O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIV OJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI
Kompyuter injiniringi fakulteti Dasturiy injiniring yo'nalishi
104-15 guruh talabasi Yoqubov Quvonchbekning C++ da dasturlash
fanidan
Kurs ishi
Mavzu: C++ tili imkoniyatlari
Bajardi: Yoqubov Q. Qabul qildi: Yadgarov Sh.
Nukus 2017
Mavzu: C++ tili imkoniyatlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
C++ dasturlash tilining yaratilish tarixi. C/C++ dasturlash tili
C++ tilining grafik imkoniyatlari
Embarcadero RAD Studio C++ Builder
Android ilovalarni C++ dasturlash tilida yaratishning afzalliklari
Xulosa
Amaliy qism
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
«Biz bu borada mobil aloqasi, internet, videotelefon tizimi, raqamli televideniye, zamonaviy bank xizmatlari, lizing, sug’urta, audit, injiniring va boshqa zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Bugungi kunda yurtimiz mobil aloqaning rivojlanish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda oldingi o’rinda turgan o’nta mamlakat qatoriga kiradi. O’zbekistonda mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilarning umumiy soni 2000- yilga nisbatan - shunga e ’tibor beringlar - 200 barobar oshib, 19 milliondan ortiq abonentni tashkil etmoqda»
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov
O’zbekiston Respubkasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo’lib o’tgan majlisidagi ma’ruzasidan.
Vaqt o'tgan sari mantiqiy masalalarning murakkablashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi, dasturlash tillarining yanada takomillashishiga, imkoniyatlarining ortishiga ehtiyoj tug' dirmoqda. Hozirgi kunda C++ dasturlash tilining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda, zamon talablariga javob beradigan dastur va ilovalar yaratish imkoni mavjud.
C++ dasturlash tili funksionalligi bir qatorda, uning sintaksisi boshqa dasturlash tillariga o'xshaganligi sabablli, C++ tilini bilgan dasturchi uchun boshqa dasturlash tillarini o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
C++ dasturlash tilining yaratilish tarixi. C/C++ dasturlash tili
Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko‘p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif etilmoqda. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. C dasturlash tili 1970- yilning boshlarida B tili asosida Bell Labs Ken Tompson va Denis Ritchilar tomonidan yaratildi. C dasturlash tili UNIX operatsion tizimida foydalanish uchun mo’ljallangan edi. Ushbu til amaliy dasturlar tuzishda xam qo‘llanilar edi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib taqaladi. Ushbu C ++ jumlani (nomni) Rik Masitti o‘ylab topdi. Bu 1983 yil o‘ylab ko‘rilmagan xam edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |