O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Labaratoriya ish
KIF-104-19-guruh Bajardi:Abduxamidov.D Tekshirdi: Primova.X
Mavzu::Knopka bosib turilganda svetadiod yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin. - Raqamli signallar ikkilik sanoq sistemasida ishlaydi ( 0 va 1), signal bor bo’lsa 1 , yo’q bo’lsa 0 qiymatga ega bo’ladi. Qachonki , button bosilsa (2-rasm), arduinoning ikkinchi oyog’iga kiruvchi kuchlanish 5V ga teng bo’ladi , ya’ni kiruvchi signal birga teng bo’ladi. Agar button bosilmasa , bu oyoqqa kiruvchi kuchlanish nolga teng, ya’ni kiruvchi signal nolga teng.
- Shu o’rinda bir savol tug’iladi, buttonning arduinoga ulanish sxemasida GND va unga ulangan qarshilikning vazifasi nima? Zanjir(sxema)ni bu tarzda yig’sak bo’lmasmidi?
Ya’ni GND va rezistorni ishlatmasdan faqat 5V ni button orqali arduinoning INPUT oyog’iga ulasak bo’lmasmidi? Tugmani bosganimizda zanjir ulanib INPUT oyoqqa kiruvchi signal 1ga , bosmaganimizda zanjir uzilib kiruvchi signal 0 ga teng bo’lmasmidi , degan savol tug’iladi. Haqiqatdan ham knopka bosilganda kiruvchi signal 1 ga teng bo’ladi. Lekin bosmaganimizda har doim kiruvchi signal 0 ga teng bo’lmaydi. Kiruvchi oyoqda kichik kuchlanish paydo bo’lsa yoki kichik magnit maydon ta’sir qilsa , bu oyoqqa kiruvchi 1 signal hosil bo’ladi. Shuning uchun GND ga ulanadi va knopka bosilmaganda kiruvchi signal doimo 0 ga teng bo’lib turadi. Ana endi GND ga rezistor ulanishiga sabab shundan iboratki, agar GND ni rezistorsiz ulasak knopka bosilganda qisqa tutashuv yuz beradi , ya’ni “+” va” –“ lar bir – biriga ulanib qoladi va natijada arduino kuyib qolishi mumkin. Uning vazifasi shu qisqa tutashuvni oldini olish. Bu rezistorning qiymati odatda 1-10 kom bo’ladi. Demak, knopkani bosganimizda kiruvchi signal 1 qiymatga , bosmaganimizda 0 ga teng bo’ladi. Endi esa dasturiy qismga o’tamiz: - Endi esa dasturiy qismga o’tamiz:
- Biz 1-darsimizda svetodiodlarni yoqib-o’chirishimda arduinoning svetodiodga ulanadigan oyoqlarini OUTPUT qilgan edik. Chunki ular yonishi uchun bu oyoqlardan signal chiquvchi bo’lishi kerak. Bu mavzuyimizda esa button ulangan oyoqdan signal qabul qilinishi kerak. Demak, bu oyoqni INPUT(kirish) qilish kerak.
- Bu kirib kelayotgan signalni raqamli o’qishi kerak va natijani monitor portga chiqarish kerak. Natijada tugma bosilgan yoki bosilmaganligi haqidagi ma’lumotni monitorda ham ko’rib turish imkoniga ega bolamiz.
Knopka bosib turilganda 3ta svetodiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin.
Tugma bosib turilganda monitor portda o’sish tartibida sanash boshlansin (0,1,2,3,4,……), bosilmaganda kamayish tartibida(4,3,2,….).
Endi esa bir nechta knopkalar bilan ishlashni o’rgansak: Ikkita knopkani arduinoga ulang va knopkaning birinchisi bosilganda birinchi svetodiod ikkinchi knopkani bosganimizda ikkinchi svetodiod yonsin , bosilmaganda ular o’chiq tursin.
Do'stlaringiz bilan baham: |