O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi Bajardi: Sayfiyeva Parizoda


Bandlik jamg‘armasining mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi


Download 1.06 Mb.
bet7/9
Sana09.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#260933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi

Bandlik jamg‘armasining mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:

  • tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida (keyingi o‘rinlarda bandlikka ko‘maklashish markazi deb ataladi) ish qidirayotgan va ishsiz maqomiga ega shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir ishlarni moliyalashtirish;
  • bandlikka ko‘maklashish markazlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketishi munosabati bilan ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ishsizlarga kompensatsiyalar, moddiy yordam, shuningdek, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vaqtida fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan to‘lanadigan stipendiyalarni to‘lash;
  • ishsizlarga muddatidan oldin pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xarajatlarini qoplash;
  • ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini moliyalashtirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklariga, ishsizlarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlariga hamda malaka oshirish markazlariga haq to‘lash;
  • bandlikka ko‘maklashish markazlari, vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlar, ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazlarining ayrim bo‘linmalarini qonun hujjatlariga muvofiq moddiy-texnik ta’minlash va saqlab turish, shuningdek, mehnat organlarini joylashtirish uchun binolar, xonalar va inshootlarni xarid qilish, qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlashni moliyalashtirish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy zaif fuqarolar toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini yaratishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
  • axborot-ma’lumot va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
  • bandlik, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, normalash va mehnatga haq to‘lash masalalari bo‘yicha normativ-metodik va instruktiv materiallar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
  • respublika va hududiy darajalarda ijtimoiy o‘rganishlar o‘tkazish, aholining ayrim guruhlari o‘rtasida bandlik, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish;
  • band bo‘lmagan aholiga ishga joylashtirish, shu jumladan maslahat berishda va kasbga yo‘naltiradigan ishlarni, transport va boshqa xizmatlarni tashkil etishda, shu jumladan yo‘lda ovqatlanish, yordamini ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
  • kovorking-markazlarni tashkil etishni va saqlab turishni moliyalashtirish;
  • mehnat bozoridagi vaziyat keskin bo‘lgan tumanlar va shaharlarda yashovchilar uchun bandlik va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqishni, shu jumladan ayrim hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalarini tayyorlashni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirishni va xizmatlar sohasi, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida obyektlar yaratish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishni moliyalashtirish;

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling