O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Download 1.06 Mb.
|
-dataContent-6661BMITUITMD060517110607
Differensial xizmat ko‘rsatish (differentiated service). Differensial xizmat ko‘rsatish xizmat ko‘rsatish sifatiga qo‘yiladigan talablar asosida klasslarga trafikni bo‘lish ko‘zda tutilgan. Trafikning har bir klassi differensiyalanadi va QoS mexanizlari bilan ushbu klass uchun berilganligi tarmoqqa muvofiq qayta ishlanadi. Xizmat ko‘rsatish (QoS) sifatini ta’minlash sxemasi ko‘pincha SoS sxemasi deb nomlanadi. Differensial xizmat ko‘rsatish ko‘rsatiladigan xizmatlar kafolatini ta’minlash ko‘zda tutilmaganligini ta’kidlash kerak. Ushbu sxemaga muvofiq trafik klasslarga taqsimlanadi, ularning har biri o‘zining ustuvorligiga ega. SHu sababli differensial xizmat ko‘rsatish asosan yumshoq QoS (soft QoS) deb nomlanadi. Differensial xizmat ko‘rsatish ilovalarning intensiv trafik bilan tarmoqlarda qo‘llash qulaydir.
Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish (guaranteed service). Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish trafik oqimlari tomonidan xizmat ko‘rsatishga qo‘yiladigan spetsifik talablarni qanoatlantirish maqsadida tarmoqli resurslarini rezervlash ko‘zda tutilgan. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishga muvofiq trafik harakatlanishining barcha traektoriyasi bo‘yicha tarmoqli resurslarni oldindan rezervlashni bajaradi. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish tarmoq resurslarga qo‘yiladigan qat’iy talablarni taqdim etish bilan qat’iy (hard QoS) deb nomalanadi. Afsuski, trafikning ayrim oqimlari yo‘nalishining barcha yo‘lida resurslarni rezervlash ma’lumotlarning minglab oqimlari vaqtning ayrim onlarida xizmat ko‘rsatiladigan Internet magistralining masshtablarila amalga olib kelish mumkin emas. Tarmoqli bog‘lanish samaradorligining xarakteristikalari. QoS mexanizmdarini tatbiq etish samaradorlik bo‘yicha aniq cheklashlar bilan bog‘lanish tarmog‘i tomonidan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Tarmoqli bog‘lanish samaradorligning aosiy xarakteristikalari o‘tkazish polosasi, paketlarning kechikishi, titrashi va yo‘qolish darajasi hisoblanadi. O‘tkazish polosasi (bandwidth) atamasi axborotni uzatish, protokol yoki bog‘lanish muhitining nominal o‘tkazish qobiliyatining tavsifi uchun ishlatiladi. Qoidaga ko‘ra, xizmat ko‘rsatishning kafolatlangan sifatga ehtiyoj sezadigan har bir bog‘lanish tarmoqdan minimal o‘tkazish polosasini rezervlashni talab etadi. Misol uchun raqamlangan nutqni uzatish uchun mo‘ljallangan ilova 64 Kbit/s intensivlik bilan axborot oqimini yaratadi. Bunday ilovalarning samarali foydalanish bog‘lanishning istalgan uchastkalarida 64 Kbit/s dan past o‘tkazish polosasini kamaytirish natijasida mumkin bo‘lmaydi. Paketni uzatishda kechikish (packet delay), yoki latentlik (latency), har bir o‘tishda serializatsiya kechikishi, tarqalish kechikishi va kommutatsiya kechikishidan iborat. Quyida kechikishning keltirilgan tiplaridan har biriga ta’riflar keltirilgan. Serializatsiya kechikishi (serialization delay). Qurilma o‘tkazish polosasining berilgan kengligida paketni uzatish uchun talab etiladigan vaqt. Serializatsiya kechikishi axborotni uzatish kanalining o‘tkazish plosasi kabi, uzatiladigan paket o‘lchamiga bog‘liqdir. Masalan, berilgan 3 Mbit/s o‘tkazish polosasida 64 bayt o‘lchamli paketni uzatish 171 ns ga bog‘liq. Serializatsiya kechikishi o‘tkazish plosasiga bog‘liqligiga e’tibor qaratish kerak: berilgan 19,2 Kbit/s o‘tkazish polosasida 64 bayt o‘lchamli paketni uzatish 26 ns ni tashkil etadi. Serializatsiya kechikishi uzatish kechikishi (transmission delay) nomlanadi. Tarqalish kechikishi (propagation delay). Kanalning boshqa tomonidagi qabul qilinadigan qurilmaga erishish uchun axborotning uzatilgan biti talab etiladigan vaqt. Ushbu kattalik ahamiyatlidir, axborotni uzatish tezligining eng yaxshi holatida yorug‘lik tezligi bilan o‘lchanadi. Tarqalish kechikishi o‘tkazish polosasiga emas, masofa va axborotni uzatishning foydalaniladigan muhitiga bog‘liq. Global tarmoqlarning aloqa liniyasi uchun tarqalish kechikishi millisekundlarda o‘lchanadi. Qo‘shma SHtatalarning transkontinental tarmoqlari uchun tarqalish tartibi kechikishi 30 ms xususiyatiga ega. Kommutatsiya kechikishi (switching delay). Qurilma keyingi qurilmani uzatish boshlanishi uchun paketni olish talab etiladigan vaqt. Odatda, trafik bitta oqimga taalluqli paketlardan har biri kechikishning turli qiymatlari bilan uzatiladi. Paketlarni uzatishdagi kechikish oraliq tarmoqlar holatiga muvofiq o‘zgaradi. Tarmoq o‘ta yuklanishni sinamasa, paketlar marshrutizatorlarda navbatga qo‘yilmaydi, paketni uzatishda kechikishning umumiy vaqtiserilizatsiya kechikishi va har bir oraliq o‘tishda tarqalish kechikishi summasidan iborat. Bunda berilgan tarmoq orqali paketlarni uzatishda mumkin bo‘lgan minimal kechikish to‘g‘risida gapirish mumkin. Serilizatsiya kechikishi kata o‘tkazish qobiliyati bilan kanal bo‘yicha paketni uzatishda tarqalish kechikishiga nisbatan ahamiyasiz bo‘ladi. Tarmoq o‘ta yuklangan bo‘lsa, marshrutizatorlarda navbatlarni tashkil etishdagi kechikish paketlarni uzatishda umumiy kechikishga ta’sir etishni boshlaydi va bitta oqimlarning turli paketlarini uzatishda kechikishdagi farq yuzaga kelishiga olib keladi. Paketlarni uzatishda kechikish tebranishi djitter-paketlar (packet jitter) deb nomlanadi. Ushbu parametr kata ahamiyatga ega, chunki u oxirgi belgilangan punktda paketlarni qabul qilishda maksimal kechikishni belgilaydi. Foydalanailadigan ilovalar tipiga muvofiq qabul qilinadigan tomon kechikishning yuqori chegarasidan kichik yoki teng vaqtda qabul qilingan paketlarni saqlash uchun qabul qilish buferini tashkil qilish hisobiga paketlar titrashini kompensatsiyalashga urinishi mumkin. Ushbu toifaga Ma’lumotlarning uzluksiz oqimini uzatish/qabul qilish uchun mo‘ljallangan ilovalarga kiradi, masalan, masalan, IP-telefoniya yoki videokonferensiya o‘tkazilish imkonini beradigan ilova. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling