O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Download 1.56 Mb.
bet2/8
Sana05.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1273514
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Individual loyiha..

I-Bob Elektron pullar

    1. Elektron pullar paydo bo’lishi




Elektron pul nima?
Elektron pul (e-money) naqd pulga raqamli muqobildir. «Naqd pulga raqamli muqobil» bu pul qo‘shimcha konvertatsiya qilmasdan ham naqd, ham raqamli formatda bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Yevropa Markaziy banki ushbu pullarni elektron shaklda saqlanadigan va to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llanadigan pul qiymati sifatida belgilaydi. Ushbu pul qiymatini saqlash uchun ishlatiladigan texnologiyaga qarab, elektron pul turi apparat yoki dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lishi mumkin, masalan, to‘lov kartalari, virtual kartalar yoki to‘lov hisoblari. Elektron pulni faqat vakolatli muassasalar, masalan, banklar va elektron pul institutlari (EMI) chiqarishi mumkin - ularning barchasi elektron pul chiqarish uchun litsenziyaga ega.
Raqamli valyuta nima?
Raqamli valyuta - tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan raqamli pullar uchun umumiy atama. Pullar faqat raqamli shaklda mavjud va naqd pul bilan bog‘liq emas, bu esa o‘z navbatida raqamli valyuta ham elektron pul emasligini anglatadi. Raqamli valyutalar nomoddiydir va ularni muayyan tarmoqlarga ulangan kompyuter yoki elektron hamyon yordamida boshqarish mumkin xolos. Barcha kriptovalyutalar raqamli valyutalardir, ammo barcha raqamli valyutalar kriptovalyutalar emas. Elektron oltin va pulli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan boshqa raqamli valyutalar mavjud.
Virtual valyuta nima?
Virtual valyuta - bu faqat raqamli formatda mavjud bo‘lgan tartibga solinmagan raqamli valyuta. Pul qiymatining ushbu elektron ko‘rinishi to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin va uni amalga oshirish uchun sizga hamyon, mobil yoki veb-ilova kerak. Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs virtual valyutani elektron shaklda o‘tkazishi, saqlashi va savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq, virtual valyutalar qiymat yig‘indisi, hisob birligi yoki almashinuvni hisoblash uchun ishlatiladigan qiymat sifatida ishlatilmaydi. Virtual valyutaning rolini tushunish muhimdir. Ushbu turdagi valyutani belgilangan valyutaga almashtirib bo‘lmaydi va markaziy yoki boshqa bank organi tomonidan chiqarilmaydi. Bu shuni anglatadiki, bugungi kunda virtual valyuta tartibga solinmagan valyutadir, ammo bu vaqt masalasidir. Markaziy banklar va tartibga soluvchi organlar virtual valyutalarning yangi, tartibga solinadigan va rasman chiqarilgan turlarini (masalan, kriptovalyutalar) yaratish ustida faol ishlamoqda.
Kriptovalyuta nima?
Keling, xulosa qilaylik. Kriptovalyuta tartibga solinmagan virtual valyuta bo‘lib, kriptografik usullar bilan shifrlash orqali qalbakilashtirish va buzishdan himoyalangan. Kriptovalyuta kursi faqat bozordagi talab va taklifga bog‘liq. Kriptovalyuta ham raqamli valyutaning bir turi, ammo u elektron pul turi emas, chunki u hech qanday bank yoki elektron pul moliya instituti (EMI) tomonidan tartibga solinmagan yoki ishlab chiqarilmagan.
Raqamli yoki virtual valyuta sifatida ham tanilgan elektron pullar birinchi marta 1980-yillarda raqamli naqd pul tizimlari ko'rinishida paydo bo'lgan. Ushbu dastlabki tizimlar asosan yopiq tizimlarda, masalan, alohida kompaniyalar ichida yoki davlat idoralari o'rtasida moliyaviy operatsiyalar uchun ishlatilgan. Birinchi keng tarqalgan elektron pul tizimi 1989 yilda kompyuter olimi Devid Chaum tomonidan asos solingan DigiCash kompaniyasi edi.
Tadqiqotchilarning tahliliga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyoda XVII asr o'rtalariga kelib qimmatbaho metallarni qog'oz banknotalar siqib chiqarishga kirishgani, oradan uch yuz yil o'tib esa ular o'z o'rnini elektron pullarga bo'shatib bera boshlagani e'tiborni tortadi.
O'tgan asrning 70-yillari o'rtalarida birinchi marta karta orqali naqd pulsiz tranzaktsiya, ya'ni jo'natma qilinadi. Lekin bu elektron pul bo'lmay, faqat bank tizimi ichida o'zaro almashuv usuli edi. Dastlabki elektron pul o'tkazmasi 1994 yilda DigiCash to'lov tizimi orqali amerikalik olim-komp`yuterchi David Li CHaumning real pulni virtual valyutaga aylantirish g'oyasi asosida amalga oshirildi. Aslida ushbu tarixiy voqeelik, birinchi navbatda, Internetning keng qamrov kasb etishi va virtual pullarni saqlash hamda kommunikatsiya tizimi sifatida maydonga chiqishining mahsuli sifatida qaraladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, AQSHda 100 dollarlik bitta kupyurani chiqarishga atigi 14 tsent xarajat ketadi. YArim asr oldin pullarning qiymati oltin bilan mustahkamlangan bo'lsa, bugungi kunga kelib ular Markaziy banklarning aktivlari ta'minalanyapti. Naqdsiz pullar bilan bog'liq har bir tranzaktsiya bevosita biron bir moliya muassasi orqali amalga oshiriladi.
Alpari kompaniyasi ekspertlarining qayd etishicha, ayni kezda jahonda to'rtta pul turi hukmronlik qilyapti: naqd, naqdsiz, elektron va kriptovalyutalar. Hozirga kelib Er yuzi aholisining 30 foizidan kamrog'i naqd bankotalardan, qolgan qismi elektron pullardan foydalanmoqda. Bu ko'rsatkich, rivojlangan mamlakatlarda o'rtacha 10 foizni, jumladan, SHvetsiyada bir foizdan ham kamroqni tashkil etadi.
HUQUQIY ASOSLAR
Mamlakatimizda keyingi yillarda elektron tijoratning rivojlanishi, turli to'lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o'rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi chakana to'lovlar bo'yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to'lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion hamda jozibador vositalarning joriy etilishini taqozo etmoqda. elektron pullar ana shunday tizimlardan biri sifatida kundalik hayotimizda jadal kirib boryapti.
Qonunchilikka ko'ra, elektron pullar — mazkur pul emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda ushbu tizimda to'lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, elektron pullar bu to'lov vositasi bo'lib, emitentning majburiyatlaridir.
2019 yilda O'zbekiston Respublikasining “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, bunday pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo'yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi. Ushbu qonun asosida Markaziy bank “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo'lishi qoidalari”ni ishlab chiqdi, mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 2020 yilning 29 aprelida 3231-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
—Hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, ular muomalasi, mazkur tizimda xatarlarni boshqarish hamda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan, — deydi SHoira Rahimjonova.—Unda ushbu tizimga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko'p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to'langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
Qoidaga ko'ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to'lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub'ektlari sirasiga kiradi. Bunda uning ishlashini ta'minlaydigan bank yoki tegishli litsenziyaga ega bo'lgan to'lov tashkiloti mazkur tizimning operatori bo'lishi mumkin. emitent yoki emitent bo'lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat ko'rsata oladi.
Qayd etish joiz, emitent o'z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to'g'risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnomani, unga ilova sifatida operator bilan imzolangan shartnoma hamda tizim sub'ektlari bilan tuziladigan kelishuv hujjatlari namunalarini yuborishi zarur. Mamlakatimiz hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamizda chiqarilgan milliy valyutadagi elektron pullar qabul qilinishi belgilangan.
JO'NATMALAR HAJMI 4,4 BAROBAR O'SDI
2020 yil 16 iyunda "BRIO GROUP" to'lov tashkilotining “OSON” elektron pul tizimi Markaziy bank elektron pullar tizimi reestriga kiritildi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat bunga qadar uch yil davomida “OSON” to'lov tizimi va elektron hamyoni ustida ish olib bordi.
— “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi qonunning kuchga kirishi va Markaziy bank tomonidan “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pul chiqarish va muomalasi qoidalari”ning ishlab chiqilishi mazkur tarixiy voqeaning shakllanishiga o'z hissasini qo'shdi, — deydi "BRIO GROUP" MCHJ rahbari Farhod Mahmudov.—O'zbekistonda birinchilardan bo'lib joriy etilgan “OSON” elektron hamyoni foydalanuvchilarga to'lovlar va o'tkazmalarni amalga oshirish geografiyasini osonlik bilan kengaytirish, shu bilan birga, o'z pullarini elektron pullar tizimining eng past komissiyalarida tejab qolish imkonini bermoqda. YAngi tizim yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, onlayn-o'yinlar uchun to'lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
“OSON” elektron puli qabul qilishga nafaqat global, balki milliy servislarga ham ulangan. Bu elektron pulni nafaqat onlayn tarzda to'lashga, balki tizim kafe, restoran va do'konlarning egalariga naqdsiz to'lovlarni qabul qilish imkonini ham yaratmoqda. Xususan, 2021 yilning o'zida 23 milliard so'mlik qariyb 641 millionta tranzaktsiyalar elektron pullar orqali amalga oshirildi.
Markaziy bank to'lov xizmatlari bozoriga yangi ishtirokchilarning kirib kelishini ta'minlash orqali raqobatni kuchaytirishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. SHu maqsadda 2020-2021 yillarda Markaziy bank 35 dan ortiq yuridik shaxsga (Click, Oson, Payme va h.k.) to'lov tashkiloti hamda “Milliy banklararo protsessing markazi”, “YAgona umumrespublika protsessing markazi” va “Qulay pul” mas'uliyati cheklangan jamiyatlariga to'lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalar taqdim etildi.
2022 yilning 1 yanvar` holatiga Markaziy bank reestriga 10 ta elektron pul tizimi kiritilgan bo'lib, ularda ochilgan elektron hamyonlar soni 5 million donaga etdi. Tizim orqali amalga oshirilgan tranzaktsiyalar soni 2020 yilga nisbatan 4,4 baravarga oshib, 6,5 million donani, ular hajmi esa 8 baravarga o'sib, 170,7 milliard so'mni tashkil etdi.
—elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri bank hisobvarag'ini ochmasdan turib to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi, — deydi SHoira Rahimjonova. — SHuningdek, to'lovlarni amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to'lov vositalariga qaraganda arzonligi hisoblanadi. Ayni paytda undan foydalanib, xorijiy valyutada emissiya qilingan elektron pullarni ayirboshlash imkoniyati ham mavjud.
elektron pullar tushgan kun davomida, agar tadbirkorlik sub'ekti va emitent o'rtasida tuzilgan shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan bo'lsa, emitent tomonidan naqd pulsiz shakldagi so'mga aylantirish orqali ularni “qoplaydi”. Ushbu operatsiya natijasida xo'jalik yurituvchi sub'ekt (yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs) hisobvarag'iga uning nominal qiymatiga teng bo'lgan milliy valyutadagi mablag' kelib tushadi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling