O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali


Download 28.5 Kb.
Sana30.11.2019
Hajmi28.5 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistentlari S.I.Karimov va D.B.Sotvoldiyeva tomonidan “Operatsion tizimlar” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun tayyorlangan o’quv-uslubiy ko’rsatmasiga



TAQRIZ

Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabhalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko’payib bormoqdaki, bunda ikki qarama- qarshi tendentsiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ulami qo’llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomonda, foydalanuvchilaming kofipyuterlar bilan muloqoti soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo’lmagan insonlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda.

Quyidagi uslubiy qo’llanma “operatsion tizimlar” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish uchun tayyorlangan bo’lib, operatsion tizimni o’rnatish va boshqarish Windows, Linux operatsion tizimlari misolida ko’rsatib berilgan. Bu uslubiy qo’llanma Kompyuter injiniringi (AT-servisi, Kompyuter injiniringi)va Dasturiy injiniring yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib talabalarni operatsion tizim muammolari va masalalari haqida va ularning bir biridan farqi, mavzusi yuzasidan bilimlarini oshirishda bir vosita bo'lib xizmat qila oladi.

Ushbu uslubiy qo’llanma o’zida 18 ta laboratoriya ishlarni jamlagan. Har bir mavzuda laboratoriya ishining maqsadi, zaruriy vositalar, va har bir mavzu uchun nazariy ma’lumotlar, shu bilan bir qatorda har bir mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar keltirib o’tilgan. Davlat ta’limi standartiga va fan bo’yicha namunaviy hamda ishchi o’quv dasturlarga to’laqonli mos keladi.


Taqrizchi: TATU FF Axborot texnologiyalari

kafedrasi katta o’qituvchisi

A.Xoitqulov

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling