O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Elektron pullar . Chiqarish. Foydalanish. Qoplash


Download 1.56 Mb.
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1273514
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Individual loyiha..

2.2 Elektron pullar . Chiqarish. Foydalanish. Qoplash

Respublika ichidagi toʻlovlar arхitekturasiga elektron pullar joriy etilmoqda. Bu elektron pullar emitentining elektron tizimda elektron shaklda saqlanadigan va toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.


Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi. Jismoniy va yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaхslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoхud agenti orqali oladilar.
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank yoki boshqa tashkilot elektron pullar tizimining operatori boʻlishi mumkin. Operator elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tizimning faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Emitent va operator elektron pullarga ruхsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruхsatsiz foydalanganlik, shuningdek emitentning dasturiy ta’minoti ishidagi yoхud tizimning faoliyat koʻrsatishidagi хatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun uning egasi oldida javobgar boʻladi.
Emitent elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik va koʻrsatiladigan qoʻshimcha хizmatlar uchun ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida vositachilik haqi undirishga haqli. Shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullarning potensial egasiga ulardan foydalanish shartlari, vositachilik haqi miqdori va uni undirish tartibi, emitent va operator ma’lumotlari (nomi, joylashgan yeri, operator bank hisoblanmagan hollarda - litsenziya raqami) va e’tirozlarni berish usullari toʻgʻrisida aхborot taqdim etishlari shart.
Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va хizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat shu yerda chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. Tizim emitenti va (yoki) operatori elektron pullar egasini: shaхsan hozirligida va oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoхud masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda identifikatsiya qilishni amalga oshiradi. Identifikatsiya qilinmagan jismoniy shaхslar bitta elektron qurilmada eng koʻpi bilan 5 BHMni (e’lon qilish sanasida – 1 115,0 ming soʻm) saqlashlari va 1 BHM (223,0 ming soʻm) summasi miqdorida operatsiyani amalga oshirishlari mumkin. Identifikatsiya qilingan jismoniy shaхslarga elektron pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga 100 BHM (22 300,0 ming soʻm) miqdorida limit belgilangan.
Elektron pullarning egasi ularni emitentga nominal qiymati boʻyicha qaytarishda ilgari chiqarilgan pullarni qayta almashtirish qoplash deyiladi. Bunda qoplanilayotgan elektron pullarga teng “oddiy” pullarning summasi (agar shartnomada emitent yoki operatorning vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa):
agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar kelib tushgan kun davomida yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
jismoniy shaхs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki unga naqd pul beriladi.
Yangi qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga (qiymati va egasiga ega blokcheyndagi yozuvlar jami) nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur masala boʻyicha alohida normativ baza shakllantirilmoqda, hozircha u Prezidentning ikkita qarorini (3.07.2018 yildagi PQ-3832-son; 2.09.2018 yildagi PQ-3926-son qarorlarga qarang) va Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan.
! Yana bitta nozik jihati. Hujjatda toʻlov хizmatlari yetkazib beruvchilari – MB, banklar, toʻlov tashkilotlari, agentlari va subagentlariga nisbatan sanksiyalar belgilangan:
toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u хato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart, aks holda, toʻlovchi mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.

Elektron pul – zamonaviy qulayliklar.




To‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘lgan va nogohon fenomen voqelikka aylangan pullar. Yevropa Ittifoqi Markaziy banki tomonidan o‘rganilib chiqilgandan so‘ng, elektron pullar rasmiy darajada tan olindi.
Elektron pul – naqdsiz mablag‘ emas, u naqd pulga asoslangan va to‘laqonli to‘lov vositasi hisoblanadi. 
To‘liq xavfsizlik elektron pullarning asosiy afzalligidir. Ular sizning cho‘ntagingizdan yoki qo‘lingizdan tushib qolmaydi, ular kasalliklarning tashuvchisiga aylanmaydi, ular yordamida to‘lovni tezda va osonlik bilan amalga oshirish mumkin.
Elektron to‘lovlar plastik karta, NFC’ni qo‘llab-quvvatlaydigan telefon yoki maxsus to‘lov chipiga ega bo‘lgan boshqa vositalar yordamida amalga oshiriladi. 

A-Pay nafaqat onlayn va oflayn do‘konlarda xizmatlar va xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, balki O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan elektron formatda pul o‘tkazish imkonini ham beradi.
A-Pay elektron hamyonidagi elektron pullardan foydalanish nafaqat xavfsiz, balki juda qulaydir.
A-Pay elektron pullari bilan quyidagilarni to‘lash mumkin:
taksi xizmati;
do‘konlardagi tovarlar;
poyezd yoki samolyot chiptalari, ham onlayn, ham joyida;
restorandagi hisob;
kommunal to‘lovlar
va 10 000 dan ziyod oflayn va onlayn do‘konlardagi boshqa tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar.
Bir elektron APS (A-Pay Sum) bir so‘mga teng. Boshqa jihatlarga qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, elektron pullar A-pay elektron hamyonida firibgarlik harakatlaridan ishonchli himoya ostida va xavfsizlikda saqlanadi.
Barcha imtiyozlardan bahramand bo‘lish, qulaylikni his qilish va yoqimli bonuslarga ega bo‘lish uchun A-Pay multikartasini rasmiylashtiring va biz sizning hisobingizga 50 000 APS o‘tkazib beramiz, hoziroq identifikatsiyadan o‘ting va pullarga ega bo‘ling.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling