O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana28.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1134817
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Individual loyiha..

3.2 Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni 
5-rasm. Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni 
Shu o‘rinda e’tibor qaratish kerak, emitent elektron pullarni chiqarish bo‘yicha 
faoliyatini tugatadigan taqdirda, kamida o‘ttiz kun oldin Markaziy bankka mazkur 
belgilangan shaklda xabarnoma yuboradi va bu haqida o‘zining rasmiy veb-saytida 
e’lon qilishi, shuningdek, elektron pullar egalarini va elektron pullar tizimining 
boshqa sub’ektlarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron vositalar orqali 
mazkur faoliyatni tugatayotganligi haqida xabardor qilishi zarur. Agar emitent 
tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng elektron pullar egasi 
tomonidan murojaat qilinmagan taqdirda, ularning elektron hamyonidagi elektron 
pullari emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanadi. Emitent tomonidan majburiy 
ravishda qoplanganidan so‘ng elektron pullar egalari belgilangan tartibda shaxsini 
tasdiqlovchi hujjat yoki ularga oldindan yuborilgan kodli ma’lumotni taqdim etish 
orqali pul mablag‘larini olishlari mumkin. 
Shu bilan birga, hujjatda elektron pullar tizimida xavfsizlikni ta’minlash va 
risklarni boshqarish borasida ham emitent va operator tomonidan amalga oshirilishi 
zarur bo‘lgan chora-tadbirlar batafsil yoritilgan. 


39 
Umuman olganda, mamlakatimizda to‘lov xizmatlari bozorini kengaytirish 
orqali elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar 
(xizmatlar)ni internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish bo‘yicha zamonaviy 
mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining 
tovarlari va xizmatlarini sotish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish ko‘zda 
tutilgan. Shuningdek, to‘lov xizmatlari bozorida zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini 
shakllantirish orqali elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblangan jismoniy 
shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha 
qo‘shimcha imkoniyatlar hozirlanadi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bilan shartnoma 
imzolagan emitent tomonidan mazkur norezidentning chet el valyutasida 
nominallashtirilgan elektron pullarini ayirboshlash operatsiyalarining amalga 
oshirilishi natijasida mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul 
tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, elektron pullar tizimining yaratilishi va joriy etilishi 
innovatsion tizimli jarayon bo‘lib, hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT 
va texnologik echimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga 
oshirish imkonini beradi. Bunda aynan “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron 
pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” huquqiy asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Kriptovalyuta va elektron pullarning farqi. 


40 
Kriptovalyuta haqida gap ketganda, ko‘pchilik elektron pullar haqida 
tushunishini payqadik. Siz nima deb o‘ylaysiz? Kriptovalyuta bu – elektron pul 
turimi? Darhol javob beraman - yo‘q! Kriptovalyuta elektron pulning bir turi emas, 
balki virtual, ya’ni raqamli puldir. 
Keling, ushbu turdagi valyutalar o‘rtasidagi farq nimada ekanligini bilib olaylik: 
elektron pul, virtual pul va raqamli pul. Ko‘pincha insonlar bu atamalarni bir deb 
o‘ylaydilar . Muammo shundaki, odamlar kriptovalyuta elektron shaklda saqlansa, 
uni elektron pul deb atash mumkin deb o‘ylashadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, negaki 
elektron pul tartibga soluvchi asosga ega. 


41 
Xulosa 
Elektron pullar bugungi kunda global iqtisodiyotning oldinga yo'naltiruvchi 
dastagi va raqamli tijoratning “qon tomiri”ga aylangan. CHunki, bu tizim hisob-
kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy informatsion texnologiyalar va innovatsion 
echimlarga asoslangan holda, to'lovlarni tezkor va qulay bajarish imkonini beradi. 
Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, 
sun'iy intellekt, ulkan ma'lumotlar bilan ishlaydigan tahliliy tizimlar, robotlardan 
foydalanish ko'lamining ortishi mehnat resurslari uchun o'rinbosar bo'lib xizmat 
qiladi. Natijada biznes yuritish sharoitlari takomillashib va samaradorlik ortadi. 
Zero, Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy 
“drayver” sifatida belgilanib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishni ta'minlash, 
2026 yil yakuniga qadar iqtisodiyotning real sektori, moliya va bank sohalarida ishlab 
chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizga etkazish 
ko'zda tutilgan. Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravarga, ularning 
eksportini esa 10 baravar oshirish va 500 million AQSH dollariga etkazish 
rejalashtirilgan. Tabiiyki, bu maqsadlarga erishishda elektron pullar tizimini 
rivojlantirish ham muhim o'rin tutadi. 
Elektron pul (elektron pul) tizimida to‘lov raqamli valyuta ko‘rinishidagi 
mablag‘larni bir tomondan boshqasiga elektron vositalar orqali o‘tkazish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Bu mobil ilovalar, onlayn platformalar yoki elektron hamyonlar 
kabi turli kanallar orqali amalga oshirilishi mumkin. Mablag'lar elektron shaklda 
saqlanadi va xaridlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga o'tkazish uchun 
ishlatilishi mumkin. Elektron pul tizimlari ko'pincha foydalanuvchilardan hisob 
ochish va uni bank hisobi yoki kredit karta kabi moliyalashtirish manbasiga ulashni 
talab qiladi. Tranzaktsiyalar odatda real vaqt rejimida qayta ishlanadi va odatda 
xavfsiz va ulardan foydalanish oson. 


42 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 
1. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi
, T.: “O‘zbekiston”, 2010. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida”gi 
qonun, 
T.: 
“O‘zbekiston”, 
1995. 
3. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 
qonuni, 
T.: 
“O‘zbekiston”, 
1996. 
4. O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat banklarida 
foizlarni 
hisoblash
 
to‘g‘risida”gi Nizomi, Adliya Vazirligida 2004-yil 30-yanvarda 1306-son 
bilan 
ro‘yxatga 
olingan. 
5. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
tijorat 
banklarida 
buxgalteriya 
hisobi
 
hisobvaraqalari rejasi”, Adliya Vazirligida 2004-yil 13-avgustda 773-17- 
son 
bilan 
ro‘yxatga 
olingan. 
INTERNET SAYTLARI 
www.cbu.uz 
www.bank.uz 
www.banker.uz 
www.thebanker.com 
www.lex.uz 
www.infin.uz 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling