqtni o‘z ichiga oladi) nisbati orqali tayyorlik koeffitsientini xisoblab chiqarish mumkin. Ideal xolda tayyorlik koeffitsienti 1ga barobar bo‘lishi kerak, bu tarmoqning 100% tayyorligini anglatadi. Amalda tayyorlik koeffitsienti “to‘qqizlik” raqami orqali baxolanadi. M-n, “uchta to‘qqizlik” tayyorlik koeffitsienti 0,999 ni tashkil etganligini bildiradi, bu tarmoqning yiliga to‘qqiz soat mobaynida ishlamasligini (bekor turishligini) ko‘rsatadi. TfOP tarmog‘ining tayyorligi “beshta to‘qqizlik” o‘lchami bilan baxolanadi, bu esa yiliga 5,5 daq. bekor turish degani. 1-jadvalda turli “to‘qqizlik” miqdorlari uchun bekor turishlik vaqti ko‘rsatilgan. 1-jadval Tayyorlik koeffitsienti va uskunalarning tegishli bekor turish vaqti
An’anaviy ma’lumot uskunalariga (serverlar, marshrutizatorlar) qurilgan IP tarmoqlarida “beshta to‘qqizlik” tayyorlik koeffitsientini ta’minlash etarli darajadagi muammo. Buning sababi shundaki, P2P tarmoqlarida axborot oqimlariga ishlov berish (TfOP dagi kabi apparat ta’minotida emas) dasturiy ta’minot asosida amalga oshiriladi. Tarmoq uskunalarining inkor etish statistikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, dasturiy ta’minot ishonchliligi apparat ta’minoti ishonchliligidan deyarli ikki baravar past. IP paketlarini etkazib berish parametrlari. Umumiy xollarda seana uchta fazadan iborat – ulanishni o‘rnatish, ma’lumotni yuborish va ulanishni uzish. Y.1540 Tavsifnomasida uch fazali aloqa seansining faqat ikkinchi – IP paketlarini etkazib berish fazasi ko‘rib chiqiladi. Bunday yondashish ulanishlarni o‘rnatishga yo‘naltirilmagan P2P tarmoqlari tabiatini aks ettiradi. Kelgusida qolgan ikki faza (ulanishni o‘rnatish va uzish) uchun QoS parametrlari va ishchi xarakteristikalar spesifikasiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. XEI-T Y.1540 Tavsifnomasi IP-paketlar etkazib berishni xarakterlovchi quyidagi parametrlarni belgilab beradi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling