O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari ba kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 176.62 Kb.
bet3/3
Sana30.11.2020
Hajmi176.62 Kb.
#155897
1   2   3
Bog'liq
Elektronika 9-lab 221120111343485

Xulosa:


=105.4

Ushbu laboratoriya ishini bajarishda quyidagi xulosalarga keldik:


  1. Yarimo’tkazgichli stabilitron yoki Zener diodi manbaga teskari ulanganda kuchlanishni barqaror (stabil) holatga keltirib beradi. Tajriba natijasidan ko’rish mumkinki, manbadagi kuchlanish(E) 9 Voltdan 26 Voltgacha o’zgargan vaqtda, stabilitrondagi kuchlanish 8.9-9.1V oralig’ida bo’ladi. Stabilitronning bu xususiyatidan EYUK sining qiymati keskin o’zgaradigan manbalarga ulangan zanjirlarda kuchlanishni bir me’yorda ushlab turishda foydalanish mumkin.

  2. Stabilitron koeffitsiyenti (KSTAB) ning qiymati qancha katta bo’lsa, EYUK ning o’zgarishi stabilitrondagi kuchlanish o’zgarishiga shuncha kam ta’sir qiladi.

Nazorat savollari:

  1. p-n o’tishdagi asosiy teshilish turlarini ayting.

  2. Stabilitronlarda qaysi teshilish turlari qo’llaniladi?

  3. Stabilitron VAX sini chizing. Uning shaklining turli qismlari qaysi fizik jarayonlar orqali ifodalanadi?

  4. Stabilitronning asosiy elektr parametrlarini ayting va ularning fizik ma’nosini tushuntiring.

  1. Nima uchun stabilitronlarni tayyorlashda dastlabki material sifatida germaniy emas kremniy qo’llaniladi?

  2. Stabilitron tokining yuqori qiymati cheklanishiga qanday omil sabab bo’ladi?

  3. Stabilitron VAXsini o’lchash sxemasini chizing.

Javoblar:


  1. p-n o’tishda teskari ulangan kuchlanish ma’lum chegaraviy qiymatga yetganda teskari tok keskin ortib ketishi eletr teshilishi hodisasi deyiladi. O’tishning teshilishi ikki guruhga bo’linadi: elektr va issiqlik teshilishi. Elektr teshilishi ikki xil bo’ladi: ko’chkisimon va tunnel teshilish. Ko’chkisimon teshilish p-n o’tish sohasi kengroq bo’lganda, tunnel teshilish esa tor p-n o’tish sohasida hosil bo’ladi. Ko’chkisimon teshilishda elektron va kovaklarning zarba ionizatsiyasi tufayli qo’shimcha elektronlar va kovaklar paydo bo’ladi va hosil bo’lgan zarralar yana boshqa zaryadlarni hosil qiladi. Tunnel teshilishda esa tor p-n o’tishda zaryad tashuvchilar bir sohadan ikkinchisiga energiya sarflamasdan o’tish imkoniga ega bo’ladi. Issiqlik teshilishi teskari tok natijasida p-n o’tishning qizishi natijasida o’tkazuvchanlikning oshishi hisobiga bo’ladi.

  2. Stabilitronda elektr teshilishi hodisasidan foydalaniladi. Stabilitron teskari ulanganda unda teshilish bo’lguniga qadar deyarli tok o’tmaydi, va ko’chkisimon yoki tunnel (yoki ikkalasi ham) teshilish sodir bo’lganidan so’ng diodning qarshiligi teskari tok kuchining qiymatiga qarab o’zgarib boradi va kuchlanishni stabil saqlaydi.

3.


Ushbu chizmada tunnel teshilish (qizil rang) va ko’chkisimon teshilishga asoslanga stabilitronlarning Volt-Amper xarakteristikasi ko’rsatilgan. Grafik Dekart koordinatasining 3-choragida joylashgan. Teshilishga qadar bo’lgan qismda kuchlanish ortishi bilan tok kuchi deyarli o’zgarmaydi. Teshilishdan so’ng esa kuchlanish deyarli o’zgarmaydi.



  1. Stabilitronning asosiy parametrlari:

  • ishchi toklar diapozoni: stabilizatsiyaning minimal toki va maksimal ruxsat etilgan tok kuchi. Agar stabilitronga ulangan manbaning tok kuchi minimal tok kuchidan kichik bo’lsa teshilish hodisasi sodir bo’lmaydi va tok deyarli o’tmaydi. Agar tok maksimal tokdan katta bo’lsa issiqlik teshilishi tufayli stabilizator yaroqsiz holatga keladi.

  • maksimal quvvat

  1. Kremniy uchun issiqlik teshilishi temperaturasi germaniyning issiqlik teshilishi temperaturasidan yuqoriroq. Agar germaniydan foydalanilganda nisbatan kichik kuchlanishlarda ham issiqlik teshilishi tufayli stabilitron ishdan chiqishi mumkin.

  2. Stabilitronning yuqori qiymati chegarasining sababi issiqlik teshilishidir. Issiqlik teshilishi – dioddan o’tadigan teskari tokning issiqlik ta’siri natijasida p-n o’tish sohasining o’tkazuvchanligi ortib ketib teshilishidir. Shuning uchun katta quvvatli stabilitronlarda maxsus sovutish sistemalari ishlatiladi.

  3. Stabilitron VAX sini o’lchash sxemasi 9.1-rasmda ko’rsatilgandagi kabi bo’ladi.



Download 176.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling