O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

193
4
-modda. “Rahbar tomonidan korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini 
oldini olishga oid qonun hujjatlarini buzish 


90 
Rahbar xodim tomonidan o’z vaqtida berilgan xabarga asosan manfaatlar 
to’qnashuvini oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o’z vaqtida chora-
tadbirlarni ko’rmasligi, tegishli organga korrupsiyaga qarshi taqiq va 
cheklovlarni buzib, intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning statistikasiga 
oid ma’lumotlarni taqdim etmaganligi, kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-
urug’chilik, tanish-bilishchilik, mahalliychilikka yo’l qo’ygan bo’lsa, qarindosh-
urug’larning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash to’g’risidagi 
qoidalarni chetlab, kadrlarni ishga qabul qilgan bo’lsa - bazaviy hisoblash 
miqdorining o’n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo’ladi. 
Rahbarning qo’l ostida xizmat qiladigan xodimlarni muayyan siyosiy 
partiyalarga a’zo bo’lishga, o’z vakolatlari va lavozim mavqeidan muayyan 
siyosiy partiyani qo’llab-quvvatlashda foydalanishga majburlashi, siyosiy 
faoliyatda faol qatnashishga undashi, xodimlarga faoliyati davomida homiylik 
qilishi (patonaj), favoritizm, guruhbozlikka yo’l qo’yishi - bazaviy hisoblash 
miqdorining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga 
sabab bo’ladi. 
193
5
-modda. “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiya va 
manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga oid qonun hujjatlarini buzish 
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan manfaatlar to’qnashuvi bilan 
bog’liq vaziyat vujudga kelishiga yo’l qo’yilishi, yuzaga kelgan manfaatlar 
to’qnashuvi bilan bog’liq holat bo’yicha o’z vaqtida rahbarga xabar bermaslik, 
davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan korrupsiyaga qarshi taqiq 
va cheklovlarni buzish, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy 
shug’ullanish, bir vaqtda bir necha lavozimlarda faoliyat yuritish hamda 
o’rindoshlik asosida ishlash, yashirin tarzda rahbarni xabardor etmagan holda 
boshqa haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanish (ilmiy, pedagogik, ijodiy 
faoliyat bundan mustasno), shuningdek, manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ygan 
bo’lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravaridan yigirma besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 


91 
Zimmasiga mol-mulki va daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etish 
majburiyati yuklatilgan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan deklaratsiyani 
uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda taqdim etmaslik yoki bila turib yolg’on 
ma’lumotlardan iborat deklaratsiyani taqdim etish, xorijiy mamlakatlarda xizmat 
safaridan qaytgandan so’ng xarajatlarga oid deklaratsiyani, manfaatlar 
to’qnashuviga oid deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki bila turib yolg’on 
ma’lumotlardan iborat deklaratsiyani taqdim etish - bazaviy hisoblash 
miqdorining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga 
sabab bo’ladi. 
O’zbekiston hududidan tashqarida joylashgan xorijiy banklarda hisob 
raqamlar (depozitlar) ochish, naqd pul va qimmatbaho narsalarni saqlash, chet el 
moliyaviy mablag’lariga egalik qilish va (yoki) ulardan foydalanishni 
taqiqlashga oid qoidani buzgan lavozim ro’yxati tasdiqlangan mansabdor 
shaxslar - 
bazaviy hisoblash miqdorining o’ttiz baravaridan ellik baravarigacha 
miqdorda jarimaga tortiladi.

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling