O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Individual loyiha..
1.2 Elektron hamyon
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo'lishi qoidalari”da bu savolga aniq- ravshan javob berilgan. YA'ni elektron hamyon — elektron pullarni saqlaydigan hamda internetdagi xaridlar va xizmatlar uchun haq to'lash, hatto pulni bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazish yoki naqd pul olish imkonini beruvchi dasturiy texnik qurilma. Uning ishlash tamoyili bank kartasiga o'xshaydi. elektron hamyonni tijorat banklarida naqd pul bilan bank kartalari (VISA, MasterCard, UzSard, Humo) yordamida osonlik bilan to'ldirish va dunyoning istalgan joyida u 12 orqali to'lovlarni amalga oshirish mumkin. To'lovlar bo'yicha cheklovlar deyarli mavjud emas. SHu o'rinda yana bir savol kelib chiqadi: agar bank kartasi mavjud bo'lsa, elektron hamyon nima uchun kerak? —Uning vositasida pulni turli valyutalarda saqlash imkoniyati mavjud, — deydi iqtisod fanlari nomzodi, ekspert Akrom eshnazarov. — Masalan, dunyoning turli mamlakatlarida to'lovlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelsa, elektron hamyon juda qo'l keladi. Sayohat qilganda ham juda qulay, chunki hamma mablag'laringizni smartfon orqali boshqarish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, har qanday bank kartasidan (so'm) mobil ilova orqali elektron hamyonni to'ldirish, tez va oson usulda xorijiy mamlakatdagi boshqa shaxsning hisobvarag'iga o'tkazish yoki tovar (xizmat)lar uchun to'lovni qulay valyutada amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda elektron hamyon internetda onlayn xaridlarni amalga oshiradigan, shu jumladan, frilanser, ya'ni o'zini o'zi band qilgan shaxslar (kopirayter, tarjimon, dizayner, dasturchi, duradgor, tikuvchi va hakozo) sifatida faoliyat yuritadiganlar uchun ham qulay vositaga aylangan. Ayni paytda ular yordamida mobil operatorlar, kommunal to'lovlar, televidenie va taksi xizmatlari uchun o'tkazmalarni amalga oshirish ham kengayib bormoqda. SHu o'rinda bir jihatga e'tibor qaratish joiz. Amaldagi tartib-qoidada elektron pul egasining identifikatsiya qilinmagan elektron hamyonida saqlanadigan elektron mablag'ning eng ko'p summasi 5 bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo'lgan qiymatdan, bitta operatsiyaning eng ko'p miqdori bir BHMga teng bo'lgan summadan oshmasligi belgilangan. SHuningdek, identifikatsiya qilingan elektron hamyonlar orqali bitta operatsiyaning eng ko'p summasi 100 BHMdigacha bo'lishi talab etiladi. Ma'lumotlarga e'tibor qaratsak, mamlakatimizda elektron hamyon egalari tomonidan o'tkazilgan tranzaktsiyalarning 94 foizi tadbirkorlik sub'ektlarining muayyan tovar, xizmat, ishlarga, qolgan qismi jismoniy shahslar hissasiga to'g'ri keladi 13 Dunyoda mobil qurilmalardagi elektron hamyonlar orqali to'lovlar yil sayin ommalashib bormoqda. Juniper Research ma'lumotlariga qaraganda, 2020 yil boshida 2,2 milliard aholi to'lovlarni amalga oshirish yoki pul yuborish maqsadida elektron hamyonlardan foydalangan. Uning uchdan ikki qismi Osiyo-Tinch okeani hududi aholisiga to'g'ri keladi. KRIPTOVALYUTA, BLOKCHEYN, MAYNING VA BOSHQA TIZIMLAR Elektron pullar haqida gap borganda, albatta, gap aylanib kriptovalyutalarga kelib taqaladi. Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda foydalanuvchilar sonining 10 foizga o'sishi yalpi ichki mahsulotning yillik o'sishini 1,4 foizgacha oshirishi mumkin. Binobarin, bugungi kunda dunyo kriptobozori taxminan 1,7 trillion dollarni tashkil qiladi. — Blokcheyn — bir vaqtning o'zida internet orqali ulangan bir qancha komp`yuterlarda saqlanadigan ma'lumotlar bazasi hisoblanadi. — deydi texnika fanlari doktori, professor Ravshan Ayupov. — Hozirda undan asosan kriptovalyuta jo'natmalari uchun foydalanilmoqda. Keyingi paytda u jahonning bir qancha mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham ko'plab sohalarda faol joriy etilmoqda. Masalan, er kadastrini yuritish, tibbiyotda ma'lumotlarni saqlash, davlat interaktiv xizmatlarini tashkil qilishda va hakozo. Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror ma'lumotni blokcheyn orqali jo'natgan bo'lsangiz, bunday o'tkazma haqida ma'lumotni o'zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo'q. Agar siz pullar yoki ma'lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo'qolib qolmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi va 2018 yil 2 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlarida belgilangan me'yorlar asosida mamlakatimizda kripto- aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat huquqiy tartibga solib kelinadi. Bu hujjatlarga 14 binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakolatli organ hisoblanadi. 2020 yil oxirida Markaziy Osiyoda birinchi kripto-birja O'zbekistonda ro'yxatga olindi va Koreya Respublikasining "KobeaGroup“ kompaniyasi ana shunday faoliyatni amalga oshirish uchun dastlabki litsenziya egasi bo'ldi. U “UzNEX” nomi ostida ish yuritadi. Mazkur bozorda milliy valyuta, kredit kartalari amal qiladi. O'zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy ta'minotga ega bo'lishi kerak. Bunday ta'minotga ega bo'lmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi. —Naqd valyutasiz jamiyat qurish yo'lida mamlakatlar o'rtasida o'ziga xos musobaqa avj olib bormoqda, — deydi iqtisod fandari doktori, professor Nodir Jumaev. — Bu bir tomondan, tezkor, sarf-xarajatlari past tranzaktsiyalarni amalga oshirish imkonini bersa, boshqa jihatdan, anonimlik va bekingan murakkabligi hisobiga noqonuniy faoliyatni moliyalashtirishda ishtirok etish xavfini kuchaytirmoqda. Kriptovalyutalarning yaratilishi, mayning jarayoni yuqori elektr-energiyani talab etadi va bu jarayonning energiya sig'imi borgan sari ortib boradi. Boshqacha aytganda, bitkoinni “qazib olish” oltinni qazib olishdan ham qimmatga tushishi mumkin. Kembridj universiteta olimlarining hisob-kitobiga ko'ra, hozirgi paytda bitkovin mayningi uchun dunyo bo'yicha yiliga 121,36 teravatt-soat elektr quvvati sarflanyapti. Bu Argentinы (121 TVt s.), Niderlaniya (108,8 TVt s.), Birlashgaan Arab Amirliklarp (113,2 TVt s.) yoki Norvegiya (121 TVt s.)ning yillik elektr energiya iste'moli bilan teng turadi. Bugungi kunda, bitkovinni “qazib olishga” jahonda hosil qilinayotgan elektr energiyaning atigi 0,56 foizi sarf qilinayotgan bo'lsa-da, biroq bu miqdor kripvalyutaga ehtiyojning jadal ortishi hisobiga yil sayin o'sib bormoqda. Yana bir tomondan, sanoat 4.0 inqilobiga o'tish jarayoni rivojlangan davlatlarda yuqori tus olyapti va yangi davrda an'anaviy pul hamda to'lov tizimlari samara 15 bermay qo'yadi. Buning natijasida moliyaviy vositachilarsiz, tezkor, ishonchli, shaffof to'lovlarni kafolatlaydigan blokcheynga asoslangan mutlaqo yangi to'lov tizimiga ehtiyoj ortadi. Elektron pullar tizimlari reyestri t/r Elektron pullar tizimi nomi Operator nomi Emitent nomi Elektron pullar chiqarish bo‘yicha faoliyati boshlangan sana . «OSON» "BRIO GROUP" MCHJ «Turkiston» XATB 16.06.2020 y. 2. < "INSPIRED" MCHJ ATB «Universal bank» 21.08.2020 y. 3. «CLICK» "CLICK" MCHJ «Agrobank» ATB 21.08.2020 y. 4. «WOOPPA Y» "WOOPPAY UZ" MCHJ «Kapitalbank» ATB 02.11.2020 y. 5. «alif.mobi» "ALIF TECH" MCHJ AT «Aloqabank» 02.11.2020 y. 6. «Interpay» "Interpay sys" MCHJ «Kapitalbank» ATB 28.07.2021 y. 16 7. «A-pay» "CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION" MCHJ «Bank Apelsin» AJ 01.07.2022 y. 8. «QIWI Uzbekistan» «Payment Aggregation Systems» MCHJ «Bank Apelsin» AJ 11.08.2022 y. 9. «1HLSW» "Genesis Innovation" MCHJ AT «Aloqabank» 17.11.2021 y. 0. «GlobalPay » "Global Solutions" MCHJ AT «Aloqabank» 17.11.2021 y. 1. «Payway» "Payway" MCHJ «Bank Apelsin» AJ 29.07.2022 y. 2. «Apelsin» "Bank Apelsin" AJ «Bank Apelsin» AJ 29.07.2022 y. 3. «ExMoney » "O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi" AJ «Trastbank» XAB 30.08.2022 y. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling