O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Yuridik shaxslarning metrologik xizmati


Download 13.91 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi13.91 Kb.
#1624095
1   2   3   4   5   6   7
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashkilotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat. Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o ‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni o ‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo‘lib, ularning ko‘pini aksariyat hollarda sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog‘liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko‘nikib ketganmizki, aniq bir so‘z bilan ifodalash kerak bo‘lsa, biroz qiynalib turamiz-da, 30 «...mana shu-da!» deb qo‘yamiz. Butun suhbat barchamiz bilibbilmaydigan, ko‘rib-ko‘rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi.
Kattalik sifat tomonidan ko ‘pgina fizikaviy obyektlarga (fizikaviy tizimlar, ularning holatlari va ularda o ‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo ‘lib, miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Muayyan guruhlardagi kattaliklar orasida o ‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog‘lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi:
-asosiy kattaliklar;
-hosilaviy kattaliklar.
Asosiy kattalik deb, ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik deb, tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.

Download 13.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling