b) Budjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lmasligi mumkin
c) Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak
19. Vaqtinchalik kassa uzilishiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang?
a) joriy moliya yilining muayyan davrida budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi
b) qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar
c) qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘lari
20. Vaqtinchalik xarajatlar smetasiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang?
a) muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi
b) budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat
c) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari
21. ...-budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonunchilikdagi o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi
a) budjet ssudasi
b) dotatsiya
c) vaqtinchalik xarajatlar smetasi
d) subsidiya
22…. — muayyan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti profitsiti
Do'stlaringiz bilan baham: |