O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari


Download 201.86 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi201.86 Kb.
#1201232
Bog'liq
AKT sohasida qo’llaniladigan termin so’zlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Nukus filiali Telekomunikatsiya va kasbiy talim fakulteti Axborot xavfsizligi yo’nalishi 105-22 guruh talabasi Saparov Xursandning Akadem yozuv fanidan

Mustaqil ishi
Mavzu: AKT sohasida qo’llaniladigan termin so’zlar
Bajardi: Saparov X
Qabul qildi: Jaksimova U


Nukus – 2022

Mavzu: AKT sohasida qo’llaniladigan termin so’zlar


Reja:
Kirish
Hozirgi o’zbek tilida AKT terminlari haqida
Asosiy qism
1.AKT terminlarining takomillashishi
2.AKT sohasidagi zamonaviy terminlar
Xulosa


Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani, bu sohaga oid yangi-yangi tushunchalarning paydo bo`layotgani tabiiy ravishda ayni tushunchalarni atovchi terminlarning dunyo tillariga kirib kelishiga sabab bo`lmoqda. Bu o`z navbatida, AKTning muvofiq leksikografik xususiyatlarini aniqlash, maqbul tarjima uslublarini takomillashtirish, soha lug`atlarni tuzish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo`yadi.Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til terminlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo`lsa-da, milliy tilshunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan, soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. Shu bois AKT terminlarining mavzuiy guruhlarini aniqlab, leksik-semantik xususiyatlarini asoslash, terminlarning derivatsion va tuzilish modellarini belgilash, o`zlashma va baynalmilal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tadqiq qilish, tarjima qilish uslublarini takomillashtirish, terminlardagi sinonimik, antonimik va variantlilik holatlarini tartibga solish hamda maqbullarini qo`llash yuzasidan takliflar berish, leksikografik izohlarni takomillashtirish, tarjima lug`atlarini tuzish kabi masalalarning hal etilishi AKT sohalari rivojini ta’minlash bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga muayyan darajada yengillik yaratilishiga olib keladi.Hozirgi kunda o`zbek tili leksikasining tez va o`zgaruvchan va faol qatlamini AKT terminologiyasi sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz.Server kompyuteri kompyuter tarmog`ida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi maxsus ajratilgan kompyuter. Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo`llashda turli xil talablarni qondiruchi, bir kishi foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlarga kundalik ishlarimizda qo`llaydigan, uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi. Pоrtаtiv kompyuterlar yo`lda olib yurishga mo`ljallangan ko`chma shaxsiy kompyuterlardir. Pоrtаtiv kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elеktrоn kоtiblаr (PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritishimiz mumkin. Kompyuter-blоknоtlаr stоldа fоydаlаnilаdigаn ShKlаrning bаrchа vаzifаlаrini bаjаrаdi. Ulаr unchа kаttа bo`lmаgаn kitоb hаjmidаgi chеmоdаnchа ko`rinishidа tаyyorlаnаdi. Cho`ntаk kompyuterlаri (Palm Top, bu «kаftdаgi» dеgаn ma’nоni bildirаdi) 300 grаmm оg`irlikkа egа. Ulаr to`lаqоnli shаxsiy kompyuterlаr bo`lib, mikrоprоtsеssоr, оpеrаtiv vа dоimiy xоtirа, оdаtdа mоnоxrоm suyuq kristаlli displеy, ixchаm klаviаturа, ko`chmаs ShKgа аxbоrоt аlmаshuv mаqsаdlаridа ulаnish uchun pоrt bo`limlаrigа egа. Elеktrоn yozuv dаftаrchаlаri (organizer – оrgаnаyzеrlаr) ixchаm kompyuterlаrning «eng yеngil sinfi»gа kirаdi (bu sinfgа ulаrdаn tаshqаri kаlkulyatоrlаr, elеktrоn tаrjimоnlаr vа bоshqаlаr kirаdi); ulаrning оg`irligi 200 grаmmdаn оshmаydi. Kompyuter va mobil qurilmalar bilan birgalikda, ta’lim jarayonida zamonaviy (interfaol) o`qitish tehnik vositalari keng qo`llanib kelmoqda. Interfaol vositalar yordamida, yangi mavzuni o`rganishda, talabalar bilimini mustahkamlashda va tekshirishda, grafika, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimedia mahsulotlaridan maksimal darajada unumli foydalanish mumkin. Bunda bilim olish jarayoni qiziqarli va kreativ tus oladi. Zamonaviy o`qitish texnik vositalarini o`rganib chiqamiz. ACTIVboard (interfaol doska)bu – kompyutеr va proеktor bilan birgalikda ishlaydigan ta’lim bеrishning zamonaviy tеxnik vositasidir. Intеraktiv doska tarkibiga intеraktiv doskaning o`zidan tashqari maxsus elеktron qalam (stilus), dasturiy ta’minot vositalari (intеraktiv doskaning drayvеri va maxsus grafik muharrir) hamda USB kabеl kiradi. Tеgishli sozlash amallari bajarilib intеraktiv doska ishchi holatga kеltirilgach, proеktor yordamida intеraktiv doska yuzasiga tushirilayotgan tasvirlar bilan intеrfaol usulda ishlash mumkin. Interfaol qurilma – bu proеktsion doskaga (magnitli doska, markеr doskasi, sinf doskasi, sinf dеvori) yoki proеktorning o`ziga o`rnatiladigan va har qanday tеkis, silliq ishchi yuzani intеraktiv holatga kеltiradigan elеktron qurilmadir. Ular uchun alohida maxsus doska talab etilmaydi. Intеraktiv qurilmalar tarkibiga qurilmaning o`zi, ya’ni maxsus elеktron qalamdan chiqayotgan signalni qabul qiluvchi moslama, ushbu qabul qiluvchi moslamaga infraqizil yoki ultratovushli signallarni yuboruvchi elеktron qalam, intеraktiv qurilma va kompyutеrning o`zaro aloqasini ta'minlovchi USB kabеl yoki simsiz qabul qilgich uskunasi, dasturiy ta’minot vositalari kiradi. Ular infraqizil yoki ultratovushli tеxnologiyalar asosida ishlaydi. ActivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi talabidan kelib chiqib dasturiy ta`minotlarni yuklab olish mumkin. Bu ta`lim olish, ta`lim berish va turli xil tadbirlar uchun zamonaviy uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va qiziq shaklda aks ettirilgani tufayli kuchli taassurot tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55 dyungacha razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi. Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach ekran hattoki yorug`likda ham a`lo darajada ko`rishni ta`minlaydi. Barcha modellarida kuchli quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib, musiqaning va ovozli xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta`minlaydi. Bu stolning ishga tushirilishi juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida joylashgan tugmacha orqali yoqish va o`cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo`ljallangan turlari ham mavjud bo`lib, unga ko`plab rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin. Interfaol proektor - bu - o`zida intеrkativ doskaning imkoniyatlarini mujassam etgan proеktordir. Bunday proеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib olish talab etilmaydi, tasvirlar proеktsiyasi oddiy sinf doskasiga, markеr doskasiga yoki sinf dеvoriga ham tushirilishi mumkin. Oddiy proеktordan farqli ravishda intеraktiv proеktorlar kompyutеrdan tеgishli signallarni qabul qilib tasvirlarni ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elеktron qalamning ekrandagi joriy holati va harakatlari to`g`risidagi ma'lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga yuboradi va kompyutеr bilan ikki tomonlama aloqani o`rnatadi. Overhed-proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda foydalaniladi. Og`irligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko`zg`almas modellarga bo`linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg oshmaydigan yig`ma tuzilishga ega. Hujjat-kameralar - uncha katta bo`lmagan, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat, slaydlar, hujjatlarni asl nushasini elektron tasvirini tez fursat ichida namoyon qilib beruvchi oddiy qurilma. AKT terminlarining ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish jarayonida ularning tarjimada berilish modellari ham aniqlandi.Ushbu modellar tarjima jarayonini yengillashtirishga, xususan, elektron tarjima dasturlarini yaratish uchun manba hisoblanadi. AKT sohasi bo`yicha bugungi kunga qadar qaratilgan ilmiy adabiyotlarda va terminologik lug`atlarda umumiste’mol so`zlardan yasalgan terminlar alohida o`rin tutadi. Ularning semantik xususiyatlarini kontekst yordamida o`rganish umumiste’mol so`zdan farqli jihatlarini anglab olish imkoniyatini beradi. O`zbek tilida AKT terminlari lug`atini ishlab chiqishda uning barcha xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunday lug`atlar AKT sohasining ma’lumotnoma-qo`llanmasi sifatida, muayyan tushunchalar tizimini aks ettirishi va mutaxassislarning ilmiy va amaliy faoliyatlari uchun kerakli terminlarni o`z ichiga olishi kerak.
AKT sohasidagi zamonaviy terminlar
Kundalik hayot bizga nafaqat so‘nggi yangiliklar, bilim va taassurotlarni, balki yangi tushuncha va so‘zlarni ham taqdim etadi. Deyarli har yili AKT sohasida ko‘plab, yangi tushuncha va so‘zlar paydo bo‘ladi. Buyuk Britaniya Katta Oskford lug‘atining tuzuvchilari har yili yangi, eng ommabop so‘z yoki atamalar reytingini taqdim etadilar. Masalan, 2013-yilda, jahonda yangi eng ommabop so‘z bu — «selfi» — (ingliz tilidan olingan, «self» so‘zidan yasalgan «selfie» — o‘zimga-o‘zim ma’nosini anglatadi) — fotokamerada o‘z suratini olishga asoslangan avtoportret turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda, AKT sohasida yoshlarning eng faol qismi o‘rtasida – xakaton va startap-akseleratorlari atamalari eng ommaviy atama hisoblanadi. Navbatdagi sahifamizda ana shu haqda batafsil hikoya qilmoqchimiz.
Xakaton nima?
Xakaton (ingliz tilidagi hackathon, ya’ni hack (xaker) va marathon — marafon so‘zlaridan yasalgan bo‘lib) — tadbir ma’nosini anglatadi. Turli dasturiy ta’minotlar sohasi mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar) bir-birlarini xabardor qilib, qaysidir muammo ustida ish yuritish maqsadida tashkil etiladigan tadbirdan iborat. Bugungi kunda xakatonlar allaqachon xakerlik ma’nosiga mansub deb hisoblanmaydi, bu shunchaki dasturlashtirish sohasidagi marafon hisoblanadi. Odatda, xakatonlar bir kundan — bir haftagacha cho‘zilishi mumkin.
Ayrim xakatonlar ta’limiy va ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan, biroq ko‘proq xakatonlar vazifasi to‘laqonli dasturiy ta’minotlar yaratish bo‘lib hisoblanadi. Har bir xakaton o‘z faoliyatini ma’lum bir soha, masalan, dasturlashtirish tillari, operatsion tizim, ilovalar, dasturlar interfeysi (API) yaratilishiga qaratadi.

«Xakaton» atamasi 1999-yilda paydo bo‘lgan. Uni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda OpenBSD va Sun Microsystems dasturchilari qo‘llay boshlaganlar.


OpenBSD ishlanmalarini tayyorlovchi dasturchilar ilk bor 1999-yil 4-iyunda Kalgari (Kanada)da kriptografiyaga bag‘ishlangan tadbirda mazkur atamadan uchrashuvlarni belgilashda foydalandilar. Tadbirga dasturlar yozish uchun 10 nafar dasturchi qatnashdi va ular AQSH kriptografik DT sohasida o‘rnatilgan cheklangan jiddiy eksportlar nazoratidan o‘tdilar.
1999-yil 15–19 iyun kunlari o‘tkazilgan Sun kompaniyasi Java One konferensiyasi davrida «the Hackathon» nomidan foydalandilar; Palm’ning boshqa foydalanuvchilari bilan aloqa qilishlariga mo‘ljallab, AK port sifatida xizmat qiluvchi, John Gage yangi Palm V uchun Java dasturlar tilida dastur yozishni taklif qildi.
2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab, xakatonlar yanada keng tarqalib, kompaniyalar va investorlar tomonidan yangi dasturlar texnologiyasi yoki investitsiyalar sohasida ishlanmalarni jadal yaratish usuli sifatida qarala boshladi. Ayrim taniqli kompaniyalar xakatonlar asosida tashkil etilgan, masalan, GroupMe muhim tadbir hisoblangan TechCrunch Disrupt 2010 konferensiyasi xakatoni asosida tashkil etiligan; 2011-yilda Skype kompaniyasi tomonidan $85 mln. sotib olingan.
Хakatonlar turi
Ayrim xakatonlar aniq bir platforma, masalan, operatsion tizim yoki ilovalar yaratishga bag‘ishlangan ishlarga qaratiladi.
Mobil platformalar uchun ilovalar ishlanmasini yaratishga, masalan, Bletchi Park (Angliya)da o‘tadigan Over the Air xakatoniga qiziqarli va ahamiyatli homiylik badallari jalb etadi. Shuningdek, video va kompyuter o‘yinlari ishlanmalari bo‘yicha xakatonlar o‘tkaziladi.
Music Hack Day — xakatoni musiqa uchun apparatli ta’minot dasturlariga bag‘ishlangan. Bu borada 2009-yildan buyon turli joylarda 20 martadan ortiq xakatonlar o‘tkazilgan. 1999-yildan boshlab har yil OpenBSD operatsion tizimlari ishlanmalarini tayyorlovchi dasturchilar xakatoni o‘tkaziladi. Android, iOS va Tizen smartfonlari uchun ilovalar yaratish uchun xakatonlar mavjud. Avval shunday tadbirlar Maemo 5 (Nokia N900) hamd MeeGo (Nokia N9) qurilmalari uchun ham o‘tkazilgan.
Dasturlashtirish tillari, API, freymvorklar
2007-yildan boshlab dasturlashtirish tillarini yaxshilash maqsadida, Perl xakatonlari o‘tkaziladi. Haskell va Scala dasturchilari shunga o‘xshash: Haskell Hackathon hamda Scalathon tadbirlarini o‘tkazadilar.
HTML5 va Ruby on Rails ilovalar ishlanmasini tayyorlash bo‘yicha xakatoni o‘tkazilgan. Ayrim kompaniyalar tomonidan API foydalanish uchun umumiy ilovalar yozishga xakatonlar o‘tkaziladi. Shu tariqa, Yahoo! ham 2006-yildan boshlab, «Open Hack Day» (dastlab «Hack Day»), Yahoo! saytiga taalluqli Yahoo! API va API’dan foydalanadigan, masalan, Flickr uchun xakatonlar o‘tkaziladi. Googleda shunga o‘xshash xususiy API xakatoni o‘tkaziladi.
2011-yilda Foursquare saytida Foursquare API’da foydalaniladigan ilovalar ishlanmalari uchun 30ta joyda global xakaton o‘tkazildi, unda 500dan ortiq dasturchilar ishtirok etdi.
Biznes-akseleratorlar nima?
Biznes-akselerator — loyihani qisqa muddatlarda jadal rivojlantirishni taqdim etuvchi, biznesni boshlang‘ich bosqichda qo‘llab-quvvatlash modeli bo‘lib hisoblanadi. Bozorga tezkor ravishda chiqish uchun loyihaga investitsiyalangan, infrastrukturali, ekspert va axborotli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich bosqich investitsiyalari uchun biznes-akseleratorlar xususiy va institutsional investorlarni jalb etadi, shuningdek, o‘zlari ham qisman jamg‘armalar rolida ko‘maklashadi. IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash shaklida keng tarqalgan biznes-akseleratorlar: zamonaviy texnologiyalar va kommunikatsiyalar sohasidagi zamonaviy loyihalardan iborat. Eng mashhur akseleratsion dasturlar Y Combinator va Techstarsdir. Rossiyada shunga muqobil: TexDrive, Commercialization Reactor dasturlari ishlaydi.

Akseleratorlarda loyiha asoschilari uchun ishtirok etish bepul. Ba’zan dasturga kirish uchun to‘lov olinadi (Mass Challenge Amerika akseleratoriga kirish— $199).


Akseleratorlar o‘zlarida startaplarni qo‘llab-quvvatlashda dastur vaqti bo‘yicha cheklovni taqdim etadilar, sababi ko‘pincha jamg‘arma, biznes-inkubatorlar, texnoparklar asosida ishga tushiriladi. Loyiha jamoasi qisqa vaqtga shunday sharoitlarga joylashtiriladiki, ular bozorga chiqish va investitsiyalar olish uchun yetarli darajada kuchli loyiha yoki loyiha prototipini yaratadilar.
Startaplar uchun akseleratsion dasturlarning o‘ziga xos belgilari:
dastur sikllar bo‘yicha davom etadigan vaqt bo‘yicha cheklangan davr mobaynida (3 oydan 6 oygacha) ishlaydi, bir siklda cheklangan sonli loyiha ishtirok etadi;
loyiha kichik jamoalar tomonidan boshlang‘ich prototip yoki rasmiylashtirilgan konsepsiya sifatida taqdim etiladi. Akseleratorlar yakka tartibdagi ishbilarmonlar bilan ishlamaydilar; loyihada ishtirok etish kuchli raqobat asosida o‘tadi;
loyihaga jamoaning hayotini ta’minlash va prototip ishlanmasi uchun sarflanishi uchun oldindan investitsiyalar ajratiladi. Qoidaga muvofiq, investitsiyalar investor uchun loyinaning kichik ulushiga almashtirish asosida taqdim etiladi;
akseleratorlar loyihada kuchli ekspertizani qo‘llab-quvvatlash, salohiyatli sheriklar, investorlar bilan ishlash, OAV’da yoritib borish munosabati bilan o‘qitish kabilar bilan ta’minlaydi;
dastur loyiha ustida muntazam ishlashni ko‘zda tutadi, ishtirokchilar faqatgina full-time (ko‘pchilik dasturlarda — asosiy ish joyidan ketib ishlash talab etiladi) loyihasi ustida ishlashlari shart.
Mazkur ko‘pchilik xususiyatlar barcha biznes-akseleratorlarga taalluqli. Akseleratsion dasturlar boshqa ancha ilgarigi bosqich qo‘llab-quvvatlagan biznes dasturlari modellaridan farq qiladi.
Zamonaviy akseleratorlar

Hozirgi davrda AQSH’da ishlaydigan barcha akseleratorlarni «yangi to‘lqin» vakili deb hisoblaydilar, sababi ular yangi biznes sharoitlariga yo‘naltirilgan. «Dotkom»lar shov-shuvidan keyin bozor jiddiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi, bu esa IdeaLab — proto-akseleratorini zamonaviy dasturlardan farqlanishini asosladi. Bugungi bozor texnologik loyihalar, veb-servislar va mobil ilovalar rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni taqdim etmoqda.


Akseleratorlarning ommaviylashuvini aynan iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘laydilar. Ular texnologik mahsulotning bozorga chiqishini ancha arzonlashtiradi. Dastlabki bosqichda loyiha uchun ilgaridagi kabi unchalik ko‘p investitsiya talab etilmaydi. Bu esa IT-loyihalariga dastlabki bosqichda kam mablag‘ni (amerikaning akseleratorlariga — $10 000dan $50 000gacha) investitsiya qilish, shu bilan xavfni kamaytirish imkonini beradi.
Yangi dastlabki akseleratsion dastur 2005-yildagi Y Combinatordir. Uni taniqli dasturchi va ishbilarmon Pol Grem ishlab chiqqan. Y Combinator Grexemning mediyali ta’sir hamda mavqei evaziga keng ommaviylikka erishgan deb hisoblaydilar. Aslida, Y Combinator butun biznes olamiga trendsetter bo‘lib qoldi, biroq u klassik akselerator emas. U go‘yo bosh jamg‘armaga o‘xshaydi — loyihaga dastur asoschilarining mablag‘lari qo‘yiladi (klassik sxemadan farqli ravishda, akseleratorlar loyihani investorlar bilan «hamkorlashtiradi»). Biroq 2011-yil yanvar oyida investorlar Yuriy Milner va Ron Konveylar Y Combinatordan chiqariladigan ikki loyihaning har biriga $150 000dan investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Techstars — eng mashhur akseleratordir. U 2007-yilda investorlar Devid Koen (David Cohen) va Bred Feld (Brad Feld) tomonidan yaratilgan. Techstars to‘rtta shaharda amal qiladi, biroq butun jahon bo‘ylab izdoshlarining tarmoqlari ham mavjud.
Seedcamp dastlabki yirik Yevropa akseleratori bo‘lib, 2007-yildan amal qila boshlagan va o‘ziga yiliga 2000 startapni jalb etib, butun Yevropaga keng tarqalgan. Hozirgi davrda butun jahonda bir necha yuzlab akseleratorlar ishlamoqda.
Yana bir muhim ko’rsatqichlar:
• Kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi 2019 yil natijalari bo‘yicha 119 foizgacha o‘sdi va 1,078 milliard so‘mni tashkil etdi (rejada — 920 million so‘m);

• Dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmi 15,8 million dollargacha oshdi va 158 foiz o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi (rejada — 10 million dollar);


• Axborot va aloqa sohasida ish haqi o‘sish dinamikasi ham 119 foizni ko‘rsatdi. Hozirgi kunda mazkur sohada o‘rtacha maosh 4 million so‘mni tashkil etadi (umumrespublika bo‘yicha ish haqi — 2,3 million so‘m);
• AKT sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni yildan-yilga oshib boryapti: 2019 yil natijalari bo‘yicha ularning soni 269 ni tashkil etdi va 73 taga ko‘paydi.
2019 yilda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha Vazirlik tomonidan jami 9 ta loyiha 177,5 million dollarga teng hajmida amalga oshirilib, 102 foiz o‘sish ko‘rsatqichni ko‘rsatdi (rejada — 174,02 million dollarga teng loyihalar qiymati). Jumladan:
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya asosida — 97,14 million dollarga teng loyihalar (rejada — 94,5 million dollarga teng, o‘sish dinamikasi — 103 foiz);
• Hukumat kafolati ostida xorijiy kreditlar — 53,38 million dollarga teng loyihalar (rejada — 43,56 million dollarga teng, o‘sish dinamikasi — 123 foiz);
• Korxonalarning o‘z mablag‘lari — 26,93 million dollarga teng loyihalar (rejada — 35,96 million dollarga teng, bajarish ko‘rsatqichi — 75 foizni tashkil etdi).
2019 yilda AKT sohasida yana bir qator muhim yơnalishlar bơyicha ishlar amalga oshirildi.
Internet tarmog‘ining milliy segmenti “UZ” domenida ro‘yxatdan ơtgan veb-saytlarni tashkil etish orqali iste'molchilarga qulay xizmatlar ko‘rsatish, yoshlarning onlayn tarzda bilim olishlari va aholiga elektron savdo tizimlari orqali xizmatlar ko‘rsatish yơlga qo‘yildi.
Onlayn-to‘lov tizimidagi ishlar ham yahshi ko‘rsatqichlar bilan yakunlandi, ya‘ni 2019 yilda onlayn-to‘lov tizimlari orqali 299,3 million tranzaktsiyalar amalga oshirildi va jami 6,5 trillion o to‘lov so‘mni tashkil etdi.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 ta elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda, ushbu xizmatlardan foydalanish uchun 15,1 mln. ta ariza-buyurtma kelib tushgan, bu davlat organlari bilan o‘zaro aloqada aholining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirishga yordam berdi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali hozirgi davrda aholiga 176 ta davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha 15,1 milliona ta ariza-buyurtma bilan ish olib borildi.
Yagona idoralararo ijro intizomi tizimi bo‘yicha hozirgi vaqtda tizimga 4,4 mingdan ortiq davlat organlari va tashkilotlar, 30 mingdan ortiq foydalanuvchilar ulandi.
Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi. Bugungi kunda ushbu portal orqali 34,7 mingta murojaat kelib tushib, shulardan 33,6 mingtasi ko‘rib chiqilgan.Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish yagona interaktiv portali faoliyati natijalariga ko‘ra, o‘tgan yili jami 34,7 mingta murojaat to‘shgan bo‘lsa, ulardan 33,6 mingtasi ko‘rib chiqildi.
Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (“saylov.gov.uz”) joriy qilindi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 20,5 mln. dan ortiq fuqarolardan iborat Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilib, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
Hozirda Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 bosqichda Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda “Xavfsiz shahar” loyihasining yagona texnologik platformasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.
AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. Xitoy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 11,8 million dollar miqdorida shartnoma imzolanib, Toshkent tibbiyot xodimlariga zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 dona tez tibbiy yordam avtomobillari (reanimobil) yetkazib berildi va avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi joriy etildi.
AKT SOHASI: E‘TIBOR, IMKONIYAT VA TARAQQIYOT
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompьyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta‘minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.
Islom KARIMOV
Bugun mustaqil O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan taraqqiyotning yangi ufqlari sari jadal ketayapti.
Xo‘sh, bundan 25—30 yil oldin vaziyat qanday edi?
O‘sha paytlari respublikamiz o‘z rivojlanish yo‘lini hatto “nol”dan ham emas, “minus”dan boshlaganidan ko‘pchilikning xabari bor.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik mustahkamlashga davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratildi.
Pirovardida O‘zbekiston qisqa davr ichida milliy AKT infratuzilmasi modeliga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda barqaror taraqqiyotga erishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni har qachongidan ham ko‘ra dolzarb bo‘lib borayapti. Qaysi sohaga e‘tibor qaratmang, ularning barchasida ushbu texnologiyalardan foydalanish tobora kengaymoqda.
AKT taraqqiyoti har qanday mamlakatning raqobatdoshlik darajasini oshirib, katta qulayliklar eshigini ochadi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Bunday ijobiy o‘zgarishlarda mustaqillik yillarida tarmoqqa doir “Aloqa to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi kabi o‘ndan ortiq qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilingani puxta poydevor bo‘ldi.


2013 yil 27 iyundagi qarori bilan “2013 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi.
Xususan, belgilangan davr ichida telekommunikatsiya texnologiyalari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 17 ta, “Elektron hukumat” ma‘lumotlar bazasi va axborot tizimlari kompleksini yaratishda qo‘l keluvchi 30 ga yaqin loyiha amalga oshirilayapti.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab 16,5 ming baza stantsiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, mobilь aloqa abonentlari soni so‘nggi 10 yilda 7,5 barobar ko‘paydi. Shularga mos ravishda yurtimizda mobilь aloqaning to‘rtinchi avlod tarmog‘i — “4G”– LTE salohiyati oshirilmoqda. Bu aholining telekommunikatsiya xizmatlarini yanada samarali qo‘llashi, yuqori tezlikdagi internetni ta‘minlamoqda.
Innovatsiyalar televideniye sohasiga ham keng kirib borayapti. Raqamli televideniyening asosiy xususiyati — tasvirning sifati.
Ko‘rilgan qator chora-tadbirlar tufayli sohada zamonaviy texnik baza yaratildi. Ayni chog‘da O‘zbekiston aholisining 68,8 foizi raqamli televideniye signallari bilan ta‘minlangan. Yurtdoshlarimiz kechayu-kunduz 12 ta raqamli davlat teledasturlarini tomosha qilish imkoniga egalar.
Taqqoslash uchun keltirib o‘tamiz: xalqimiz mustaqillikka erishgunga qadar 2-3 tagina telekanalni chegaralangan soatlarda tomosha qilish bilan cheklangan edi.
2017 yilga borib mamlakatimiz aholisi to‘liq sifatli raqamli televideniye signallari bilan qamrab olinadi.

2013 yilda fuqarolarning murojaatlarini davlat idoralariga yuborish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini onlayn shaklda ko‘rsatuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tashkil etilib, 40 ta interaktiv davlat xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 280 taga yetkazildi. Joriy yil yakunida esa mazkur ko‘rsatkichni 300 dan oshirish rejalashtirilgan.


Boshqacha aytganda, hamyurtlarimiz uyidan chiqmasdan turib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali istalgan idoraga murojaat etishi mumkin. So‘nggi 3 yilda Yagona portal orqali davlat idoralariga aholi va tadbirkorlik sub‘ektlarining elektron murojaatlari 130 barobarga o‘sdi.
Xulosa o‘rnida aytganda, diyorimizning barcha hududlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, raqamli televideniye orqali qo‘shimcha axborot olish, interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi strategiyasining muhim maqsadlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu esa ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochishi muqarrar.
Xulosa: Ta’kidlash lozimki, dunyo mamlakatlari tajribasida ilmiy tadqiqotlar, IT texnologiyalar, startap g‘oyalar, kompyuter savodxonligiga juda katta e’tibor beriladi. Faqatgina ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar orqali yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. O‘tgan asrda olamshumul kashfiyotlar ko‘p jihatdan insonning intellektual salohiyatiga asoslanib amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi davrda ilm-fan zamonaviy AKT yordamida shakllanmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallab kelayotgan O‘zbekiston barcha sohalarda yuksak yutuqlarga erishmoqda, bu muvaffaqiyatlarga esa axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarining jo‘shqin rivojlanishi asos bo‘lmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Lutfillayev M. Axborot texnologiyalari fanidan o`quv uslubiy majmua. Samarqand-2019.
2. Qosimov N. O ‘zbek tili ilmiy texnikaviy terminologiyasi masalalari.-T.:Fan,1985
Download 201.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling