O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va
Download 13.91 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanish
O‘lchash vositasi deb, o ‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishi lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o ‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishi va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namunalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: o ‘lchovlar; o ‘lchash asboblari; o ‘lchash o ‘zgartkichlari; — o ‘lchash qurilmalari; — o ‘lchash tizimlari. O’zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanish Mustaqillik yillarida, qisqa davr ichida mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarning sifati va xavfsizligini o’lchash vositalari, o’lchash uslubiyatlari, malakali mutaxassislar, bir so’z bilan aytganda metrologik faoliyat talab larini amalga oshiradigan Metrologiya bo’yicha Milliy idora sifatida dastlab O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi “O’zdavstandart” (1992), keyinchalik esa “O’zstandart” agentligi (2002) tashkil etildi. Shu bois barcha O’lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimi (O’BTDT) xam yaratildi. Bu tizim milliy qonunchilik talablari bilan bir qatorda Metrologiya bo’yicha xalqaro va regional tashkilotlar tartib qoidalari asosida tashkil etildi. Shunday qilib boshqa davlatlar bilan bir qatorda o’zbek metrologiyasi turli tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’tib, shakllandi, rivoj topa boshladi va hozirda ham takomillashib rivojlanib kelmoqda. Bu soxani rivojiga, akademiklardan: M.Z.Xamidxonov, D.A.Abdullaev, N.R.Yusupbekov, V.Q.Qobilov, T.D. Rajabov, professorlardan: O.A.Azimov, R.K.Azimov, M.F.Zaripov, Sh.M.G’ulomov, X.Z.Igamberdiev, P.R.Ismatullaev, B.I.Muxamedov, O.Sh.Xakimov va ko’plab fan nomzodlari, olimlar, tajribali metrologlar o’zbek metrologiyasining rivojiga katta xissa qo’shmoqdalar. Bu boradagi yana bir muhim ahamiyatga molik bo’lgan ijobiy yangilik sifatida respublikamizda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida milliy kadrlar tayyorlash tizimini shakllanganligini ko’rsatib o’tish lozim. Agar, sobiq ittifoq davrida mazkur sohadagi mutaxassislar asosan Rossiya o’quv muassasalarida tayyorlangan bo’lsa, endilikda o’rta va oliy ma'lumotli mutaxassislar mahalliy ta'lim muassasalarida tayyorlanishi yo’lga qo’yildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ushbu masalaga jiddiylik bilan kirishildi va 1992 yilda prof. P.R.Ismatullaevning tashabbusi bilan mazkur sohada mutaxassis tayyorlovchi kafedra Toshkent Davlat texnika universiteti tarkibida tashkil etildi.Mazkur kafedra bazasida har yili o’nlab standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida oliy ma'lumotli bakalavr va magistr akademik darajasidagi yosh mutaxassislar hayotga yo’llanma olmoqdalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatldashtirishning qariyb 40 dan ziyod yo’nalishlari bo’yicha kadrlarni qayta tayyorlash “O’zstandart” agentligi qoshidagi “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish” ilmiy tadqiqot institutida faollik bilan olib borilmoqda.Hozirda o’zbek metrologiya xizmatining oldida turgan asosiy vazifalardan biri O’zbekistonning Xalqaro savdo tashkilotiga (XST) a'zo bo’lishi borasida sohaga oid barcha tadbirlarni amalga oshirishdir. Download 13.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling