O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov rahbarligida 2022-yil 10-mart kuni o'tkazilgan Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta‘minlash


Andijon davlat universiteti kengash yig‘ilishining 2022-yil 16-noyabr kungi yig‘ilishiga asosan (bayonnoma ilova qilinadi)


Download 30.92 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2023
Hajmi30.92 Kb.
#1210497
1   2
Bog'liq
АндДУ 1-сонли баён ижроси

Andijon davlat universiteti kengash yig‘ilishining 2022-yil 16-noyabr kungi yig‘ilishiga asosan (bayonnoma ilova qilinadi) universitetda kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi 4 nafar (Fizika-matematika fakulteti 3-kurs talabasi Esanboyev Farruxbek, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi Toshpo‘latov Akmaljon, Fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Ismoilov Karimjon, Fizika-matematika fakulteti 1-kurs talabasi Esanboyev Otabek) talabani ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida universitetning asosiy hududida joylashgan 1000 o‘rinli o‘quv binosining yerto‘lasida joylashgan 10 kv.m joy kompyuter xizmatlari ko‘rsatish maqsadida bepul foydalanishga topshirildi.

4

Andijon shahar musiqali drama teatri, hududdagi bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat uylari bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik asosida “amaliyot+ishlash” tizimida vokant ish o‘rinlariga talabalarni ishga jalb qilish orqali 20 nafar talabani ish bilan ta’minlash.

Universitetimiz tomonidan bir necha tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan. Xususan, xalq ta’lim tizimi shular jumlasidandir. Joriy yil holatiga ko‘ra, 5-sentyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan davrda 9 ta kafedradan umumiy 1203 nafar talabalar shartnoma asosida amaliyot ob’yektlariga o‘zining pedagogik mahoratini oshirish uchun shahar va tuman maktablariga yo‘naltirilgan. Ushbu talabalar kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida 92 nafar talabalarimiz (amaliyot) o‘tash joylarida xaq to‘lanadigan stajirovkalarni amalga oshirib kelmoqda. Bu orqali talabalarning ijtimoiy va moddiy ta’minoti yanada yaxshilanib borilmoqda kelgusida davlat idoralari hamda tashkilotlarida xaq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) ob’yektlarini oshirish niyatida talabalarga yanada katta qulayliklar yaratish haqida bir qancha ishlarni amalga oshirishni rejalashtirilib borilmoqda.

5

Viloyatlardagi hamkor tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga talabalarni jalb qilish orqali 50 nafar talabani ishga joylashtirish.

Talabalarni yirik kompaniya va korxonalarga ishga joylashtirish hamda amaliyotlarni o‘tash maqsadida viloyatdagi korxona va tashkilotlar bilan Andijon davlat universitetining hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Jumladan, Andijon vioyati “Zamin Bio Health” jamiyati bilan 2025-yilgacha hamkorlik shartomasi tuzilgan bo‘lib, shartnomaga asosan kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarida axborot va ish tajribasini almashish yetakchi va tajribali olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganish maqsad qilib olingan. Shuningdek, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon viloyati “Malika laboratories” MChJ, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

6

Talabalar uchun “Karera”, “Bandlik” va ”“Kovorking” markazlarini tashkil etish

Andijon davlat universiteti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan Elektron platforma (www.adukaryera.uz) yaratilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ilova orqali talabalar o‘zlariga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib boradi hamda ro‘yxatdan o‘tib elektron ariza topshiradi.
Platformada ish beruvchi tashkilotlar o‘zlarining vakant ish o‘rinlari to‘g‘risida muntazam ma’lumot berib borishadi, talabalar o‘zlari ishlamoqchi bo‘lgan tashkilotlar nomi va o‘zlari haqidagi rezumelarini joylab borishadi. Talabalar o‘zlari haqidagi rezumelarni joylashi orqali ish beruvchi tashkilotlar ham talabalar haqida malumotlar bilan tanishishi mumkin. Yuqorida aytilgan vakant ish o‘rinlarini Andijon viloyatida joylashgan barcha bo‘sh ish o‘rinlari xaqidagi ma’lumotlarni https://adumarketing.uz/vacancy/index havolasi orqali olishimiz mumkin.
Universitet hududida ijarada faoliyat olib borayotgan turli soha bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga talabalarni ishga olish ko‘rsatmalari berildi va kelishuv asosida 21 nafar talabalarning bandligi ta’minlandi.
Talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularni qo‘shimcha kasb-hunarga yo‘naltirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda o‘zlarini kunlik xarajatlarini qoplash maqsadida talaba-qizlarning xohish va istaklari hamda ularning talab va takliflari asosida kasb-hunar hamda milliy xunarmandchilikka yo‘naltirilgan 13 ta xizmat turlari o‘z faoliyati tashkil etildi. Jumladan, 1-sonli TTJda “Zardo‘zlik”, "Mohir qo‘llar" to‘quvchilik, qo‘l mehnati va pazandachilik, 2-sonli TTJda "Tikuvchilik" va "Pazandachilik", 3-sonli TTJda “Yosh dizaynerlar”, 4-sonli TTJda “Milliy taqinchoqlar yasash”, “Mohir qo‘llar” tikuvchilik faoliyati, 5-sonli TTJda “Dizayner” milliy liboslarni tikish va bichish, 6-sonli TTJda “Milliy va zamonaviy taqinchoqlar yasash”, "Tikuvchilik" va "Qo‘l mehnati" bo‘yicha xizmat turlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xizmat faoliyatlari uchun alohida xona ajratish va ish jarayonida zarur bo‘lgan barcha ish anjomlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bosqichma-bosqich muvofiqlashtirilmoqda.
Universitetda http://adukaryera.uz elektron platformasi jariy etildi. Bu platformaga doimiy ravishda viloyatimizdagi barcha vokant ish o‘rinlari, mavsumiy ish o‘rinlari ma’lumotlar bazasi doimiy yangilanib boriladi.
Bu platforma orqali talabalar va ish beruvchilar onlayn tarzda bog‘lanib o‘zaro kelishib olishlari mumkin.

7

Talabalar bilan «talababay» ishlash hamda ularning muammo va takliflarini tezkorlik bilan ko‘rish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida kanal tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 24-sentabrdagi 318-sonli buyrug‘i hamda Andijon viloyati hokimligining apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2022-yil 14-noyabrdagi 03-114-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Buyruqqa asosan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazilishi uchun talabalar turar joylarida yashovchi har bir talabalar bilan individual “Talababay” suhbatlari o‘tkazilmoqda.

8

Ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etish.

Andijon davlat universiteti marketing va talabalar amaliyoti bo’limi tomonida, O’zbekiston respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida 2022-yil 10-mart kuni o'tkazilgan talabalarning bandligini ta’minlash bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishidagi topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2022-yil 31-mart kuni XTBga qarashli Andijon shaxar hududidagi barcha maktab direktorlari va Andijon shahar xalq ta’limi bo’limi mutasaddilari va talabalar o’rtasida Andijon davlat universiteti 4 kurslari o’rtasida mehnat yarmarkasi uchrashuvi o’tkazildi hamda 45 nafar talaba bilan shartnomalar imzolandi bitiruvchilarning bir qanchasi ish bilan ta’minlandi. 2022-yil 1-aprel kuni Andijon viloyati Andijon, Asaka, Marhamat tumanlari hududdagi bir qancha maktab direktorlari XTB mutasaddilari va talabalar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi uchrashuv yakuni b’yicha 106 nafar talaba ish bilan taminlandi. Ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha yanada qulayliklar yaratish uchun Andijon davlat universiteti mamuriyati va Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi tomonidan Elektron platforma yaratildi bu platformaga adukarera.uz havolasi orqali kirish munkin ushbu ilovadan talabalar va ish beruvchi tashkilotlar o’zlarining vakant joylarini berib borishadi, talabalar o’zlari ishlamoqchi bo’lgan tashkilotlar nomi va o’zlari haqidagi rezumelarini joylab borishadi. Talabalar o’zlari haqidagi Rezumelarni joylashi orqali Ish beruvchi tashkilotlar ham talabalar haqida malumotlar bilan tanishib chiqishi munkin bo’ladi



Marketing va talabalar amaliyoti
bo’limi boshlig’i S.Q.Shamsitdinov
Download 30.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling