Musbat zaryadlangan kaliy ionlarining sitoplazmadan hujayra yuzasiga diffuziyalanishi membrananing tashqi yuzasiga musbat zaryadlarni o’tishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, tinchlik paytida hujayraning yuzasi o’zida musbat zaryadlarni olib yursa, membrananing ichki yuzasi amalda membrana orkali o’tmaydigan xlor ionlari, aminokislotalar va boshqa organik ionlar hisobiga manfiy zaryadlanib koladi Agar nerv yoki muskul tolasining ma’lum qismini yetarlicha kuchli qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlasak, bu qismda membrana potensiallarini tez o’zgaruvchan shaklda namoyon bo’luvchi qo’zg’alish yuzaga kelish grafigi harakat potensiali deb ataladi. Harakat potensiallarining yuzaga kelishiga asosiy sabab membranalarning ionlarni o’tkazuvchanligini o’zgarishidir. Ta’sirotchi ta’sir etganda hujayra membranasining natriy kationlari uchun o’tkazuvchanligi oshadi. Endi natriy ionlari hujayra ichiga tushadi,ya’ni, birinchidan ular musbat zaryad bilan zaryadlanganligi uchun ularni elektrostatik kuch ichkariga tortadi, ikkinchidan hujayra ichida ularning konsentrasiyasi unchalik katta emas, tinchlik paytida hujayra membranasi bu ionlar uchun kam o’tkazuvchan buladi. Ta’sirotchilar ta’siri membrananing o’tkzauvchanligini o’zgartiradi va musbat zaryadlangan natriy ionlari oqimini hujayra tashqarisidan sitoplazmaga va kaliy ionlari oqimini hujayradan tashqariga qarab harakatlanishini jiddiy darajada oshiradi. Natijada, membrana potensiallarini o’zgarishi yuzaga keladi (potensiallarning membranali farqini pasayishi va hattoki boshqa belgili potensiallar farqini hosil bo’lishini ham yuzaga keltirishi mumkin – (depolyarizasiyalanish fazasi). Membrananing ichki yuzasi musbat zaryadlanib qoladi, ichki yuzasi esa musbat zaryadlangan natriy ionlarini yo’qotish hisobiga –manfiy zaryadlanadi. Aynan shu vaqtda harakat potensialining eng cho’qqisi qayd etiladi. Harakat potensiallari membranalarning depolyarasiyasi kiritik (pog’ona) darajaga yetgan paytda yuzaga keladi. Natriy ionlari uchun membranalarning o’tkazuvchanligini ortishi uncha uzok vaqt davom etmaydi. Bulardan keyin hujayralarda natriy ionlari uchun membrananing o’tkazuvchanligi yana pasayishini kaliy ionlari uchun esa yana ortishini chaqiruvchi tiklanish jarayonlari boshlanadi. Kaliy ionlari musbat zaryad bilan zaryadlanganligi sababli, hujayradan chiqib hujayra ichidagi va tashqarisidagi dastlabki nisbatni yana tiklaydi (repolyarizasiya fazasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |