O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari


Risklarning turlari va ularning turkumlanishi


Download 44.35 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi44.35 Kb.
#1050418
1   2   3   4
Bog'liq
Tashkilot risklarini baholash fani

2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi

  • 2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
  • Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud:
  • risklar xavf soluvchi obyektlar sinflari;
  • riskni yuzaga kelish sabablari;
  • risklarga ta’sir etish imkoniyati.
  • Risk obyektlarining kompleks sinflari:
  • ishchi kuchi;
  • mol-mulk;
  • sarmoya;
  • axborot.
  • Yuzaga kelish sabablaribo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
  • tabiiy hodisalardan kelib chiquvchi – suv toshqini, do‘l, yer qimirlashi, epidemiya va sh.k.;
  • ijtimoiy-jamoat muhitdan kelib chiquvchi – aldov, jinoyat, ko‘zda tutilmagan ziyon yetkazish;
  • texnikaviy muhitdan kelib chiquvchi – texnikaviy vositaning ishdan chiqishi;
  • xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiyotning holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan - inflyatsiya, bozor kon’yunkturasi, bank foizi, valyuta kurslari va b.
  • Riskka ta’sir etish imkoniyatibo‘yicha:
  • ekzogen (tashqi) risklar, ularga ta’sir etish qaror qabul qiluvchi shaxs ta’siri ostiga tushmaydi va risklarni amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlarni, oqibatlarini kamayishi bilan cheklanadi;
  • endogen (ichki) risklar, qaror qabul qiluvchi shaxs ta’sir doirasida bo‘ladi, qaysiki ular uchun risklarni yuzaga kelish ehtimolligi kamayadi va ayrim hollarda butunlay bo‘lmaydi. Iqtisodiy muhitlar uchun xos bo‘lgan risklarning tasnifiy tizimi o‘z tarkibiga guruhlar, toyifalar, turlar, kichik turlar va xillarni oladi. Ularning chizmali ko‘rinishi 1-rasmda aks ettirilgan.
  • Daromadlilikni pasayish riskiquyidagi xillardan iborat:
  • ♦ foiz risklari – tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi yo‘qotishlar xavfi.
  • ♦ kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni to‘lanmaslik xavfi. Shuningdek kredit risklariga qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqargan emitentning ular bo‘yicha foizlarni yoki asosiy qarz summasini to‘lay olmaslik holatiga kelib qolish riski ham kiradi.
  • Kredit bevosita yo‘qotishlar risklariga bo‘linishi mumkin Bevosita moliyaviy risklar quyidagi xillarga bo‘linishi mumkin: birja riski, selektiv risk, bankrotlik riski hamda kredit riski.

Download 44.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling