O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov rahbarligida 2022-yil 10-mart kuni o'tkazilgan Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta‘minlash


Download 30.92 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi30.92 Kb.
#1210497
  1   2
Bog'liq
АндДУ 1-сонли баён ижроси


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida 2022-yil 10-mart kuni o'tkazilgan Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta‘minlash bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 25-martdagi Nazorat Rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Andijon davlat universitetining talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida
HISOBOTI





Chora-tadbir nomi

Amalga oshirilgan ishlar

1

Talabalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo‘yicha universitet Ishchi guruhi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

Talabalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo‘yicha universitet rektorining 2022-yil 24-mart kuni № 01-07-sonli buyrug`i ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Buyruqqa asosan talabalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo‘yicha
- Ishchi guruh raisi etib universitet rektori A.Yuldashev;
- Ishchi guruh rais o`rinbosari Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha brinchi prorektor A.Sh.Hamraqulov;
- a’zo Moliya iqtisod ishlari bo’yicha prorektor S.Dumayev;
-a’zoMarketing va talabalar amaliyoti bo`lim boshlig`i S.Shamsitdinov;
- fakultet dekanlar;
- kafedra mudirlari;
ishchi guruh tarkibiga kiritildi.

1

Universitetning ta’lim yo‘nalishlari va kurslar kesimida “Talabalar balansi” shakllantirish.

Andijon davlat universiteti bugungi kunda jami 21121 nafar talaba tahsil oladi, shundan, 18021 nafari kunduzgi ta’limda. O‘z uyidan qatnab o‘qiydiganlar 14724 nafar, talabalar turar joyida 2141 nafar, ijara xonadonlarida 756 nafar, yaqin qarindoshinikidan 183 nafar talabalar istiqomat qiladi.
Kam ta’minlangan oila farzandlari 177 nafar, “Temir daftari”ga kiritilgan oila farzandlari 35 nafar, imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinganlar 571 nafar Muddatli harbiy hizmatni o‘tab imtiyoz asosida o‘qishga kirgan talabalar 411 nafar, nafaqa oluvchi talabalar 114 nafar, ishlaydigan talabalar 3396 nafar, farzandli talabalar 1136 nafar, Bolalar uyi va bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari 4 nafar. 1-guruh nogironlari 22 nafar, 2-guruh nogironlari 105 nafar, 3-guruh nogironlari 1 nafar. Chin yetim talabalar 22 nafar, yarim yetim talabalar 87 nafar, ijtimoiy yetim talabalar 30 nafar.

2

Ishlashga ehtiyoji mavjud chin yetim, nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ish bilan ta’minlash orqali ijtimoiy hayotini yaxshilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 15-noyabrdagi 08-2906-sonli topshirig‘i asosida universitet rektorining 2022-yil 18-noyabrda 03-120-sonli buyrug‘iga asosan “Yoshlar daftari” da turgan 34 nafar talaba-yoshlarga moddiy yordam sifatida to‘o‘lov-shartnoma summasi to‘lab berildi.
Joriy yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish izchil va samarali yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, yashash hududida “Temir daftar”, va “Yoshlar daftariga” kiritilgan 87 nafar talabalarga jami 244 mln 794 ming so‘m universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shartnoma summasi to‘lab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 585-qaror me’zonlariga to‘g‘ri keladigan hamda “Ayollar daftari” turuvchi 9 nafar talabalarni shartnoma summasi (jami 57 708 000 so‘m) to‘liq to‘lab berildi.
Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan chin yetim talabalarning 15 nafarining har biriga 2 mln 585 ming so‘mdan jami 38 mln 775 ming so‘m miqdorida shartnoma sumnmasi to‘lab berildi. Qolgan 6 nafar grant asosida tahsil olayotgan chin yetim talabalarga 50 % oshirilgan stipendiya to‘lab kelinmoqda.
Shuningdek, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 17-no‘yabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Talabalar haftaligi” doirasida turli xil sport va intellektual o‘yinlari g‘oliblari uchun 250 mln so‘m miqdorida, talabalar tetr studiyasi faoliyatini rivojlantirish uchun 45 mln so‘m miqdorida, “Uchinchi renesans yoshlar nigohida” iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tanloviga 125 mln so‘m miqdorida, “ADU” sport klubi faoliyati talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish uchun 500 mln so‘m miqdorida, Zakovat turnirlarida talabalarni ishtirokini ta’minlash uchun 15 mln so‘m miqdorida, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi "Student’s Cup-2022" musobaqasining respublika bosqichida talabalarni qo‘llab-quvvatlsh uchun 100 mln so‘m miqdorida, jamoat ishlarida hamda universitet va viloyat miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashgan talabalarga 165 mln 440 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratildi.
17‒noyabr–Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan kunduzgi bo‘limda to‘lov kontrakt asosida tahsil olayotgan 7 242 nafar talabaning har biriga 200 000 so‘mdan jami 1 mld 448 mln 400 ming so‘m shartnoma summasi to‘lab berildi. Kunduzgi bo‘limda budjet asosida tahsil olayotgan 1908 nafar talabaning har biriga 400 ming so‘mdan qo‘shilgan holda har biriga 477 mln so‘mdan stipendiya berildi.
Umumiy olganda, 2022-yil davomida universitet tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu kunga qadar jami 5 milliard 393 mln 755 ming 134 so‘m miqdoridagi mablag‘ aniq manzilli tarzda yo‘naltirildi va o‘z egalariga topshirildi.

3

Universitet hududidagi mavjud xizmat ko‘rsatish hamda bo‘sh turgan xonalardan unimli foydalanish maqsadida talabalarga yangi ish o‘rinlari yaratish orqali universitet talabalarining 20 nafarini ish bilan ta’minlash.


Download 30.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling