O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Energetika vaziri J


 Davlat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilishini davlatning qaysi funksiyasining bajarilishini tushunish mumkin? Fikringizni asoslang. 2


Download 31.28 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi31.28 Kb.
#1027002
1   2   3
Bog'liq
Jo\'raqulov Oybek Kazus

1. Davlat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilishini davlatning qaysi funksiyasining bajarilishini tushunish mumkin? Fikringizni asoslang.
2. Gaz 2/3 qismining iqtisodiyot tarmoqlariga jo‘natilishi joriy yil nomiga mos keladimi?
3. Mazkur yig‘ilishda qabul qilingan qarorlarning huquqiy asoslarini yoritib bering.
4. Davlat mexanizmi nuqtai nazaridan Energetika vazirligining o‘rnini aniqlang. Fikrlaringizni asoslang.
5. Ushbu kazusdagi munosabatlar, ijtimoiy munosobatlarning qaysi qaysi turiga tegishli (Insonlararo, tabiat bilan va texnika bilan)


1.Berilayotgan kazusning birinchi savoliga javob beradigan bo’lsak. Birinchi savolda keltirilayotgan davlat tomonidan kuz qish mavsumiga tayyorgarlik kurilishi bevosita davlatning qaysi funksiyasiga kirishi kerak ekanligini bilib olishimiz zarur.Biz bu masala xususida albatta Davlat va huquq nazaryasi kitobiga murojat etamiz. Kitobning bevosita V bobi Davlat funksiyalari deb nomlanadi1. Shu bobda biz bu savolga javob topamiz.Avvalambor davlat funksiyasi atamasiga tarif beradigan bo’lsak. Davlat funksiyasi bu davlatni oldida turgan vazifa va maqsadlarni amalga oshirish yo’llari, usullari va vositalari yigindisidir.
Davlat funksiyalari bevosita ikkita qismga bulinadi ichki funksiyalar va tashqi funksiyalar. Ichki funksiyalar bu davlatning ichki hayotida davlat va jamiyat hayoti oldida turgan vazifalarni amalga oshirish usullari va vositalari yigindisidir.Tashqi funksiyalar esa davlatning tashq xalqaro munosabatlarda bajarilishi kerak bulgan erishilishi zarur bulgan usul va vositalar yigindisidir.Ichki funksialarning uzi ham bir necha turlarga bulinadi.Davlatning iqtisodiy funksiyalari, ijtimoiy funksiyalari,huquqiy tartibga solish funksiyasi va tabiatni muhofaza qilish funksiyalari kabi turlarga bulinadi. Davlatning kuz qish mavsumiga tayyorgarlik kurishi zarurligi bevosita davlatning ichki funksiyasi hisoblanadi, chunki bu masala davlatning ichki hayoti bn bogliq.Yana ham chuqurroq tuxtaladigan bo’lsak bu davlatning ijtimoiy funksiyasi hisoblanadi.
Davlatning ijtimoiy funksiyasi bu davlat tomonidan uz fuqorolarining ijtimoiy huquqlarini inobatga olgan holda, ularni huquqlarini taminlash maqsadida ularga nisbatan munosib hayot kechirish darjasini taminlab berishlari bu davlatning ijtimoiy funksiyasi hisoblanadi.Demak davlat uz fuqorolariga kuz qish mavsumi uchun gaz mahsulotini yetkazib berishi bu davlatni oldida turgan ijtimoiy vazifa hisoblanadi va shu vazifani bajarish orqali davlat uz fuqorolari uchun munosib hayot kechirish darajasini taminlab beradi. Demak, bundan xulosa qilishimiz mumkinki davlat bu vazifani bajarish orqali uzining ijtimoiy funksiyalarini bajarmoqda.
2. Kazusning ikkinchi savoliga javob beradigan bo’lsak. O‘ylashimcha bu mustaqil savol va unga mustaqil ravishda javob berish kerak.Yurtboshimiz tomonidan 2022-yil ,,Inson qadrini uluglash va faol mahalia yili" deb nomlandi.Har bitta yilning nomlanishi o’sha yili kimlarga yoki nmalarga yordam berish kerak ekanligini va nimalarga kuproq e`tibor berish kerak ekanligini ifodalaydi. Demak bundan kelib chiqadiki bu yilda kuproq inson manfaatlariga va mahallaraga kuproq etibor berilishi zarur.Ammo kazusda ifodalanishicha yoqilgi mahsulotlarining 1/3 qismi fuqorolarga va 2/3 qismi iqtisodiyot tarmoqlariga yo`naltirilganligi keltirilgan.
Davlat har bitta masalani kurib chiqayotganda har bir jihatni hisobga oladi. Chunki aholi istemolchilari iqtisodiyot sektorlariga qaraganda kamroq yoqilgi ishlatishadi. Bundan tashqari iqtisodiyot sektorlari ham bevosita aholi manfaatlarini taminlash maqsadida o`z faoliyatini amalga oshiradi. Bu ijtimoiy masalalar Uzbekiston Respublikasining ,,Istemolchilar huquqlarini himoya qilish " to`grisidagi qonunda ham o`z ifodasini topgan2.Bu qonunda istemolchilar huquqlari jihatidan teng ekanligi ammo amalga oshirish faoliyat mezonlari jihatidan yoqilgi sarf qilish darajasi farqlanishi va bu munosabatlar bevosita davlat tomonidan tartibga solinishi keltirib utilgan.Bundan kelib chiqadiki davlat bu ijtimoiy masalani uziga berilgan huquqlardan foydalanib adolatli va xolisona baholaydi hamda unga nisbatan qonuniy chora ko’radi.


3.Kazusning uchinchi savoliga javob beradigan bo’lsak.Bevosita Uzbekiston Respublikasining ,,Normativ huquqiy hujjatlar '' to`grisidagi qonuniga murojat etamiz.Chunki bu qonunda bevosita kazus buyicha davlat hokimyati organlari hujjatlarining huquqiy asoslari yoritib utilgan xisoblanadi3.Qonunning 6-moddasiga kura vazirliklar davlat idoralarining hujjatlari O`zb Res Konstitutsiyasi,O`zb Res qonunlari,Oliy Majlis palatalarining qushma qarorlari,Prezident farmon va qarorlari,Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlaridan keyin turuvchi normativ huquqiy hujjat hisoblanadi.Bundan tashqari bu qonunning 14-moddasida ham keltirilganidek qarorlar vazirliklar davlat qumitalari raxbarlari tomonidan qabul qilinadi va biron bir ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan buladi.Bundan tashqari vazirliklar davlat qo`mitalari va idoralari tugrisidagi normativ huquqiy hujjatlar ham bu kazusni ochib berish uchun asos bula oladi.Bundan kelib chiqadiki har bitta qabul qilinayotgan naormativ huquqiy hujjat o`zining yuridik asosiga ega bo’ladi. 


4.Kazusning to’rtinchi savoliga javob beradigan bo’lsak.Energetika vazirligining o`rni Vazirlar mahkamasi tarkibiga kiradi4.Yani ijto etuvchi organlar sirasiga kiradi. Avvalambor davlat mehanizmi tushunchasiga ta’rif bersak davlat mehanizmi bu davlani oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshiruvchi hokimyat vakolatiga ega bulgan organlar, tashkilotlar va muassasalar yigindisi bu davlat mexanizmini tashkil etadi.Davlat mexanizmi uchga davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilotlariga bulinadi.Bularga alohida to`xtaladigan bo’lsak.Davlat organlari bu davlatni oldida turgan vazifalarni amalga oshiradigan hokimyat vakolatiga ega bo`lgan davlat mehanizmining bir bulagini tashkil etadi.Davlat tashkilatlari esa ishlab chiqarish funksiyasi bilan shugullanadigan balansida davlat ulushi 50+1% foizni tashkil etadigan hokimyat vakolatiga ega bo`lmagan davlat mexanizmining bir bo`lagi davlat tashkiloglari deb ataladi.Davlat muassasalari bu davlatning manaviy ijtimoiy funksiyasi bn shug`illanadigan hokimyat vakolatiga ega bo`lmagan davlat mehanizmining bir bo`lagi davlat muassasalari deb ataladi.
Demak biz tuxtalayotgan Energetika vazirligi ham davlat organlari sirasiga kiradi.Davlat hokimyati harakteriga ega hisoblanadi.Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.Bazi bir turlar buyicha tasniflaydigan bo’lsak5 davlat hokimyati vakolatini amalga oshirish turlari bo`yicha ijroiya organi,yuqoridan quyiga qarab buysinuviga kura markaziy organlar,vakolat muddatiga kura doimiy organlar,shakllanish manbaiga ko`ra ikkilamchi organlar, vakolatini amalga oshirish shakli buyicha yakka boshchilik asosidagi organlar sirasiga kiradi Energetika vazirligi.
5.Kazusning beshinchi savoliga javob beradigan bo’lsak.Ushbu kazusdagi ijtimoiy munosabatlar6 insonlararo ijtimoiy minosabatlarning turiga kiradi.Chunki ushbu munosabatdi subyektlarning har ikkala tomonlari ham insonlar hisoblanishadi. Avvalambor, ijtimoiy minosabatlar atamasiga tarif berib o`tishimiz kerak.Ijtimoiy munosabatlar bu davlat yoxud jamiyat hayotida bevosita insonlar urtasida vujudga keladigan, o`zgaradigan yoki amalga oshadigan munosabatlar ijtimoiy munosabatlar deyiladi.Bu kazusdan ko`rinib turibdiki aholining kuz qish mavsumi uchun yoqilgi maxsulotlarini sarflash masalasi ham ijtimoiy munosabatning obyektini tashkil etadi.Bundan kurinib turibdiku davlat hayotidagi barcha munosabatlar ijtimoiy munosabatlar sirasiga kiradi.



Download 31.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling