O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy ishi-2


To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOA tizimlarining tuzilish sxemasi qanday tuzilgan?


Download 67.05 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2023
Hajmi67.05 Kb.
#1089148
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy topshiriq tarmoq

2.To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOA tizimlarining tuzilish sxemasi qanday tuzilgan?


Optik tashuvchilarni birlashtirish va ajratish uchun turli optik spektral qurilmalar optik multipleksor va demultipleksorlar qo‘llanilishi mumkin. Ularning ishi fizik optikaning dispersiya, difraksiya va interferensiya xodisalariga asoslangan. Optik multipleksor va demultipleksorlar optik prizma, ko‘p qatlamli dielektrik, difraksion panjara asosida tuzilishlari mumkin.


3. Ikki tolali, bir polosali, bir kabelli TOA tizimining tuzilish sxemasini tushuntiring.
Ikki tomonlama tolali optik aloqani tashkil etishning quyidagi usullari mavjud:
- ikki tolali bir polosali bir kabeli (to‘rt o‘tkazgichli bir polosali bir kabelli);
- bir tolali bir polosali bir kabelli (ikki o‘tkazgichli bir polosali bir kabelli);
- bir tolali ko‘p polosali bir kabeli yoki to’lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar. Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi

Har bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun TOA ning uzatish va qabul qilish traktlari bitta kabel bo‘ylab tashkil etiladi, ya’ni TOA bir kabelli hisoblanadi. Shu tarzda, berilgan optik liniya traktini tashkil etish sxemasi ikki tolali bir polosali bir kabelli hisoblanadi.


Ushbu aloqa tashkil etish sxemasining afzalligi bu oxirgi va oraliq stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir turdaligidir. Kamchiligi esa optik tola (OT)ning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffisienti juda kichik.
Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi informasiyani uzatish hisobiga uning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola (OT) bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.



Download 67.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling