O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyarini rivojlantirish vazirligi


Download 229.24 Kb.
bet5/6
Sana28.01.2023
Hajmi229.24 Kb.
#1135109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

Laboratoriya ishi





    1. Ekspluatatsiya so‘zining ma’nosini tushintiring.

    2. Texnik ekspluatatsiya (TE) tizimini ta’riflang.

    3. «Ekspluatatsiya nazariyasi» nimani o‘rgatadi?

Zamonaviy TOAT (tolali optik aloqa tizimi) jihozlarining ko‘p funksionalligi (signallarni generatsiyalash va o‘zgartirish, ularni filtrlash va kuchaytirish, korreksiyalash va regeneratsiyalash va boshqalar), ko‘plab o‘zaro bog‘liq element va qurilmalarning mavjudligi, ularning ish sifati darajasining turliligi va murakkabligi bilan farq qiladi. Uzatish tizimlarining bir yoki boshqa tugunlarida bitta yoki xattoki, bir nechta elementlarning rad etishi tizimning ishga qobiliyatliligini butunlay yo‘qotishiga olib kelmaydi, faqatgina uning ish sifatini va samaradorligini kamaytiradi.
TOAT jihozlarning murakkablashuvi, ularning o‘tkazish qobiliyatining o‘sishi, kanal va traktlar sonining ko‘payishi, ularning ish mexanizmiga axborot texnologiyalarining kiritilishi, ularning ekspluatatsiyasini tashkil etishga bo‘lgan talablarni aniqlaydi.
Ekspluatatsiya so‘zi nimadandir foyda olishni yoki ishlatishni anglatadi (keng ma’noda inson tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarni talab va ehtiyojlarni qondiruvchi biror bir amaliy maqsadlar uchun tizimli ishlatilishini anglatadi). Ekspluatatsiya - TOAT ish davrining xayotiy bosqichi bo‘lib, o‘zida TOAT qurilmalarini sozlash va montaj qilishni, uni vazifasi bo‘yicha ishlatishni, profilaktik texnik xizmat ko‘rsatishni, rad etishlardan keyin qayta tiklash va ta’mirlashni mujassamlaydi. TOAT va uzatish liniyalari qurilmalari ishining maksimal samaradorligiga erishishga yo‘naltirigan tashkiliy-texnik tadbirlar va axborot–dasturiy vositalar majmuasi texnik ekspluatatsiya (TE) tizimini tashkil etadi. Ekspluatatsiya jarayoni inson tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vositalarorqali texnik ekspluatatsiya ob’ekti (TEO)ga ta’sir etish yo‘li bilanamalga oshiriladi.TE jarayonida amalga oshiriladigan ko‘plab ekspluatatsion operatsiyalar xizmat ko‘rsatuvchi yoki texnik xodim tomonidan bajariladi.
TE jarayoni, uning qonuniyatlari, xarakteristikalari, tashkil etish va amalga oshirish usullarini o‘rgatuvchi fan texnik ekspluatatsiya nazariyasi hisoblanadi.
TE nazariyasining asosiy tushunchalari:

  • ekspluatatsiya sharoiti – TOAT jihozlariga ta’sir etuvchi omillar majmuasi. Ekspluatatsiya sharoitlariga iqlim sharoitlari, mexanik va elektrik yuklamalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning malakasi, metrologik ta’minoti, zahira qism va asboblarning xolati va boshqalar kiradi;

    • ish rejimi – TOAT vazifasi bo‘yicha qo‘llanilganda, ularning ekspluatatsion parametrlari qiymatlarining majmuasi. Ish rejimlariga quyidagilar kiradi: gurux va liniya traktlarini turli axborot signallari bilan yuklash; turli iyerarxiyalarning raqamli oqimlarini ajratish, uzatish, qabul qilish va tranziti, regeneratsiyalash punktlarining ish sharoiti, trakt va seksiyalarni zahiralash tizimi va boshqalar;

    • ekspluatatsiya vositalari – TOAT va uning elementlarining ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‘lgan ekspluatatsiya materiallari va asboblari, zahira blok va texnik qurilmalar majmuasi;

- texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) – vazifasi bo‘yicha xizmat muddati davomida TEOning ishga qobiliyatliligini va sozligini ta’minlash bo‘yicha bajariladigan ishlar kompleksi.
Texnik ekspluatatsiya – aloqa korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Tarmoqning texnik ekspluatatsiyasi texnik xizmat ko‘rsatish usullari va algoritmlari majmuasini namoyon etib, istalgan texnik ekspluatatsiya ob’ektining o‘rnatilgan normalarini talab darajasida saqlaydi va tashkil etadi.
Texnik ekspluatatsiyaning asosiy maqsadi – rad etish holatlarining hosil bo‘lishini va ularning ta’sirini kamaytirish hisoblanadi.
TE quyidagi xollarda amalga oshiriladi:

  • ob’ektni ekspluatatsiyaga kiritishda (pasport tayyorlashda);

  • ekspluatatsiya jarayonida sozlik holatini saqlash (texnik xizmat ko‘rsatish);

  • ob’ektni ishga qobiliyatliligini qayta tiklash (ta’mirlash-sozlash va ta’mirlash- qayta tiklash ishlari).

TE jaryoniga quyidagilar kiradi:

  • ishchi xarakteristikalarni o‘lchash;

  • rad etishlarni topish;

  • ishchi xarakteristikalar va rad etishlarda signalizatsiya;

  • zahiralash;

  • ishga qobiliyatliligini qayta tiklash;

  • nazorat qilish (qayta tiklashdan so‘ng).

TEOga uzatish kanallari va traktlarida ulashlarning tarkibiy qismi hisoblangan, nazorat va boshqaruv signallari bilan almashinish uchun ulanish joylariga ega bo‘lgan TOAT ning texnik vositalari kiradi. Texnik ekspluatatsiya ob’ekti ulanish joylari orasida ma’lum funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan
Ekspluatatsion nazorat qurilmalari tomonidan nazorat qilinuvchi, TEOni ishchi xarakteristikalarining taxlil natijalari ba’zan rad etish yuzaga kelgandan so‘ng yoki ish sifati yomonlashgandan so‘ng avtomatik, ba’zan texnik ekspluatatsiya axboroti haqidagi so‘rov bo‘yicha TE ulanish joylari bo‘ylab ma’lum qilinadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish (TXK)ning quyidagi usullari tavsiya etiladi:

  • profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish (PTXK), ma’lum vaqt oralig‘idan keyin yoki oldindan belgilangan mezonlarga mos ravishda bajariladi va rad etish yuzaga kelishi yoki TEO funksiyalarning yomonlashuvi mumkinligi xaqida o‘z vaqtida ogohlantirishga yo‘naltirilgan;

    • to‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatish (TTXK), TEOning ishga noqobiliyatlilik holati aniqlangandan keyin bajariladi va TEOning sifat parametrlarini o‘rnatilgan doirada bo‘lishiga yo‘naltirilgan;

    • boshqariladigan texnik xizmat ko‘rsatish (BTXK), TEO ishchi xarakteristikalarini nazorat qiluvchi, uzatish sifatini boshqarish va nosozliklarni bartaraf etish vositalarini qo‘llab, TEO holatini taxlil qiluvchi usullarni tizimli ishlatish yo‘li bilan bajariladi va profilaktik xizmat ko‘rsatishni minimumga yetkazishga va to‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishni qisqartirishga yo‘naltirilgan.





Қабул қилишнинг уланиш жойи
Техник эксплуатациянинг бирикишжойи

Техник эксплуатация
ахборотлари
Техник эксплуатация сўрови

Uzatishning birikish joylarida ma’lum funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan texnik ekspluatatsiya ob’ekti

Profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘zida namoyon etadi:



  • davriy ekspluatatsion nazorat;

  • ishchi xarakteristikalarni rejali o‘lchash;

  • apparatura komponentlarini rejali almashtirish. To‘g‘rilovchitexnikxizmatko‘rsatishquyidagilarnio‘zidanamoyonetadi:

  • uzluksiz ekspluatatsion nazorat;

  • epizodik ekspluatatsion nazorat;

  • operativ – texnik nazorat;

  • ishchi xarakteristikalarni o‘lchash.

Boshqariladigan texnik xizmat ko‘rsatish o‘zida quyidagilarni namoyon etadi:

  • uzluksiz ekspluatatsion nazorat;

  • operativ – texnik nazorat;

  • ishchi xarakteristikalarni o‘lchash.

Raqamli TOAT uchun TTXK afzalroq hisoblanadi, chunki ularga aloqani uzmaganholda xatolik koeffitsiyent (yoki xatolik ko‘rsatkich)lari bo‘yicha rad etishlarni aniqlash

mumkin. TTXKda texnik xizmat ko‘rsatishga ketadigan vaqt, ya’ni rad etish joyini aniqlash va qayta tiklash bo‘yicha ishlarni boshlashgaketadigan vaqt kamaytiriladi. Bunga, ayniqsa, optik kabelli raqamliuzatishtizimlari uchun samarali bo‘lgan, optimal qayta tiklash strategiyasini qo‘llash bilan erishiladi. Rad etishlarni bartaraf etish (qayta tiklash) bilan bog‘liq ishlar, TTXK uchun xos bo‘lgan, aloqani uzgan holda amalga oshiriladi.
TOA vositalari va ularni boshqarish tarmog‘i rivojlanishining zamonaviy bosqichida BTXK birinchi ahamiyatga ega, chunki PTXK va TTXK ga nisbatan, yuzagakelishi mumkin bo‘lgan rad etishlarni topish va bartaraf etish, shuningdek TXKni aloqani uzmasdan amalga oshirish va ishga qobiliyatliligini qayta tiklash imkonini beradi. Shuning uchun zamonaviy TOAT da yuqori sifatli TEni ta’minlovchi BTXK qo‘llaniladi. TEO bilan birgalikda yordamchi TEO (YoTEO) ham mavjud, ular bevosita ma’lumotlarni uzatish funksiyasini bajarmaydi (rad etishlarni aniqlash, xizmat signallarini uzatish, avariya signalizatsiyalari, tashqi nazorat va boshqaruv tizimlari bilan muvofiqlashtiruvchi qurilmalar).
YeMni turli kompyuter platformalarida, shuningdek turli operatsion tizimlarning boshqaruvi ostida shaxsiy kompyuterlarda xam amalga oshirish mumkin.
Uchinchi sath – tarmoqni boshqarish sathi (Network Management Layer - NML), turli tarmoq elementlari va ularning resurslarini umumiy moslashgan boshqaruvini amalga oshiradi. Boshqarish yagona markazdan tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System - NMS) orqali amalga oshiriladi, uning asosini tarmoq menedjeri (TM) tashkil etadi.
Tarmoq menedjeri quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • monitoring – uzatish traktini, uzatish sifatini va aloqa imkoniyatini tekshiradi;

  • avariya signalariga ishlov berish;

  • tarmoq va uning elementlarining ishchi xarakteristikalarini boshqarish;

  • tarmoqning xizmat ko‘rsatish dasturini boshqarish va uning elementlarini testlash;

  • tarmoq xavfsizligini boshqarish (ruxsatsiz ulanishlardan himoyalash);

  • tarmoq menedjeri servisini amalga oshirish va TElaridan beriladigan axborotlarga ishlov berish.

Download 229.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling