O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni


Download 1.56 Mb.
bet8/8
Sana05.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1273514
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Individual loyiha..

3.2 Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni


5-rasm. Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni
Shu o‘rinda e’tibor qaratish kerak, emitent elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatini tugatadigan taqdirda, kamida o‘ttiz kun oldin Markaziy bankka mazkur belgilangan shaklda xabarnoma yuboradi va bu haqida o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilishi, shuningdek, elektron pullar egalarini va elektron pullar tizimining boshqa sub’ektlarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron vositalar orqali mazkur faoliyatni tugatayotganligi haqida xabardor qilishi zarur. Agar emitent tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng elektron pullar egasi tomonidan murojaat qilinmagan taqdirda, ularning elektron hamyonidagi elektron pullari emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanadi. Emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanganidan so‘ng elektron pullar egalari belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki ularga oldindan yuborilgan kodli ma’lumotni taqdim etish orqali pul mablag‘larini olishlari mumkin.
Shu bilan birga, hujjatda elektron pullar tizimida xavfsizlikni ta’minlash va risklarni boshqarish borasida ham emitent va operator tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar batafsil yoritilgan.
Umuman olganda, mamlakatimizda to‘lov xizmatlari bozorini kengaytirish orqali elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish bo‘yicha zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining tovarlari va xizmatlarini sotish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, to‘lov xizmatlari bozorida zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini shakllantirish orqali elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblangan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar hozirlanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bilan shartnoma imzolagan emitent tomonidan mazkur norezidentning chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarini ayirboshlash operatsiyalarining amalga oshirilishi natijasida mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, elektron pullar tizimining yaratilishi va joriy etilishi innovatsion tizimli jarayon bo‘lib, hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik echimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Bunda aynan “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kriptovalyuta va elektron pullarning farqi.

Kriptovalyuta haqida gap ketganda, ko‘pchilik elektron pullar haqida tushunishini payqadik. Siz nima deb o‘ylaysiz? Kriptovalyuta bu – elektron pul turimi? Darhol javob beraman - yo‘q! Kriptovalyuta elektron pulning bir turi emas, balki virtual, ya’ni raqamli puldir.
Keling, ushbu turdagi valyutalar o‘rtasidagi farq nimada ekanligini bilib olaylik: elektron pul, virtual pul va raqamli pul. Ko‘pincha insonlar bu atamalarni bir deb o‘ylaydilar . Muammo shundaki, odamlar kriptovalyuta elektron shaklda saqlansa, uni elektron pul deb atash mumkin deb o‘ylashadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, negaki elektron pul tartibga soluvchi asosga ega.

Xulosa
Elektron pullar bugungi kunda global iqtisodiyotning oldinga yo'naltiruvchi dastagi va raqamli tijoratning “qon tomiri”ga aylangan. CHunki, bu tizim hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy informatsion texnologiyalar va innovatsion echimlarga asoslangan holda, to'lovlarni tezkor va qulay bajarish imkonini beradi. Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun'iy intellekt, ulkan ma'lumotlar bilan ishlaydigan tahliliy tizimlar, robotlardan foydalanish ko'lamining ortishi mehnat resurslari uchun o'rinbosar bo'lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish sharoitlari takomillashib va samaradorlik ortadi.


Zero, Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy “drayver” sifatida belgilanib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishni ta'minlash, 2026 yil yakuniga qadar iqtisodiyotning real sektori, moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizga etkazish ko'zda tutilgan. Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravarga, ularning eksportini esa 10 baravar oshirish va 500 million AQSH dollariga etkazish rejalashtirilgan. Tabiiyki, bu maqsadlarga erishishda elektron pullar tizimini rivojlantirish ham muhim o'rin tutadi.
Elektron pul (elektron pul) tizimida to‘lov raqamli valyuta ko‘rinishidagi mablag‘larni bir tomondan boshqasiga elektron vositalar orqali o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu mobil ilovalar, onlayn platformalar yoki elektron hamyonlar kabi turli kanallar orqali amalga oshirilishi mumkin. Mablag'lar elektron shaklda saqlanadi va xaridlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga o'tkazish uchun ishlatilishi mumkin. Elektron pul tizimlari ko'pincha foydalanuvchilardan hisob ochish va uni bank hisobi yoki kredit karta kabi moliyalashtirish manbasiga ulashni talab qiladi. Tranzaktsiyalar odatda real vaqt rejimida qayta ishlanadi va odatda xavfsiz va ulardan foydalanish oson.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.: “O‘zbekiston”, 2010.
2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonun, T.: “O‘zbekiston”, 1995.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
qonuni, T.: “O‘zbekiston”, 1996.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash
to‘g‘risida”gi Nizomi, Adliya Vazirligida 2004-yil 30-yanvarda 1306-son
bilan ro‘yxatga olingan.
5. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi
hisobvaraqalari rejasi”, Adliya Vazirligida 2004-yil 13-avgustda 773-17-
son bilan ro‘yxatga olingan.
INTERNET SAYTLARI
www.cbu.uz
www.bank.uz
www.banker.uz
www.thebanker.com
www.lex.uz
www.infin.uz


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling