O‘zbekiston respublikasi bank tizimi tarixi


Download 62.37 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi62.37 Kb.
#1536971
1   2   3   4   5
Bog'liq
muxlis 083155

to‘rtinchi bosqichini belgilab berdi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 martdagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish;
-bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
-bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
-banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish;
-aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish;
-xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat banklarini (1-ilovaga qarang) o‘z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Download 62.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling