harfidan boshlanuvchi lotin harflari, va ostiga chizish hamda dollar belgilari
boshlang’ich qiymatlarini ko'rsatish mumkin.
Konstantalar.
Konstanta
bu
o'zgartirish
mumkin
bo'lmagan
qiymatdir. Konstantalar butun, simvolli haqiqiy, mantiqiy turlari mavjud.
Butun sonlar o'nlik, sakkizlik yoki o'n oltilik sanoq sistemalarida berilishi
mumkin. O'nlik konstantalar o'nlik raqamlari ketma ketligidan iborat bo'lib,
birinchi raqami 0 bo'lishi kerak emas(masalan: 8, 0, 192345). Sakkizlik
konstantalar 0 bilan boshlanuvchi sakkizlik raqamlaridan iborat ketma ketlikdir
(masalan: 016 - o'nlik qiymati 14, 01). O'n oltilik konstantalar - 0x yoki 0X bilan
boshlanuvchi o'n oltilik raqamlar ketma ketligidir (masalan: 0xA, 0X00F).
Simvolli konstanta - apostrifga olingan bitta (masalan: 'q','r,'6') yoki bir
nechta (masalan: -'\n', '\0hF5') simvol. Slesh '\' simvolidan boshlangan simvollar
eskeyp yoki boshqaruvchi simvollar deyiladi.
Haqiqiy konstanta ikki ko'rinishda bo'lishi mumkin: fiksirlangan nuqtali
(masalan: 5.7, .0001, 41.) va suzuvchi nuqtali (masalan: 0.5e5, .11e-5).
Mantiqiy konstantalar true(rost) va false(yolqon) qiymatlardan iborat.
Ichki ko'rinishi false - 0, ihtiyoriy boshqa qiymat true deb qaraladi.
Satrli konstantalar Java tilida juft qavslar ichiga olingan ihtiyoriy matndir
(""). Satrli konstantalar bir qatorga joylashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: