O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1098486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish(tarmoq)

Tarmoq turlari 
1. PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi 
mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha. 
2. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi 
mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha. 
3. CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. 
Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi. 
4. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr 
masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga 
birlashtiradi. 
5. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million 
abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet). 
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot 
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar 
bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi. 
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar 
majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa 
ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq 
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa 
axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi. 
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa 
ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash 
usullari ko'rsatilgan. Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global 
tarmoqlarga bo'linadi. 
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan 
kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. 


Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki 
radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan 
kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va 
dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish 
imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini 
lokal tarmoqqa birlashtiradi. 
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon 
kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling