O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz shaxslarni kasbga-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma


Download 91 Kb.
bet1/6
Sana11.09.2023
Hajmi91 Kb.
#1675641
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 томонлама шартнома


O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz shaxslarni kasbga-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha
SHARTNOMA



«___»____________ 2023 y.

_____________________

Baxmal tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) nomidan bo‘lim boshlig‘i Z.Kuliyev bir tarafdan, ZAFAROBOD KASB-HUNARGA O’QITISH MARKAZI (keyingi o‘rinlarda “Bajaruvchi” deb yuritiladi) boshlig’i Sh.Sayfullayev ikkinchi tarafdan, ishsiz fuqarolar (keyilngi o`rinlarda “Ish qidiryotgan shaxslar”) uchinchi tarafdan quyidagilar to‘g‘risida ushbu shartnomani tuzdilar:


I. Shartnoma predmeti
1.1. O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 183-son qaror ijrosi yuzasidan ushbu Shartnoma tuzildi.
1.2. Ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi (bundan buyon matnda jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda xarajatlar smetasiga va xarajatlar kalkulyatsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
1.3. Mazkur shartnoma bo‘yicha Buyurtmachi to‘lovni amalga oshirish, Bajaruvchi belgilangan talab asosida kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, O‘quvchi esa o‘quv jarayonlariga to‘liq qatnashish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish va zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarni zimmasiga oladi.
1.4. Fuqarolar kasbi bo‘yicha12 hafta muddatda sifatli kasbga o‘qitiladi;
1.5. Mazkur shartnoma ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan shaxslarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsizlarni kasbga-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish shartlarini o‘zida aks ettiradi hamda o‘rta muddatli (o‘quv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadigan) o‘qish davri bo‘yicha amal qiladi.
1.6. O‘qitish xarajatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdorlarda Buyurtmachi tomonidan Bajaruvchiga to‘lab beriladi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling