O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
Download 1.56 Mb.
|
Individual loyiha..
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TENOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI _____________________________FAKULTETI “______________________________” KAFEDRASI “ELEKTRON TIJORAT” YO’NALISH INDUVIDAL LOYIHA MAVZU; Elektron pul tushunchasi Bajardi; 011-19 guruh XUSANOV IKROM SHUXRAT O’g’li Ilmiy raxbar: Dildora Xakimjonova Komissiya a’zosi Toshkent – 2023
MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………...……….….. 4 I-Bob Elektron pullar …… …………………………………………………..……5 1.1 Elektron pullar paydo bo’lishi………………………………….… ….5 1.2 Elektron hamyon ………………………………….……… ………….7 II-Bob Elektron pullar tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari:…….……..20 2.1 Elektron pullar tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari …………..17 2.2 Elektron pullar . Chiqarish. Foydalanish. Qoplash…………….…… 26 III-Bob O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi…………………….31 3.1 Elektron pul tizimi sub’ektlari…………………………………………….32 3.2 Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni………………… 38 Xulosa………………………………………………………………...…….. 58 Foydalangan adabiyotlar ro`yhati…………………………………………… 62 Kirish
Onlayn bank tizimlari elektron pullar bilan operatsiyalarni osonlashtiradi va pulga oson, doimiy kirish imkonini beradi. Elektron pullar texnologik yechimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Umuman olganda, bu turdagi pullar naqd pulga elektron muqobildir. O‘zbekistonning “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, ularni chiqarish, foydalanish va qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi. Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020-yil 29-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, ularning muomalasini boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan. Elektron puldan qanday foydalansa bo‘ladi? Elektron pul kartalarda, qurilmalarda yoki serverda saqlanishi mumkin. U alohida valyuta emas va banklar tomonidan nazorat qilinadi. Bu turdagi pullar rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Dastavval elektron pul egasi identifikatsiyadan o‘tgandan keyin ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdorIning (BHM) 100 baravariga teng bo‘lgan summadan oshmasligi kerak. Identifikatsiyadan o‘tmagan mijozga ham elektron puldan foydalanish imkoniyati berilgan. Biroq bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p miqdori BHMning 1 baravaridan oshmasligi kerak. Elektron pulning asosiy afzalliklaridan biri bu — bankga borib bank hisobvaraqasini ochmasdan turib to‘lovni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi. Bundan tashqari pul mablag‘laridan tezkor ravishda foydalanish mumkin. Shuningdek, to‘lovlarni elektron pullar yordamida amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to‘lov vositalariga nisbatan arzondir. Elektron pullardan foydalanib mobil operatorlar uchun, kommunal, davlat xizmatlari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari bu turdagi pullar orqali xorijiy valyutada emissiya qilingan elektron pulni ayirboshlash imkoniyati mavjud. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling