O’zbekiston respublikasi budjet-soliq siyosati. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


– rasm. 2019 byudjet tushumlarida hududlarning ulushi (foizdda)3


Download 0.74 Mb.
bet3/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1298098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BUDJET-SOLIQ SIYOSATI

1 – rasm. 2019 byudjet tushumlarida hududlarning ulushi (foizdda)3
Bizda ko’rinib turibtiki 2019-yilda O’zbekiston hududida Toshkent shahri eng yuqori ya’ni hududlar ichida byudjet tushumining chorak qismini tashkil etadi va keyin o’rinda qo’shilgan qiymat solig’i hisonlanadi. Hamda bu ko’rsatkichning quyi qismida Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari o’z o’rnini egallagan.
Hamda shuni aytish joizki Hududiy davlat boshqaruv organlari moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi – bu mahalliy byudjet hisoblanadi.
Davlat byudjetining harakat qilish mexanizmi ikki ko’rsatkichda bo’ladi:

  1. Davlat byudjetining daromadlari.

  2. Davlat byudjetining harajatlari.

Daromadlar – bu davlatning sub’ekti sifatida faoliyat ko’rsatishi uchun moliyaviy baza hisoblanadi.
Xarajatlar – umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar va iste’mollar moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi.
Byudjet daromadi birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilari tomonidan jami ijtimoiy mahsulotni qiymatini taqsimlash natijasida shakllangan bo’lsa, ikkinchidan, davlat ixtiyorida vujudga kelgan qiymatni maqsadli fondlar hududlararo va tarmoqlararo fondlarni tashkil etish uchun qayta taqshimlash xususiyatga egadir.
Soliq – fuqaro, firma va korxonalardan davlat byujetiga undiriladigan, qonunda ko’rsatilgan majburiy to’lovdir. Soliqlar davlat byujedtining asosiy daromad mabai hisoblanadi.
Mamlakatda soliqlarni joriy etishdan maqsad:

  • Ijtimoiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni pul bilan ta’minlash

  • Aholi daromadlarini qayta taqsimlash

  • Ba’zi ishlab chiqarish sohalarini qo’llab – quvvatlashdan iborat

Mamlakatimizdagi mavjud soliq qonunchiligi asosida fuqarolar va korxonalar tomonidan to’lanadigan soliq turlariga quyidagilar kiradi: foyda solig’i, daromad solig’i, aksiz solig’i, mol – mulk solig’i, yer solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliq va boshqalar.
Soliqlardan tashqari soliqlarga tenglashtirilgan ayrim majburiy to’lovlar ham bor – ki ularni to’lash ham soliq to’lovchilar uchun majburiyatdir. Ularga quyidagilar kiradi: ijtimoiy to’lov, fuqarolarning byudjetdan tashqari jamg’armalarga sug’urta badallari, byudjetdan tashqari sug’urta jamg’armalariga majburiyat ajratmalar, davlat boji, bojxona to’lovlari, turli yig’imlar va h.k.
Soliqlar bevosita va bilvosita soliq turlariga bo’linadi. Fuqora va korxonalardan bevosita davlat xazinasiga undiriladgan soliqlar bevosita soliqlar.
Fuqarolar tomonidan to’g’ridan to’gri davlatga emas, balki avvaliga muayyan tovarlarni sotuvchi korxonalarga to’lanadigan, so’ngra esa korxona tomonidan davlatga o’tkaziladigan soliqlar bilvosita soliqlar.
Bilvosita soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i kabilar kiradi.
Soliqlar orqali davlat iqtisodiy faoliyat shug’ullanuvchi sub’ektlarning moliyaviy xo’jalik faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etib, ular faoliyatini kengaytirish yoki cheklab qo’yish mumkin.
Soliq tizimi aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy siyosat bo’lishi bilan birgalikda yapli ichki mahsulotning bir qismi qayta taqsimlaydi va shu tarzda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o’zgartirishda, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etadi.
Soliq tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Korxonalar zimmasidagi soliq yukining engillashtirilishi, soliq stavkasining qamaytirilishi natijada ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, korxona va tashkilotlarning soliqlar bo’yicha byudjet bilan hisoblashishlari, ularning hisobi, tahlili va nazoratini takomillashtirishga olib kelmoqda.
Ba’zi soliqlar to’g’ridan to’g’ri davlat xazinasiga kelib tushadi. Bunday soliqlar davlat soliqlari. Davlat soliqlariga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, korxonalar foydasi (daromadi)dan olinadigan soliqlar, Fuqarolardan olinadigan daromad solig’i kabilar kiradi.
Mahalliy hokimiyat, viloyat, tuman boshqaruv organlari ixtiyoriga beriladigan soliq turlari mahalliy soliqlar deb yuritiladi. Bunday soliq turlariga yer solig’i, mol – mulk solig’i kabi soliqlar va qator mahalliy yig’imlar hamda soliqdan tashqari ba’zi majburiy to’lovlar kiradi.


  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling