Masshtablashtirish. Yirik masshtabli tarmoqlar oson rivojlanish imkoniga ega bo’lishi kerak.
Ochiqlik. Internet tarmog’i ochiq tizim prinsipiga asoslangan.
ATM texnologiyasi ma‘lumotlar uzatishni turli texnologiyalari qo’llanilgan tuzilishli tarmoqlarni birlashtirish masalasini yetarli darajada samarali yechish imkoniga ega. Telekommunikatsiyaning barcha operatorlari bu texnologiyani qo’llaydi va multiservisli tarmoqni yaratishda asosiy raqobat ATM va MPLS texnologiyalari orasidadir.
ATM texnologiyasida qayd etilgan o’lchamdagi (53 bayt) paketlar qo’llaniladi. Xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash faqat sarlavhada amalga oshiriladi. Axborotli yacheyka ichidagi uchun xech qanday tekshirish va qayta tiklash bajarilmaydi va ulanishga mo’ljallangan axborot uzatish qo’llaniladi. ATMni amalga oshirish odatda qurilmali ta‘minot yordamida amalga oshiriladi. Buning hammasi multipleksorlash bilan birgalikda kechikish vaqtini kamaytiradi, bu esa real vaqtdagi trafikni uzatishda zarurdir.
ATM texnologiyasi, trafikni boshqarish usullarini va xizmat ko’rsatish sifati mexanizmlarini taqdim etadi. Bu shuni bildiradiki, ATM tarmoqlarida o’tkazish qobiliyatini talab etilgan qiymatini kafolatlaydigan resurslarni, uzatishni kechikishi va yacheykalar yo’qolish sathini zahiralashi mumkin
6-rasm. ATM texnologiyasining ko’rinishi
Yacheykaning standart tuzilishi 7-rasmda keltirilgan. ITU standartiga binoan ATM yacheykasining uzunligi 53 baytni tashkil etadi. Yacheykaning sarlavhasi va foydali yuklama maydoni mos holda 5 va 48 baytdan iborat. Bundan tashqari foydali yuklama maydonida birdan ikki baytgacha uzunlikdagi katta bo’lmagan sarlavha bo’lishi mumkin. Foydali yuklama blokidagi foydalanuvchining ma‘lumoti segmentatsiya deyiladi. Foydali yuklama blokiga sarlavhani qo’shilishi inkapsulyatsiya jarayoni sifatida aniqlangan.
7-rasm. ATM yacheykasining tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |