- 3. Risklarni boshqarish va sug‘urta
- Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq. Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi. Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud (2-rasm):
- * risk obyektining tahlili;
- * riskni aniqlash;
- * riskni baholash;
- * riskka ta’sir etish usullarini aniqlash;
- * qaror qabul qilish;
- * riskka bevosita ta’sir o‘tkazish;
- * boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish.
- Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi. Riskni aniqlash bosqichi obyektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi.
Xulosa: - Xulosa:
- Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat dotatsiyalarini olish va b. kiradi. Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida vazifalarni aniqlash va taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar bilan maslahatlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |