O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Telefon stansiyalarning rivojlanishi
Download 1.06 Mb.
|
-dataContent-6661BMITUITMD060517110607
1.2. Telefon stansiyalarning rivojlanishi
Aloqa vositalarining rivojlanishi signalli gulxanlar, yog‘ochli nog‘oralardan boshlanib, kabutarlar pochtasini, feld’eger aloqasini, SHappa optik telegrafini va o‘z vaqtini va sivilizatsiya tarixida muxim asrlarini «texnologiyalar yig‘indisi» elementlari bo‘lib qolgan boshqa vositalar ixtiro qilishga qadar davom etgan. Misol uchun yorug‘lik signali, tutun ustuni. Optik signallashdan tashqari tovushli xam ishlatilgan. Ma’lumki, miltiqlar nog‘oralarga qaraganda balandroq tovush chiqaradi, shuning uchun 1796 yilda imperator Pavel I ning taxtga chiqishi tug‘risidagi xabar Moskvadan Peterburggacha bo‘lgan yo‘l yoqasida qo‘yib chiqilgan 3000 ta askarning miltiqlaridan otilgan o‘qlar bilan uzatilgan edi. To‘plar esa miltiqlarga qaraganda yana xam balandroq tovush chiqaradi, shu munosabat bilan, 1838 yilda Buffalodan Nyu – Yorkka YAngi Eri kanali bo‘yicha birinchi kemani ketishi tug‘risidagi xabar to‘plardan otilgan o‘qlar bilan uzatilgan edi. Signal Nyu –Yorkgacha bo‘lgan 700 km masofani 1 s 20 minutda bosib o‘tdi. XVIII asr oxirida aloqani elektr vositasi yaratilgan edi. Masalan telegraf xabarlarni uzatish (1753 yil Angliya, 1909 yil Germaniya, Peterburg). Birinchi telegraf xabarlarini uzatish ko‘p simli usulda amalga oshirildi, keyin simlar sonini kamaytirish uchun olti elementli tekis kod qo‘llanildi. [5] Telegrafiya muvaffaqiyatlari – jonli odam nutqini masofaga uzatish g‘oyalarini ishlab chiqishni rag‘batlantirdi. Xozirgi kunga yaqin telefoniya g‘oyasini 1854 yilda fransuz olimi SH.Bursel ilgari surdi. Tovushlarni masofaga uzatish uchun asbob yaratishga birinchi marotaba 1861 yilda Iogann Filipp Rays urindi. Aynan u telefon degan atamani kiritdi, va elektr toki yordamida tonal signallarni masofaga ko‘chirish imkoniyatlarni namoyish etdi. Lekin bu qurilma texnik jihatdan mukammal bo‘lmaganligi sababli keng tarqalmadi. Faqat 15 yil o‘tgandan so‘ng Aleksandr Grexem Bell 14 fevral 1876 yilda «Telegrafiyada mukammallashtirish» deb atalgan ixtirosiga patentni qayd ettirdi. Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanishida uchta bosqich aniq ko‘zga tashlanadi. Birinchi bosqichda (XX asrning 30 yillari) avtomatik kommutatsiya uchun elektromexanik izlagichlar ishlatilgan (dekada - qadamli, mashinali, motorli va xokozo). CHo‘tkali izlagichlar bilan qurilgan kommutatsiya tizimlarini ishlatish jarayonida quyidagi jiddiy nuqsonlar aniqlandi: kommutatsiya asboblar ishlatishning yuqori bo‘lmagan ishonchliligi, stansion qurilmalari xizmat ko‘rsatishga katta mexnat sarflanishi, so‘zlashuv traktining past sifati, izlagichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining murakkabligi[12]. Ikkinchi bosqich urush yillaridan keyingi davrga to‘g‘ri keladi, bu vaqtda avtomatik elektraloqa rivojlanishining sifatli taraqqiyotiga undovchi koordinatali kommutatsiya texnikasini ekspluatatsiyasiga tadbiq qilish va ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Lekin bir qator afzallik va ustunliklariga qaramay koordinatli texnika kommutatsiya vositalariga inqilobiy o‘zgarishlar kiritmadi, chunki u xam elektromexanik tamoyillarga asoslangan elementlar negizida qurilgan, bu esa kommutatsiya rivojlanishining birinchi bosqichiga xosdir. Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanishida sifatli yangi o‘zgarishlar tranzistor ixtiro qilingandan so‘ng, elektronika va elektron hisoblash mashinalarining xalq xo‘jaligining turli soxalariga tadbiq qilingandan so‘ng yuz berdi. Yangi sifatli ATS larning yaratish uchun deyarli ikkita o‘n yillik, ulkan ijodiy izlanishlar va katta moliyaviy xarajatlar kerak bo‘ldi. Elektromexanik tizimlariga o‘xshash, metall kontaktlarni, elektron kontaktlarga almashtirish yuli bilan to‘liq elektron ATS yaratish yo‘nalishida birinchi qadamlar qo‘yilgan edi. Bu urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi, chunki so‘zlashuv traktlarining kommutatsiya maydonlarini tashkil etuvchi kontaktlarga teng kiymatli ekvivalenti topishga erishilmadi. Keyinchalik ATS ning yangi tizimlarini yaratish ikki yo‘l bilan ketdi. Birinchisi kvazielektron ATS larni ishlab chiqish. Bularda kommutatsiya maydon negizini katta tezlikda ishlaydigan relelarning yoki boshqa elektromagnit qurilmalarning metall kontaktlari tashkil etadi, elektron texnika esa boshqarish asboblarida ishlatiladi. Ikkinchi yo‘l bo‘lib to‘la elektron ATS / EATS larni ishlab chiqish bo‘ldi. EATS da kommutatsiya maydonlarni quyidagi turlarini farqlashadi: fazoviy turi, kanallarni chastota bo‘yicha ajratish va vaqt bo‘yicha ajratilgan so‘zlashuv traktlari tashkil etish tamoyili bo‘yicha. Bularga o‘xshash bo‘lib, elektromexanik kommutatsiya nuqtalar bilan maydon hisoblanadi, elektron kontaktlarning va bu kontaktlar orqali hosil qilingan so‘zlashuv trakti mukammal bo‘lmagani tufayli keng tarqalmadi. Kanallari chastotali ajratish (KCHA) ATSE dagi kommutatsiya maydon uzatish tizimining umumiy zanjirini xosil qildi, unda turli kiruvchi kanallardan tushayotgan chastotali modulyasiyalangan signallarning kommutatsiyalash amalga oshiriladi. KCHA tamoyili xam amaliyotda EATS kommutatsiya maydonlarini qurish uchun ishlatilmadi. Birok umumiy zanjirlar yordamida kommutatsiyalash g‘oyasi kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan EATS lar qurishda ishlatildi. Bunday EATS larda axborot turli manbalardan kommutatsiya maydonining umumiy zanjiriga uzluksiz emas, vaqt bo‘yicha ma’lum siljish bilan amplituda – modulyasiyalangan impulslar ketma – ketligi ko‘rinishida keladi. Impuls kanallari bo‘yicha nutq axborotini uzatish usuliga bog‘lik ravishda EATS ning ikki turiga ajratiladi: impulsli modulyasiyaning analogli usuli va raqamli usullari. Impulsli modulyasiyaning analog usullari (amplituda – impulsli modulyasiya AIM, kenglik impulsli modulyasiya KIM, vaqt – impulsli modulyasiya VIM), bilan ishlaydigan stansiyalar faqat maxsus belgilanishga ega aloqa tizimlarida qo‘llanishni topdi. Impulsli modulyasiyaning analogli usullariga xos nuqsonlar, axborot uzatishning shunday usullarini izlashga majbur qildiki, bunda u toza raqamli shaklda uzatish mumkin bo‘lsin. Bu muammoning echilish natijasi bo‘lib, impulsli modulyasiyaning raqamli usullari (impuls kodli IKM, delta modulyasiya DM va xokozo) bilan ishlaydigan EATS yaratish hisoblandi. Axborotni raqamli shaklda uzatish usullari integral aloqa tarmoqlarini yaratish uchun ishlatildi. Raqamli kommutatsiyaning nazariy asoslari XX asrning 30 – yillarida ifodalangan edi. Biroq, IKM li uzatish tizimlarini amaliyotda ishlatilishi esa faqat 50 – yillarning oxirida boshlandi, bu vaqtga kelib mikroelektron sxemalar yaratishda sezilarli taraqqiyotga erishilgan edi. Xozirgi kunga kelib IKM li uzatish tizimlari ko‘pgina mamlakatlarda keng ishlatilmoqda. Integral aloqa tarmoqlariga o‘tish kommutatsiya va kanal tashkil etuvchi uskunalarni qisqartirishga olib keladi, aloqa apparaturasini standartlashtirish va bir shaklga keltirishni ta’minlaydi, bu uskunani ishlab chiqarishda va uni ishlatishda sezilarli iqtisodiy samaradorlik olish imkonini beradi. Raqamli aloqa tarmoqlarining afzalliklari quyidagicha: - gurux tashkil etilishining oddiyligi; - signallashning oddiyligi; - zamonaviy texnologiyaning ishlatilishi; - uzatish va kommutatsiya tizimlarining integratsiyasi; - signal/shovqin nisbatining kichik qiymatlarida ishlashi mumkinligi; - boshqa xizmat turlariga moslashuvligi; - ishchi tavsiflarni nazoratlash mumkinligi; - axborotni maxfiylashtirishni engilligi. Raqamli tarmoqlarni qurilishi bo‘yicha bog‘lik bo‘lgan asosiy nuqsonlarni sanab o‘tamiz: - chastotalar yo‘lagini kengaytirish; - analog – raqamli va raqam – analogli o‘zgartirishlar zaruriyati; - vaqt bo‘yicha sinxronlashning zaruriyati; - gurux tashkil etishda topologik cheklanishlar; - mavjud analogli uskuna bilan birga bo‘la olmasligi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling