Drayver - maxsus dastur bo’lib, u xotira va EHM tashqi qurilmalarining ishini boshqaradi va MP, asosiy xotira va EHM ning tashqi qurilmalari orasidagi axborot almashinuvini tashkil etadi.
Standart xotira (CMA - Conrentional Memory Area) deb O dan 640 Kbaytgacha oraliqdagi bevosita adreslanadigan xotiraga aytiladi.
64 K dan 1024 K gacha adreslar diapazonidagi bevosita adreslanadigan xotira yuqori xotira (UMA - Upper Memory Area) deb ataladi. Yuqori xotira displey (videoxotira) va doimiy eslab qolish qurilmasi xotirasi uchun rezerv qilib qo’yilgan. Lekin odatda yuqori xotirada bo’sh uchastkalar - xotirani boshqarish dasturlari yordamida (drayverlar) umumiy vazifali tezkor xotira sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan «oynalar» qoladi.
Kengaytirilgan xotira - bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir.
Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud:
- XMS spetsifikasiyasi (u holda bu xotirani XMA - extended Memory Area deb ataladi) bo’yicha;
- EMS spetsifikasiyasi bo’yicha (xotirani EM - Expanded Memory deb ataladi).
Kengaytirilgan xotira asosan qiymatlarni va OT ni ba’zi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ko’pincha kengaytirilgan xotirani virtual (elektron) disklarni tashkil etish uchun ishlatiladi.
Xotiraning 1024 K dan 1087 K gacha adresli uncha katta bo’lmagan 64 kilobaytli soxasi bundan mustasnodir (yuqori xotira deb ataladi, ba’zida uni katta xotira deyiladi; HMA - High Memory Area), masalan, u bevosita drayverni ishlatishda ham adreslanishi mumkin.
HMA istalgan ma’lumotni, shu jumladan foydalanuvchi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |