O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi optik aloqa tizimlari


Download 78.83 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi78.83 Kb.
#1003543
  1   2   3   4
Bog'liq
13-Ma\'ruza OAT

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI KAFEDRASI OPTIK ALOQA TIZIMLARI FANIDAN  


Reja: 1. Sinxron raqamli ierarxiyaning (SDH) tolali optik aloqa tizimlari. SDH ning afzalliklari. 2. Sinxron raqamli ierarxiya tizimlari. 3. SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli ierarxiya oqimlarining shakllanishi.
13- Ma'ruza: Sinxron raqamli ierarxiyaning (SDH) tolali optik aloqa tizimlari
SONET/SDH sinxron raqamli texnologiyalar paydo bo'lgunga qadar yaratilgan va qayta ishlangan raqamli texnologiyalar asinxron edi. Chunki ularda markaziy tayanch manbadan tashqi sinxronizasiyalanish qo'llanilmas edi. Ularda bitlarning yo'qolishi nafaqat axborotlarning yo'qolishiga, balki sinxronizasiyaning buzilishiga ham olib kelardi.
Afzalliklari: *tarmoqning soddaligi *tarmoqning ishonchliligi va o'zini qayta tiklashi *moslashuvchan tarmoq boshqaruvi *talab bo'yicha o'tkazuvchanlik polosasini ajratish *qo'llashning universalligi *quvvatni oshirishning soddaligi
Sinxron raqamli ierarxiyaning (SDH) tolali optik aloqa tizimlari. SDH ning afzalliklari
Sinxron raqamli ierarxiya (SDH)ning tuzilish xususiyatlari 1-xususiyati, SDH tizimlarining uzatish tezligi, Evropa va Amerika PDH ierarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5; 2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/s li terminal multipleksorlar (TM) va kirish-chiqishli multipleksorlar (KChM) orqali tashkil qilinadi. 2-xususiyati, SDH triblari o'lchami PDH ierarxiyasining triblari satxi bilan aniqlanadigan, belgilangan standart konteynerlarda joylashgan bo'lishi zarur. 3-xususiyati, bunda virtual konteyner xolatini qayta ishlashni sinxronlashtirish dalillari orasidagi qarama-qarshilik va maydon ichidagi kerakli yuklamaga ega bo'lgan konteyner xolatining mumkin bo'lgan o'zgarishini, ko'rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin.
4-xususiyati, bitta satxdagi bir necha konteynerlar, shu joyning o'zida ulanishi mumkin va nosandart zarur yuklamani joylashtirish uchun qo'llanadigan bitta uzluksiz konteyner sifatida qaraladi. 5-xususiyati, bunda 9•9=81 bayt o'lchamli aloxida sarlavxa maydonining shakllanishi (lokal tarmoqlarda paketlarni qayta ishlash me'yori).

Download 78.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling