O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanshtirish vazirligi


O‘rganish va qo‘llashning soddaligi


Download 274.71 Kb.
bet4/14
Sana31.01.2024
Hajmi274.71 Kb.
#1831340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Abdurauf Ahmadjonov

O‘rganish va qo‘llashning soddaligi. Python sodda va qulay dasturlash tili bo‘lib, boshqa dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Mukammal kutubxonaning mavjudligi. Pythonda dastur tuzish jarayonida kutubxonadagi tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin. Bu esa murakkab dasturlarni ham qisqa vaqtda tuzish imkonini beradi.
Mashhur firmalarning ushbu dasturdan foydalanishi. Python mukammal dastur bo‘lganligi sababli, bugungi kunda Google, NASA va Pixar kabi firmalar o‘z dasturlarini tuzishda undan foydalanishadi.
Python interpretatori bepul o‘rnatiladi. Ushbu dasturni yuklab olib, kerakli ilovalari bilan bepul ishlatish mumkin.
Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas. Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi. Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til. 
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xohlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi. Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega. 

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uning chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari orasida eng yaxshisidir.
Pythonning imkoniyatlaridan biri va boshqa dasturlash tillaridan farqi shundaki, unda o`zgaruvchilarni e`lon qilishning hojati yo`q. Foydalanmoqchi bo`lgan o`zgaruvchimizga to`g`ridan to`g`ri nom va qiymat berib ketishimiz mumkin. O`zgaruvchining qaysi tipda ekanligini Pythonning o`zi aniqlab oladi.
Bizga ma`lum ko`plab dasturlash tillari kabi Python ham yuqori darajadagi dasturlash tili hisoblanadi. Yuqori darajadagi dasturlash tillarining imkoniyatlaridan eng asosiysi bu – kompyuter tushunadigan tilning inson tiliga yaqin bo`lishidir. Pythonda esa bu o`xshashlik juda katta. Shuning uchun ham Python dasturlash tilini o`rganish oson hisoblanadi.
Python interpritatorida dasturni kompilyatsiya qilish ham boshqa dasturlash tillaridan farq qiladi. Misol uchun C++ dasturlash tilida kompilyator dasturni to`liq qarab chiqadi va barcha xatolarni aniqlab beradi. Python kompilyatori esa dasturimizni tepadan pastga qarab qatorlab ishga tushiradi va xatolik aniqlansa o`sha qatorda dastur ishlashini to`xtatib, xatolikni aniqlab beradi. Bu esa dasturda xatoliklarni to`g`rilashni va dasturning ishlashini bir muncha osonlashtiradi hamda tezlashtiradi.
Python interpritatorining yana bir muhim imkoniyatlaridan biri bu – boshqa dasturlash tillarida algoritmda ishlatiladigan funksiya va protseduralarni bir-biridan ajratish uchun ishlatiladigan nuqtali verguldan(;) voz kechilgani. Ya`ni:

Download 274.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling