O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Download 73.87 Kb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi73.87 Kb.
#1020264
1   2   3   4   5   6   7   8
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Global tarmoqlar
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko’pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, ko’p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi so’zlashuvchi uzatishga qodir bo’lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko’p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko’rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o’nlab va yuzlab so’zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo’lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya’ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi. Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan. Lekin 80-yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo’ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha.

Download 73.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling