Ko'paytirish qoidasi. Agar A ob’ekt n ta usul bilan tanlanishi mumkin bo‘lsa va
har bir bunday tanlashlardan keyin B ob’ekt o‘z navbatida m ta usul bilan tanlanishi mumkin bo‘lsa, u holda "A va B " ko‘rsatilgan tartibda n *m usul bilan tanlanishi mumkin. Qo‘shish qoidasi. Agar A ob’ekt m ta usul bilan tanlanishi, B ob’ekt esa boshqa n
ta usul bilan tanlanishi hamda bir paytda A va B larni tanlash mumkin bo‘lmasa, u holda "A yoki B " ni tanlash m + n usul bilan amalga oshirilishi mumkin.
2-misol. Ikkita o‘yinchoq kub ( har biri olti yoqli) tashlanayapti. Nechta usul bilan
shunday tushirish mumkinki, har bir yog‘ida juft sondagi ochkolar, yoki har bir
yog‘ida toq sondagi ochkolar tushsin.
Yechish. A - har bir kubning juft sondagi ochkolar tushishlari soni, B - har bir
kubning toq sondagi ochkolar tushishlari soni. U holda qo‘shish qoidasiga ko‘ra qidirilayotgan son A + B ga teng. C - birinchi kubning juft sondagi ochkolar tushishlari soni, D esa ikkinchi kubning juft sondagi ochkolar tushishlari soni. Tushunarliki, C = D = 3, ko’paytirish qoidasiga ko’ra A = C * D = 9. Shunga o‘xshash, B = 9, qidirilayotgan son esa 18.
Do'stlaringiz bilan baham: |