Aqliy hujum metodining bosqichlari:
Ta‘lim oluvchilarda savol tashlanadi va ulardan ushbu savol bo´yicha o‘z javoblari (fikr, goya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
Ta‘lim oluvchilar savol bo´yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi va jamlab boriladi.
Fikr-g´oyalar ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlanadi.
Yo‘qorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. “Aqliy hujum” metodining afzalliklari
natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi;
ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi;
ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi;
ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi. Aqliy hujum metodining kamchiliklari:
ta`lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘yishning qiyinligi;
ta`lim beruvchidan yuqori eshitish qobiliyatining talab etilishi.
Aqliy hujum usulidan foydalanilganda, odatda mashg'ulot ikki bosqichdan iborat bo'ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi (aqliy hujum”ning o'zi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda
16
yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o'rtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Aqliy hujumning birinchi bosqichini o'tkazishga oid tavsiyalar: Muammoning aniq va ravshan qo'yish lozim!
Aqliy hujum o'tkazish uchun asos bo'lgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qog'ozga (yoki doakaga, o'quv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi ko'rinadigan joyga osib qo'ygan ma'qul.
Aqliy hujum - bitta muammo! - har bir aqliy hujum faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan bo'lishi kerak. 9 Shartlashuv - aqliy hujumni o'tkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq - ravshan, tushunarli bo'lishi kerak. Shartlar asosida mashg'ulotni o'tkazish tartib - qoidalari tuziladi va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga ko'rinadigan joyga yozib qo'yish lozim. Demokratiya - aqliy hujumga hamma teng huquqli ishtirok etadi.
Aqliy hujum vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot loritishni ta'minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.
Maqsad: mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashdan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni yengishdir. Natija:Internet texnologiyalaridagi funksiyalar bo’yicha fikralar bildirish xamma g’oyalarni yig’ish.
Do'stlaringiz bilan baham: |