Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi reja


Download 307.19 Kb.
bet13/13
Sana19.06.2023
Hajmi307.19 Kb.
#1601880
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
pul va banklar atrobotka

Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi. Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narxnavosi hamda aholini daromadlarini o`sishivaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi to`rtta omillari mavjud:

  • qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;

  • hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;

  • kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;

  • iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.

Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo‘lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlariga bo‘linadi. Pul muomalasi muomaladagi pul massasaini bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelish tezligini ifodalaydi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz pullar amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amal qiladi. Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tizimlarda o‘z kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:



1Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси

2Ўзбекистон Республикасининг “Банклар ва банк фаолияти тўғрисида”ги Қонуни (ЎРҚ-580-сон)


Download 307.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling