Dastur tuzilishi
Java tilida dastur nomlangan sinflardan iborat.
Misol:
class HelloWorld {
public static void main (String args []) {
System.out. println ("Hello World");
}
}
Yuqorida keltirilgan misol matnini HelloWorld.java faylga yozish lozim.
Bu misolni translyasiya qilish uchun javac - Java translyatorini ishga
tushirish lozim:
C: \> javac HelloWorld.Java
Translyator HelloWorld.class nomli prosessorga boqliq bo'lmagan bayt-
kodli fayl yaratadi. Dastur kodini ishga tushirish uchun Java tili muhitiga bajarish
uchun yangi sinfni yuklash lozim. Shuni ta'kidlash lozimki sinf joylashgan fayl
emas sinf nomi ko'rsatiladi.
C:\> java HelloWorld
Hello World
Murojaat modifikatori public asosiy usul main hamma sinflarda
ko'rinishini bildiradi.
Maxsus static so'zi yordamida butun sinf bilan birga ishlatiladigan
o'zgruvchilar va usullar ta'riflanadi. Agar usul static so'zi yordamida ta'riflangan
bo'lsa faqat lokal va statik o'zgaruvchilar bilan ishlashi mumkin.
Agar main usuli qiymat qaytarmasa modifikator void ishlatiladi.
Hamma mavjud Java-interpretatorlar, sinf interpretasiyasini main usulini
chaqirishdan boshlaydi. Java-translyator main usuli bo'lmagan sinfni translyasiya
qilishi mumkin, lekin Java-interpretator main usuli bo'lmagan sinfni ishga tushira
olmaydi.
Usul String args[] elementi String sinfiga tegishli ob'ektlar massivi bo'lgan args
parametrni e'lon qiladi .
Ekranga chiqarish uchun out ob'ektining println usulidan foydalaniladi. Ob'ekt
out statik ravishda System inisializasiya qilinib OutputStream sinfida
ta'riflangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |